{"id":7915,"date":"2021-11-04T19:02:24","date_gmt":"2021-11-04T16:02:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=7915"},"modified":"2021-11-04T19:02:26","modified_gmt":"2021-11-04T16:02:26","slug":"baxtli-bolish-sirlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baxtli-bolish-sirlari\/","title":{"rendered":"Baxtli bo&#8217;lish sirlari"},"content":{"rendered":"\n<p>1.&nbsp;<strong>Bir-biringizga yordam bering.<\/strong>&nbsp;Yurakdan, chin qalbdan suhbatlashing. Tillar emas, nigohlar, qalblar gapirsin.<\/p>\n\n\n\n<p>2.&nbsp;<strong>Hech qachon er-xotin birdaniga qizishmasin<\/strong>: er qizishsa, xotin sabr qilsin, xotin qizishsa, er. Tortishuv asnosida \u201cU baqiryapti-ku!\u201d deb siz ham ovozingizni ko&#8217;tarmang! Shovqin solish bilan hech narsa hal bo&#8217;lib qolmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Naqadar haq bo&#8217;lsangiz ham, jahlingiz chiqib turganida turmush o&#8217;rtog&#8217;ingiz bilan gaplashmang. Chunki jahl chiqqanda aql ketadi, inson oxirini o&#8217;ylamay biron nojo&#8217;ya ish qilib qo&#8217;yishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Agar turmush o&#8217;rtog&#8217;ingiz g&#8217;azablangan holda ovozini ko&#8217;tarsa, siz jim turishni o&#8217;rganing. G&#8217;azab otiga minsa, siz pastroq keling. Ko&#8217;tarilgan ovozga siz ham bor ovozingiz bilan javob qaytarsangiz, olovga moy sepgan bo&#8217;lasiz.<\/p>\n\n\n\n<p>3.&nbsp;<strong>Hech kim farishta emas<\/strong>. Shunday ekan, inson o&#8217;ylasin: \u201cMen ham bandaman. Hamma qatori yaxshi tomonim ham, nuqson-kamchiliklarim ham bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Turmush o&#8217;rtog&#8217;im ham menga o&#8217;xshagan odam. Uniyam kamchiliklari bor\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Turmush o&#8217;rtog&#8217;ini mukammal ko&#8217;rishni istaganlar har xil xayolga beriladilar. Inson, avvalo, o&#8217;zining xatolarini tuzatishga harakat qilishi kerak. Shundagina turmush o&#8217;rtog&#8217;ining kamchiliklarini to&#8217;g&#8217;ri tushunib, uni isloh qilishga erishadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Inson xatoni o&#8217;zidan qidirsa, o&#8217;zini tuzatishga harakat qiladi. O&#8217;zini tuzatgach, balki turmush o&#8217;rtog&#8217;i ham bundan ta&#8217;sirlanib vaziyatni yaxshi tomonga o&#8217;zgartirar.<\/p>\n\n\n\n<p>4.&nbsp;<strong>G&#8217;azabingizni ichingizga yuting<\/strong>. Huda-behudaga jig&#8217;ibiyron bo&#8217;laverish, nafsiga erk berish, og&#8217;zibo&#8217;shlik qilish baxtli oila halovatini buzadi. \u201cTaloqsan\u201d, degan yoqimsiz so&#8217;z ham ko&#8217;p hollarda g&#8217;azab otiga mingan er tomonidan aytiladi. O&#8217;z-o&#8217;zidan bu narsa oila tinchligiga rahna soladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Unutmang: taqdirga imon keltirgan odam uzoq yashaydi. Qismatiga e&#8217;tiroz bildirgan kimsa esa boshini devorga uradi.<\/p>\n\n\n\n<p>5.&nbsp;<strong>Manmanlikdan yiroq bo&#8217;ling<\/strong>. Xato qilib qo&#8217;ysangiz, turmush o&#8217;rtog&#8217;ingizdan kechirim so&#8217;rang. Bir-birini tushungan, kamchiliklarini avf etgan oilada baxt-saodat, huzur-halovat bo&#8217;ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ba&#8217;zilar, \u201cTurmush o&#8217;rtog&#8217;imdan, farzandlarimdan uzr so&#8217;rasam, ularning oldida obro&#8217;yim tushib ketadi\u201d, deb o&#8217;ylaydi. Bu fikr noto&#8217;g&#8217;ri. Aksincha, er-xotin ham, bolalari ham xatosini tan olib, uzr so&#8217;ragan ota-onani ko&#8217;proq yaxshi ko&#8217;radi.