{"id":7533,"date":"2021-11-03T16:20:15","date_gmt":"2021-11-03T13:20:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7533"},"modified":"2025-10-30T10:45:08","modified_gmt":"2025-10-30T07:45:08","slug":"vadud-mahmud-1898-1976-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vadud-mahmud-1898-1976-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Vadud Mahmud (1898-1976) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Vadud Mahmud 1898 yilda Samarqand okrugining Yuqori Darg\u2018am tumaniga qarashli Tayloq qishlog\u2018ida tavallud topgan. Otasi Mahmud Pirmuhammad imom bo\u2018lgan (1905 yili vafot etgan). Onasi Anbara (1934 yili vafot etgan) esa uyda bolalari tarbiyasi bilan shug\u2018ullangan. V. Mahmud dastlab Samarqandda Abduqodir Shakuriy maktabida, so\u2018ngra Ufadagi Oliya madrasasida (1917-1918), Samarqand pedkursida (1918), Moskvadagi V. Bryusov nomli Oliy Adabiyot institutida (1925-1926) tahsil olgan.&nbsp; Toshkentdagi SAGUning iqtisod fakultetiga (1923 y.) erkin tinglovchi sifatida qatnagan. Ayni chog\u2018da, V. Mahmud 1919\u20141925 yillar orasida o\u2018qituvchilik ham qilgan, Samarqand va Jizzax shaharlarida maorif boshqaruvi sohasida faoliyat ko\u2018rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1926-1927 yillari \u00abMaorif va o\u2018qitg\u2018uvchi\u00bb jurnalida muharrir yordamchisi, 1926-1929 yillarda TajGIZda tarjimon va darsliklar tuzuvchi bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>U 1930 yili sho\u2018ro tuzumiga qarshi targ\u2018ibotchilikda ayblanib qamoqqa olinadi, uchlik qo\u2018mitasining qarori bilan uch yilga qamaladi. Qatag\u2018on davri tuhmatlariga duch kelgan V. Mahmud Arxangelsk viloyati Kargopollaga qamoqxonasida 1937 yil 18 avgustidan 1954 yil 26 yanvarigacha hibsda saqlanadi. 1960 yilda to\u2018la oqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>V. Mahmud faoliyatining ma\u2019lum bir qismi Tojikiston Respublikasi Fanlar akadeiyasi Rudakiy nomidagi Til va adabiyot instituti bilan bog\u2018liq. Shu dargohda ilmiy xodim bo\u2018lib ishlagan V. Mahmud \u00abFarhangi zaboni tojiki\u00bbni tuzishda qatnashadi, mumtoz sharq she\u2019riyati tadqiqi bilan shug\u2018ullanadi, xotiralar yozadi. 1976 yilda vafot etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Adabiyot maydoniga Samarqand adabiy muhiti orqali 20-yillar arafasida kirib kelgan Vadud Mahmud bu jarayonga juda faol aralashadi. Mahmudxo\u2018ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Vasliy, Siddiqiy Ajziy, Sadriddin Ayniy, Hoji Muin, Abdurauf Fitrat va Tamhid Samarqandiy singari muharrir, shoir va muallimlar muhitida tarbiya topadi, ta\u2019lim oladi, shakllanadi. Uning adabiy-tanqidiy, publitsistik maqolalari \u00abKambag\u2018allar tovushi\u00bb, \u00abZarafshon\u00bb, \u00abTurkiston\u00bb, \u00abInqilob\u00bb, \u00abMaorif va o\u2018qitg\u2018uvchi\u00bb, \u00abEr yuzi\u00bb kabi gazeta va jurnallarda \u00abVov\u00bb, \u00abV.M.\u00bb, \u00abVadud Mahmudiy\u00bb, \u00abVadud Mahmud o\u2018g\u2018li\u00bb kabi imzolar bilan muntazam nashr qilinib turgan. V. Mahmud mumtoz sharq adabiyoti namoyandalari, mavjud adabiy jarayon xususida \u00abCho\u2018lponning \u00abBuloqlar\u00bbi\u00bb (1923), \u00abHind ixtilolchilari\u00bb (1923), \u00abTurk shoiri Ajziy\u00bb (1924), \u00abAdabiy tanqidga bir nazar\u00bb (1924), \u00abAlisher Navoiy\u00bb (1925), \u00abFuzuliy Bag\u2018dodiy\u00bb (1925) kabi qator qimmatli maqolalar yozgan.<\/p>\n\n\n\n<p>V.Mahmudning faoliyatini zimdan kuzatib yurgan siyosiy boshqarma xodimlari 1930 yil 17 avgust kuni uning uyida tintuv o\u2018tkazib, qamoqqa oladilar. Unga \u00abmillatchilik, aksilinqilobiy tashkilot faoliyati haqida davlat tashkilotlariga xabar bermaganlik, bahoizm bilan shug\u2018ullanganlikda\u00bb ayb qo\u2018yadilar. OGPU hay\u2019ati qoshidagi maxsus kengash 1931 yil 3 oktyabrda uch yil mehnat tuzatish lagerlarida va qo\u2018shimcha ravishda yana uch yil mobaynida Qozog\u2018istonda ishlashga majbur qiladi. U uch yil Toshkentda hibsda bo\u2018lgach, Olmaotaga surgun qilinadi. 1936 yil oxiri \u2014 1937 yil boshlarida surgundan qaytib keladi. Lekin oradan yil o\u2018tmay, 1937 yil 18 avgustda \u00abMilliy ittihod\u00bbning faol a\u2019zosi, o\u2018tmishda aksilinqilobiy, millatchilik tashviqoti olib borganlik, mashhur millatchi Ismoil Sadriy bilan aloqadorlikda\u00bb ayblanadi va 10 yilga Arxangelsk viloyatidagi Kargopol tutqungohiga surgun qilinadi. 1944 yili mazkur tutqungohda u mahbuslar orasida bahoizmni targ\u2018ib qildi, degan ayb bilan yana 10 yilga hukm qilinadi va muddatni 1959 yili tugatib, Samarqandga qaytib keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vadud Mahmud 1898 yilda Samarqand okrugining Yuqori Darg\u2018am tumaniga qarashli Tayloq qishlog\u2018ida tavallud topgan. Otasi Mahmud Pirmuhammad imom bo\u2018lgan (1905 yili vafot etgan). Onasi Anbara (1934 yili vafot etgan) esa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/vadud-mahmud-1898-1976-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7535,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7533","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7533","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7533"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7533\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163342,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7533\/revisions\/163342"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7535"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7533"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7533"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7533"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}