{"id":75420,"date":"2023-05-07T08:31:48","date_gmt":"2023-05-07T05:31:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=75420"},"modified":"2023-05-07T08:31:49","modified_gmt":"2023-05-07T05:31:49","slug":"dashti-qipchoq-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dashti-qipchoq-2\/","title":{"rendered":"Dashti Qipchoq"},"content":{"rendered":"\n<p>Dashti Qipchoq-Sirdaryoning quyi oqimi hamda Balxash ko\u2019lidan Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo\u2019lgan hududlarning XI-XVI asrlardagi nomi. Bu yerlarda ko\u2019chmanchi qipchoq qabilalari yashagani uchun u yerlar shunday deb atalgan. Dashti Qipchoq atamasini dastlab Nosir Xusrav (1003-1088) qo\u2019llagan. Shu davrdan boshlab arab va fors tillaridagi asarlarda bu atama keng qo\u2019llanilgan. Dashti Qipchoq ikki qismdan: 1) Sharqiy qism \u2013 Yoyiq daryosidan to Sirdaryoning quyi oqimi va Balxashgacha bo\u2019lgan yerlar; 2) G\u2019arbiy qism \u2013 ya\u2019ni Yoyiq va Volgadan to Dneprgacha bo\u2019lgan yerlardan iborat bo\u2019lgan. Dashti Qipchoqning bir qismini XIII asrning 20-yillarida Jaba Nuyon va Subutay bahodir boshchiligidagi mo\u2019g\u2019ullar bosib olgan. 1236 yili Dashti Qipchoqni Chingizxonning nabirasi Botuxon egallaydi va bu ulkan hududda tarixda Jo\u2019chi ulusi nomi bilan mashhur bo\u2019lgan Oltin O\u2019rda davlati tashkil topadi. XIV asrning boshlarida Jo\u2019chi ulusi ikki qismga bo\u2019linib ketadi. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida Oq O\u2019rda davlati tashkil topdi. XIV asrning 60-yillaridan boshlab Dashti Qipchoqning sharqiy qismidagi bu Oq O\u2019rda davlati tarixiy manbalarda \u201co\u2019zbeklar mamlakati\u201d deb, uning aholisi esa \u201co\u2019zbeklar\u201d, aniqrog\u2019i \u201cDashti qipchoq o\u2019zbeklari\u201d deb atala boshlandi. XI asrning 20-yillaridan boshlab, Sharqiy Dashti Qipchoqni asta-sekin Abulxayrxon egalladi va u bu hududda ko\u2019chmanchi o\u2019zbeklar davlatiga asos soldi. Abulxayrxon vafotidan keyin (1468 yil) Sharqiy Dashti Qipchoqda uning avlodlari va qarindoshlari hukmronlik qildilar. Dashti Qipchoqning asosiy aholisi ko\u2019chmanchi va yarim ko\u2019chmanchi bo\u2019lib, chorvachilik va ovchilik, daryo va ko\u2019l bo\u2019ylaridagi aholi esa dehqonchilik, shaharlardagi aholi hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug\u2019ullangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dashti Qipchoq-Sirdaryoning quyi oqimi hamda Balxash ko\u2019lidan Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo\u2019lgan hududlarning XI-XVI asrlardagi nomi. Bu yerlarda ko\u2019chmanchi qipchoq qabilalari yashagani uchun u yerlar shunday deb atalgan. Dashti Qipchoq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/dashti-qipchoq-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[374],"tags":[],"class_list":["post-75420","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-d-harfiga-oid-tarixga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/75420","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=75420"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/75420\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":75427,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/75420\/revisions\/75427"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=75420"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=75420"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=75420"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}