{"id":74846,"date":"2023-05-05T20:33:20","date_gmt":"2023-05-05T17:33:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=74846"},"modified":"2023-05-05T20:33:23","modified_gmt":"2023-05-05T17:33:23","slug":"sovet-ittifoqi-kommunistik-partiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sovet-ittifoqi-kommunistik-partiyasi\/","title":{"rendered":"SOVET ITTIFOQI KOMMUNISTIK PARTIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>SOVET ITTIFOQI KOMMUNISTIK PARTIYASI <\/strong>(<em>KPSS<\/em>) \u2014 SSSRda faoliyat ko&#8217;rsatgan siyosiy partiya. 1898-yil martdan sotsial-demokratik ishchilar partiyasi sifatida tashkil topdi. 1903-yil iyul-avgustda bo&#8217;lgan partiyaning 2-s\u2018yezdida u bolsheviklar va mensheviklarta ajraldi. Bolsheviklarga V.I.Lenin, mensheviklarga L.Martov va G.V.Plexanov yetakchilik qilgan. 1917-yilgi oktabr to&#8217;ntarishi natijasida bolsheviklar Rossiyada hokimiyat tepasiga keldi va avval V.I.Lenin, keyinchalik (1920- yillardan) I.V.Stalin boshchiligida davlat totalitar rejimining tayanchi bo&#8217;lib qoldi. Partiyaning 8-s\u2018yezdida (1919) qabul qilingan dastur kapitalizmdan sotsializmga o&#8217;tish prinsiplarini umumiy tarzda e\u2018lon qildi. 1920-yillar boshiga kelib bolshevik rahbarlar mamlakatdagi boshqa barcha siyosiy partiyalar faoliyatini man qildi. Kommunistik partiya markazda ham, joylarda ham hokimiyatning barcha dastaklarini o&#8217;z qo&#8217;liga olgan yagona siyosiy partiya bo&#8217;lib qoldi. 1922-yildan partiya MK bosh kotibi lavozimini egallab kelgan I.V.Stalin guruhi partiyaning Trotskiy va Zinovev, Buxarin va Rikov singari boshqa rahbarlari ustidan keskin kurashlarda g&#8217;alaba qozonishi (20-yillarning oxiri \u2013 30-yillarning boshi) oqibatida bir partiyalik tizim mustahkamlandi. Ommaviy qirg&#8217;inlar kuchayib, ularga KPSS rahnamolik qildi. KPSS rahbarligi davrida butun jamiyat, aslida, \u00abkommunist &#8212; komsomol &#8212; pioner &#8212; oktabryat\u00bb zanjiriga birlashtirilgan edi. Erkin fikr man qilindi, kommunistik g&#8217;oyani qabul qilmaganlar tazyiq va ta\u2018qibga uchradi, dushman sifatida yo&#8217;qotib borildi. KPSS siyosati natijasida mamlakatda xalqdan ajralib qolgan, ishi bilan so&#8217;zi mos kelmaydigan, faqat o&#8217;z manfaatini o&#8217;ylaydigan, jamiyatda boshqalardan ko&#8217;ra yaxshiroq yashaydigan o&#8217;ziga xos siyosiy qatlam vujudga keldi. KPSS baynalmilal siyosatga amal qilish bahonasida o&#8217;z g&#8217;oyasi va ta\u2018sirini jahonga tarqatishga, xalqaro kommunistik harakatni kuchaytirishga urindi. Shu asosda ikkinchi jahon urushidan keyin Sharqiy Yevropa davlatlari, keyinroq Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarga, Kubaga markscha-lenincha g&#8217;oya tiqishtirildi. Natijada dunyoda mafkuraviy-siyosiy qarama-qarshiliklar kuchaydi. Bu partiyaning mutlaq hukmronligi butun ittifoqda bo&#8217;lgani kabi O&#8217;zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga ham salbiy ta\u2018sir ko&#8217;rsatdi. O&#8217;zbekiston partiya tashkiloti respublika manfaatlarini hisobga olmasdan (ko&#8217;pincha bu manfaatlarga zid keladigan) Moskvada ishlab chiqilgan qarorlarni bajarib keldi. Ma\u2018muriy buyruqbozlik usullari bilan ish olib borgan partiya qo&#8217;mitalari joylardagi har qanday mustaqil fikr va tashabbuslarni bo&#8217;g&#8217;ar, demokratik asoslarni yo&#8217;qqa chiqarardi. Markaz VKP(b) MK O&#8217;rta Osiyo byurosi orqali O&#8217;zbekistondagi vaziyatni boshqarib turgan. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, mohiyat e\u2018tiboriga ko&#8217;ra o&#8217;zbek xalqining milliy tabiati va qadriyatlariga zid bo&#8217;lgan, chetdan zo&#8217;ravonlik bilan joriy etilgan kommunistik partiya faoliyati to&#8217;xtatildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SOVET ITTIFOQI KOMMUNISTIK PARTIYASI (KPSS) \u2014 SSSRda faoliyat ko&#8217;rsatgan siyosiy partiya. 1898-yil martdan sotsial-demokratik ishchilar partiyasi sifatida tashkil topdi. 1903-yil iyul-avgustda bo&#8217;lgan partiyaning 2-s\u2018yezdida u bolsheviklar va mensheviklarta ajraldi. Bolsheviklarga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sovet-ittifoqi-kommunistik-partiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[364],"tags":[],"class_list":["post-74846","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-s-harfiga-oid-fuqarolik-jamiyatiga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74846","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=74846"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74846\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":74847,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/74846\/revisions\/74847"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=74846"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=74846"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=74846"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}