{"id":7879,"date":"2021-11-04T16:07:28","date_gmt":"2021-11-04T13:07:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7879"},"modified":"2025-10-30T11:55:44","modified_gmt":"2025-10-30T08:55:44","slug":"ibrohim-rahim-1916-2002-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibrohim-rahim-1916-2002-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Ibrohim Rahim (1916-2002) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yilning 15 oktyabrida Farg\u2018ona viloyatining Quva tumanida dunyoga kelgan. Uch yoshida ota-onasidan yetim qolib, onasi To\u2018xtabibi tarbiyasida voyaga yetadi. Adabiyotga ilk ixlos ham ona tufayli uyg\u2018onadi. Ana shu ixlos uni 1933 yilda Toshkentga yetaklab keladi. Ibrohim Rahim dastlab \u00abKolxoz yo\u2018li\u00bb nomli gazetada faoliyat ko\u2018rsatadi.&nbsp; Uning ilk asarlari shu davrdan boshlab dunyo yuzini ko\u2018radi. \u00abLenin uchquni\u00bb (hozirgi \u00abTong yulduzi\u00bb), \u00abYosh leninchi\u00bb (\u00abTurkiston\u00bb) gazetalarida uning she\u2019r, ocherk, hikoyalari bosiladi. U ikki urushda \u2014 Finlyandiya, Germaniya fashizmi bilan bo\u2018lgan janglarda (1937\u20141945) qatnashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Rahim o\u2018zbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qilgan. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherklar, hikoyalar, xabarlar yozgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1946 yilda harbiy xizmatdan qaytgan adib respublikamizdagi gazeta va jurnal muharririyatlarida ishlab keldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Rahim O\u2018zbekiston Radio komitetida (1946\u2014 1947) mas\u2019ul lavozimda xizmat qilgan, Partiya Oliy maktabida (1947\u20141950) tahsil ko\u2018rgach, \u00abQizil O\u2018zbekiston\u00bb gazetasi muharriri (1950\u20141961), \u00abO\u2018zbekfilm\u00bb kinostudiyasi rahbari (1960\u20141966), \u00abGuliston\u00bb (1966\u20141970), \u00abMushtum\u00bb (1972\u20141982) jurnallarining bosh muharriri vazifalarida ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yozuvchining ijodiy faoliyati 1938 yildan boshlanadi. Birinchi yirik asari chegarachilar hayotidan yozilgan \u00abBahodir\u00bb (1939) dostonidir. Ibrohim Rahim 1953 yili \u00abHayot buloqlari\u00bb romanini yozdi. Keyinchalik bu asar adabiy tanqidchilar fikr va mulohazalari asosida qayta ishlanib, \u00abIxlos\u00bb (1958) nomi bilan chop etildi. Ibrohim Rahim \u00abChin muhabbat\u00bb (1958), \u00abFidoyilar\u00bb (1972), \u00abGeneral Ravshanov\u00bb (1985) kabi romanlarida Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining jangovar hayotini aks ettirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1966 yilgi Toshkent zilzilasi va uning oqibatlarini mardonavor tugatish yozuvchining \u00abTinimsiz shahar\u00bb (1968) romaniga mavzu bo\u2018lib xizmat etgan. Uning \u00abTaqdir\u00bb romani esa yangi shahar qurilishiga bag\u2018ishlangan. Muallifning \u00abHilola\u00bb (1960) qissasi xotin-qizlarning jamoa xo\u2018jaligidagi o\u2018rni, ularni rahbarlik lavozimlariga ko\u2018tarish, jamoa xo\u2018jaligi iqtisodiyotini yuksaltirish singari davrning muhim muammolarini badiiy hal qilishga qaratilgan. Yozuvchining \u00abZangori kema kapitani\u00bb, \u00abOlovkor\u00bb (1960) qissalarida ham kishilarimizning yuksak ma\u2019naviy qiyofasi, mehnatdagi qahramonliklari aks etgan. \u00abOqibat\u00bb nomli romani uchun yozuvchiga Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti berilgan (1983).<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Rahim \u00abJonim fido\u00bb va \u00abChaqmoq\u00bb nomli dramalar ham yaratgan (1974). \u00abChaqmoq\u00bbda Belorussiya o\u2018rmonlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashgan o\u2018zbek yigiti Mamadali Topiboldiyev obrazi yaratilgan. Adib \u00abFarhodning jasorati\u00bb kinofilmining avtori hamdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ibrohim Rahim O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan san\u2019at arbobi, O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi unvonlari bilan taqdirlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekistonning milliy mustaqilligining besh yilligi va tug\u2018ilgan kunining 80 yilligi munosabati bilan \u00abDo\u2018stlik\u00bb, so\u2018ng \u00abEl-yurt hurmati\u00bb kabi ordenlari bilan mukofotlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yilning 15 oktyabrida Farg\u2018ona viloyatining Quva tumanida dunyoga kelgan. Uch yoshida ota-onasidan yetim qolib, onasi To\u2018xtabibi tarbiyasida voyaga yetadi. Adabiyotga ilk ixlos ham &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ibrohim-rahim-1916-2002-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7881,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-7879","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7879","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7879"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7879\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163470,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7879\/revisions\/163470"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7881"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7879"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7879"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7879"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}