{"id":7780,"date":"2021-11-04T14:46:16","date_gmt":"2021-11-04T11:46:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7780"},"modified":"2025-10-30T11:40:53","modified_gmt":"2025-10-30T08:40:53","slug":"gulom-zafariy-1889-1938-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gulom-zafariy-1889-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"G\u2018ulom Zafariy (1889-1938) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>G\u2018ulom Zafariy ko\u2018pqirrali ijod sohibi bo\u2018lib, u o\u2018zbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, musiqa madaniyati, qolaversa, milliy adabiyotimiz tarixida munosib o\u2018rin egallaydi. U 1889 yili Toshkentning Beshyog\u2018och dahasiga qarashli Kattabog\u2018 mahallasida tavallud topti. Avval eski maktabda, xususiy rus maktabida, Ko\u2018kaldosh madrasasida ta\u2019lim oldi. U 1912\u20141924 yillarda O\u2018sh shahrida o\u2018qituvchilik qildi. 1914 yildan boshlab Toshkentdagi \u00abTuron\u00bb truppasida aktyorlik qildi, o\u2018qituvchi bo\u2018lib ishladi.&nbsp; 1917 yildan \u00abIshchilar dunyosi\u00bb jurnali, shuningdek, bilim yurtlarida faoliyat ko\u2018rsatadi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2018ulom Zafariy ijodi 1914 yildan boshlangan bo\u2018lib, u dastlab o\u2018z she\u2019rlari bilan taniladi. So\u2018ngra esa \u00abBaxtsiz shogird\u00bb (1914) nomli bir pardali pesa yozadi, keyin \u00abBahor\u00bb, \u00abGunafsha\u00bb, \u00abTo\u2018sqinchilik\u00bb, \u00abYorqinoy\u00bb, \u00abRahimli o\u2018qituvchi\u00bb, \u00abMozorlikda\u00bb, \u00abMaqtangan kishi\u00bb, \u00abTatimboy ota\u00bb, \u00abCho\u2018pon Temir\u00bb (1924) hamda \u00abYoshlar endi berilmas\u00bb (1926) kabi pesa va dostonlar yaratadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq Zafariy yozuvchi, dramaturg sifatida o\u2018zining \u00abHalima\u00bb pesasi bilan mashhur bo\u2018lgan. \u00abHalima\u00bb 1920 yilda yozilgan bo\u2018lib, o\u2018sha yilning 14 sentyabrida \u00abTuron\u00bb truppasida Mannon Uyg\u2018ur tomonidan sahnalashtirilgan. Mazkur asar to\u2018ng\u2018ich milliy musiqali drama bo\u2018lib, uning musiqiy bezagini ham muallifning o\u2018zi mashhur sozanda Shorahim Shoumarov hamda mulla To\u2018ychi Hofiz yordamida bajargan. Ayni chog\u2018da \u00abHalima\u00bb o\u2018z davrida milliy opera sifatida baholangan. Professor Fitrat ham ushbu asarni opera deb atagan.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2018ulom Zafariy o\u2018zbek milliy kuylari, maqom va maqom sho\u2018balarini juda yaxshi bilgan tom ma\u2019nodagi ziyoli edi. Uning \u00abSharq musiqalari va cholg\u2018ulari\u00bb, \u00abMusiqa muammosi\u00bb, \u00abO\u2018zbek musiqasi to\u2018g\u2018risida\u00bb kabi maqolalari shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbek musiqa madaniyati tarixida u musiqiy sahnaviy asarlar muallifi, milliy musiqa namunalari to\u2018plovchisi hamda tadqiqotchisi sifatida tanilgan. G\u2018ulom Zafariy va uning safdoshlari (Fitrat, V.Uspenskiy, Elbek) jonbozligi tufayli uyushtirilgan ilk musiqiy-folklor ekspeditsiyalari natijasida musiqa merosini to\u2018plash va o\u2018rganish tizimiga asos solindi: 1920-yillar boshida Buxoroda Tanbur chizig\u2018ining nusxasi topildi, 1923\u201424 yillarda Buxoro Shashmaqom\u00bb, 1925 yilda Sh.Shoumarovdan Toshkent-Farg\u2018ona maqom yo\u2018llari ilk bor notaga yozib olindi. Elbek bilan Farg\u2018onaga uyushtirilgan ekspeditsiya natijalari asosida milliy musiqiy folklorning birinchi (garchand nota yozuvisiz bajarilgan bo\u2018lsa-da) tizimli nashri \u2014 \u00abAshulalar\u00bb to\u2018plami tayyorlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>G\u2018ulom Zafariy 1937 yilda qatag\u2018onga uchrab, 1938 yil 4 dekabrda qatl etilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G\u2018ulom Zafariy ko\u2018pqirrali ijod sohibi bo\u2018lib, u o\u2018zbek milliy teatri, teatr tanqidchiligi, musiqa madaniyati, qolaversa, milliy adabiyotimiz tarixida munosib o\u2018rin egallaydi. U 1889 yili Toshkentning Beshyog\u2018och dahasiga qarashli Kattabog\u2018 mahallasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/gulom-zafariy-1889-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7782,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7780","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7780","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7780"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7780\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163377,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7780\/revisions\/163377"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7782"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7780"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7780"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7780"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}