{"id":7799,"date":"2021-11-04T15:12:29","date_gmt":"2021-11-04T12:12:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7799"},"modified":"2025-10-30T11:40:42","modified_gmt":"2025-10-30T08:40:42","slug":"domla-hindistoniy-1892-1989-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/domla-hindistoniy-1892-1989-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Domla Hindistoniy (1892-1989) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ilm ahli Mavlaviy hoji Hindistoniyni \u00abHoji Hindistoniy\u00bb, \u00abMavlaviy Hindistoniy\u00bb, \u00abHoji domullo\u00bb, \u00abHazrati Mavlaviy\u00bb singari nomlar bilan e\u2019zozlab tilga oladilar. Asli ismi Muhammadjon mullo Rustam o\u2018g\u2018li bo\u2018lgan bu alloma 1892 yilda Qo\u2018qon muzofotiga qarashli Hoja Muhammad Valiy qabristoniga yaqin Chorbog\u2018 qishlog\u2018ida tug\u2018ilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning ota-onalari ham ilmli, ma\u2019rifatli kishilar bo\u2018lib, farzandlarining yoshlikdanoq ilm olishiga jiddiy e\u2019tibor berishgan. Shuning uchun ham Muhammadjon o\u2018n to\u2018rt yoshida hofizi Qur\u2019on bo\u2018lib yetishgan. Dastlab Qo\u2018qon va Buxoro madrasalarida, keyinchalik Afg\u2018onistonning Balx va Mozori Sharif shaharlarida saboq olgan. So\u2018ngra ulug\u2018 ustozlarining tavsiyalariga binoan Hindistonga safar qiladi va Ajmir shahridagi \u00abUsmoniya\u00bb madrasasida yana sakkiz yil ilm o\u2018rganadi. Uning Hindistoniy taxallusini olishi shundan boshlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammadjon domla 1929 yil yurtga qaytadi. 1932 yili \u201csinfiy dushman\u201d sifatida bir yilga ozodlikdan mahrum qiladilar. Muhammadjon domla 1933 yili qamoqdan qaytgach, fitnalardan yiroq bo\u2018lish uchun tez-tez yashash joyini o\u2018zgartirib turishga majbur bo\u2018ldi. Domla Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga qarashli Ablig\u2018 qishlog\u2018iga, Toshkent shahar tasarrufidagi \u201cOq yo\u2018l\u201d kolxoziga ko\u2018chadi. Domla ilmu salohiyati ortidan yana tuzoqqa tushdi. Unga bu safar \u00abxorijiy davlatlarda o\u2018qigan\u00bb degan ayb qo\u2018yildi va uch yilga ozodlikdan mahrum qilishdi. Bu safar u Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi mahbuslar lagerida qarag\u2018ay kesishga mahkum bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Navbatdagi jazo muddatini o\u2018tab qaytgan Muhammadjon domla endi urushga safarbar etildi. U 1942 yili urushda qattiq jarohatlangach, Rossiyaning sovuq mehnat lagerlaridan biriga yuborildi va bu ma\u2019shum joylarda 1946 yilgacha qolib ketadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urushdan keyingi yillarda diniy e\u2019tiqod masalasida biroz yumshoq siyosat boshlangandek bo\u2018ldi. O\u2018sha paytlar O\u2018rta Osiyo va Qozog\u2018iston musulmonlari diniy idorasi Toshkentda joylashgan bo\u2018lib, butun mintaqada diniy ishlar shu yerdan boshqarilardi. Muhammadjon domla idoraning muftiysi Eshon Boboxonovga ish so\u2018rab murojaat qiladi. U kishi domlaning ilmu odobini obdon sinovdan o\u2018tkazgach, ish yuritish uchun Tojikistonga yuborishini aytadilar. Muhammadjon domla ikkilanmay rozi bo\u2018ladi. Domla Tojikistonga borgach, yashashga uy-joyi bo\u2018lmaganidan Mavlono Ya\u2019qub Charxiy qabristonidagi masjidda yashay boshladilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammadjon domla 1949 yilda \u201cmavjud siyosiy tuzumga qarshi\u201d degan ayb bilan yigirma besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu safar uni Qozog\u2018istondagi mehnat lagerlaridan biriga jo\u2018natishdi. Umrining teng yarmini ilm o\u2018rganishga sarflagan, mumtoz adabiyot, tarix, fiqh va aqida ilmlarida tengsiz alloma yana inson zoti chidab bo\u2018lmas og\u2018ir mehnatlarga majbur etildi. Biroq bu safar domla shunchaki bo\u2018yin egmadi. U Moskvaga tinimsiz arizalar