{"id":7864,"date":"2021-11-04T16:01:33","date_gmt":"2021-11-04T13:01:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7864"},"modified":"2025-10-30T11:46:56","modified_gmt":"2025-10-30T08:46:56","slug":"zulfiya-1915-1996-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zulfiya-1915-1996-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Zulfiya (1915-1996) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug\u2018ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o\u2018qigan vaqtlaridayoq (1931\u20141934) adabiy to\u2018garaklarda she\u2019rlar mashq qila boshladi. 1935\u20141938 yillarda O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.&nbsp; So\u2018ngra 1938\u20141948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O\u2018zbekiston Dav-lat nashriyotida bo\u2018lim boshlig\u2018i, 1950\u20141953 yillarda esa \u00abO\u2018zbekiston xotin-qizlari\u00bb (\u00abSaodat\u00bb) jurnalida bo\u2018lim boshlig\u2018i. 1953\u20141980 yillarda esa bosh muharrir bo\u2018lib ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zulfiya 17 yoshida yozgan \u00abXayot varaqlari\u00bb (1932) birinchi she\u2019rlar to\u2018plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zulfiyaning ijodiy kamolotida o\u2018zbek va rus mumtoz adabiyoti, xalq og\u2018zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an\u2019analarining roli benihoya bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoira \u00abShe\u2019rlar\u00bb va \u00abQizlar qo\u2018shig\u2018i\u00bb (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho\u2018llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag\u2018ishlaydi. Ayni chog\u2018da mazkur to\u2018plamlardagi she\u2019rlari shoiraning she\u2019riy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush davrida shoiraning \u00abUni Farhod der edilar\u00bb (1943), \u00abHijron kunlarida\u00bb (1944) kabi to\u2018plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. To\u2018plamdagi she\u2019rlar vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g\u2018alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir. Zulfiyaning \u00abMening Vatanim\u00bb, \u00abQo\u2018limda qurolu ustimda shinel\u00bb, \u00abBizni kut\u00bb kabi umidbaxsh she\u2019rlari urush davri o\u2018zbek she\u2019riyatining jangovar ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o\u2018rin olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoiraning urushdan so\u2018nggi yillarda yozilgan \u00abDalada bir kun\u00bb (1948), \u00abTong qo\u2018shig\u2018i\u00bb (1953) kabi bir qator she\u2019rlar turkumi, \u00abMen tongni kuylayman\u00bb, \u00abYuragimga yaqin kishilar\u00bb (1958), \u00abKuylarim sizga\u00bb (1965) to\u2018plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko\u2018rsatayotgan kishilar hayoti jo\u2018shib kuylanadi. Uni \u00abSo\u2018roqlaydi shoirni she\u2019rim\u00bb (1960), \u00abOydin\u00bb (1953), \u00abQuyoshli qalam\u00bb (1967) kabi ocherk va dostonlari H. Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustoddarning yorqin xotiralariga bag\u2018ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zulfiya H. Olimjonning \u00abSemurug\u2018\u00bb, \u00abZaynab va Omon\u00bb dostonlari asosida pesa va opera librettosini ham yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zulfiya \u00abUylar\u00bb, \u00abShalola\u00bb kabi she\u2019riy majmualari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti sovrindori bo\u2018lgan. Hind mavzuidagi she\u2019rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do\u2018stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro \u00abNilufar\u00bb mukofotiga sazovor bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo\u2018ldi. U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o\u2018tkazilgan birinchi konferentsiyasida qatnashib, mashhur \u00abMushoira\u00bb (1958) asarini yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning she\u2019rlari rus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov, Lermontov, V. Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognetsvet, M. Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o\u2018zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil 1 avgustida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug\u2018ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o\u2018qigan vaqtlaridayoq (1931\u20141934) adabiy to\u2018garaklarda she\u2019rlar mashq qila &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/zulfiya-1915-1996-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7866,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7864","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7864","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7864"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7864\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163409,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7864\/revisions\/163409"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7866"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7864"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7864"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7864"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}