yozdi. Natijada domlaning barcha ilmiy, ijodiy faoliyati taftish etilib, to\u2018rt yilu uch oy deganda ozodlikka chiqarildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammadjon domla navbatdagi surgundan qaytib Tojikiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo\u2018lyozmalar bo\u2018limida tarjimon bo\u2018lib ishlay boshladi. Domla ana shu bo\u2018limda ikki yil arab tilidagi kitoblarni fors va o\u2018zbek tillariga o\u2018girish bilan mashg\u2018ul bo\u2018ldi. Xususan, shu yillarda u Zamaxshariyning \u00abNavobig\u2018ul kalim\u00bb hamda \u00abMaqomoti Zamaxshariy\u00bb asarlarini arab tilidan fors tiliga, Imom Barzanjiyning \u00abMavludun nabiy\u00bb asarini o\u2018zbek tiliga, Imom Busiriyning \u00abQasidai Burda\u00bb asarini fors tiliga, arab shoiri Farazdaqning Imom Zaynul Obidinga bag\u2018ishlangan qasidasini o\u2018zbek tiliga tarjima qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq tinimsiz ta\u2019qib va tazyiqlar, mehnat lagerlaridagi og\u2018ir hayot, mash\u2019um urush balolari asta-sekin o\u2018z asoratlarini namoyon eta boshlagan edi. Domlaning ko\u2018zlari xiralashib qoldi. Shifokorlar u kishiga mutassil kitob bilan shug\u2018ullanish zararli deb tashxis qo\u2018ydilar. Shundan so\u2018ng domla endilikda to\u2018plagan ilmini boshqalarga berish mavridi kelganini anglab, bir qancha kitoblar tasnif etishga muvaffaq bo\u2018ldi. Jumladan, domla Qur\u2019oni karimning ma\u2019naviy tarjimasi \u2014 \u00abBayonul Furqon fi tarjimatil Qur\u2019on\u00bb kitobini tasnif etdi. Bu muborak kitob O\u2018zbekiston Fanlar Akademiyasi ilmiy xodimi, zahmatkash olim Sayfiddin Rafiddinov tomonidan 2006 yilda nashrga tayyorlanib \u201cMovarounnahr\u201d nashriyotida chop etildi. Bobomiz Imom Buxoriyning \u201cAl-jomi\u2019 as- sahih\u201d hadislar to\u2018plamini, Burhoniddin Marg\u2018inoniyning \u201cHidoya\u201d, Imom A\u2019zamning \u00abFiqhi akbar\u00bb, Abdurahmon Jomiyning \u201cSharhi Mullo\u201d, Muhammad Fazlul- imom Xayriobodiyning \u201cMirqotul-mantiq\u201d asarlarini sharh qildilar. \u00abUsuli Shoshiy\u00bb, \u00abNurul anvor\u00bb va \u00abMuxtasari maoniy\u00bb kabi asarlarni o\u2018zbek va fors tillariga tarjima qildi. Ayniqsa, domlaning Abdulqodir Bedil g\u2018azallari sharhi tahsinga sazovor bo\u2018ldi. Bundan tashqari, Muhammadjon domlaning ilmiy ma\u2019ruzalari yuzlab magnit tasmalariga shogirdlari tomonidan yozib olindi. Bu ma\u2019ruza va suhbatlar, tafsir, hadis, fiqh, islom tarixi, tasavvuf, adabiyot va odob-axloq haqidadir.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammadjon Hindistoniy domla 1989 yil 97 yoshlarida olamdan ko\u2018z yumdilar. U kishi o\u2018zi istaganidek Mavlono Ya\u2019qubi Charxiy mozoriga dafn etildilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ilm ahli Mavlaviy hoji Hindistoniyni \u00abHoji Hindistoniy\u00bb, \u00abMavlaviy Hindistoniy\u00bb, \u00abHoji domullo\u00bb, \u00abHazrati Mavlaviy\u00bb singari nomlar bilan e\u2019zozlab tilga oladilar. Asli ismi Muhammadjon mullo Rustam o\u2018g\u2018li bo\u2018lgan bu alloma 1892 yilda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/domla-hindistoniy-1892-1989-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7801,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7799","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7799","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7799"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7799\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163372,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7799\/revisions\/163372"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7801"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7799"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7799"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7799"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}