<\/p>\n\n\n\n<p>6.&nbsp;<strong>Er-xotinning ko&#8217;zi, ko&#8217;ngli doim bir-birida bo&#8217;lsin<\/strong>. Zero, sevgi g&#8217;unchasi sug&#8217;orishga ehtiyoj sezadi. Sevgi hayotimiz lazzatidir. Shunday ekan, sof sevgiga erishish uchun uni asrash kerak. E&#8217;tiborsiz sevgi vaqt o&#8217;tishi bilan eskiradi, tugaydi. Siz qo&#8217;lingizdagi gullardan ko&#8217;ra qalbingizdagi sevgiga e&#8217;tibor bering. Turmush o&#8217;rtog&#8217;ingizni sevishingizni, ardoqlashingizni unga ayting. Til bilan aytmasangiz ham xatti-harakatingiz unga bo&#8217;lgan muhabbatingiz kuchli ekanini ko&#8217;rsatib tursin.<\/p>\n\n\n\n<p>7.&nbsp;<strong>Er-xotin sevgida samimiy bo&#8217;lsalar<\/strong>, ko&#8217;zlari boshqalarga havas bilan boqmaydi. Haqiqiy sevganning qalbi boshqa bog&#8217;dan olma tergisi kelmaydi, o&#8217;z jufti haloli ila qoniqadi, harom-xarish yo&#8217;llarga yurmaydi. Baxtga erishishda buning o&#8217;rni juda katta.<\/p>\n\n\n\n<p>8.&nbsp;<strong>\u201cQattiqqo&#8217;l erkak\u201d bo&#8217;lish uchun xotiningizga, bolalaringizga zulm qilib qo&#8217;ymang.<\/strong>&nbsp;Har narsa me&#8217;yorida bo&#8217;lsin. \u201cMeni ko&#8217;rganda tizzalari qaltirasa, soyamga salom berishsa, shunda hammasi yaxshi bo&#8217;ladi\u201d, deb o&#8217;ylagan erkak qattiq yanglishadi. Hammaga birdek adolatli bo&#8217;ling. Ular sizdan qo&#8217;rqishmasin, balki hurmat qilishsin. Hurmat qilganlari uchun gapingizni ikki qilishmasin. Zero, hurmatga qo&#8217;q-po&#8217;pisa bilan emas, hurmatga loyiq bo&#8217;lish bilan erishiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>9.&nbsp;<strong>Oila sirini, turmush o&#8217;rtog&#8217;ingiz ayb-kamchiliklarini ko&#8217;cha-ko&#8217;yda gapirib yurmang.<\/strong>&nbsp;Ayniqsa, to&#8217;shak sirlarini gapirishdan juda ehtiyot bo&#8217;ling. Chunki, ozg&#8217;ibo&#8217;shlik oqibatida oilalar parokanda bo&#8217;ladi. Haqiqiy erkak ayolini o&#8217;zgalar xurujidan ko&#8217;z qorachig&#8217;idek saqlaydi, o&#8217;zi bilan bir tan-bir jon insonning xatolarini elga doston qilmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>10.&nbsp;<strong>Umr yo&#8217;ldoshingizni boshqalar bilan taqqoslamang.<\/strong>&nbsp;Hech kim o&#8217;zini boshqalar bilan taqqoslanishini yoqtirmaydi. Bunday ishlar yurakni siqadi, orani buzadi, hatto urush-janjal keltirib chiqarishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>11.&nbsp;<strong>Turmush o&#8217;rtog&#8217;ingizning yaqinlariga mehr-muruvvat ko&#8217;rsating<\/strong>, hurmatlarini joyiga qo&#8217;ying. Ayniqsa, qaynota-qaynonangizni ardoqlang. Siz ularni yaxshi ko&#8217;rsangiz, ular ham sizni farzandidek ko&#8217;radi. Bu, oila totuvligining ajralmas qismidir.<\/p>\n\n\n\n<p>12.\u00a0<strong>Turmush o&#8217;rtog&#8217;ingiz holatini ham hisobga oling Hamma narsani o&#8217;z qarichingiz bilan o&#8217;lchamang O&#8217;zingizni turmush o&#8217;rtog&#8217;ingiz o&#8217;rniga qo&#8217;yib ko&#8217;ring.<\/strong>\u00a0Shunda uni yaxshiroq tushunasiz.<\/p>\n\n\n\n<p>13.&nbsp;<strong>Zinhor yolg&#8217;on gapira ko&#8217;rmang.<\/strong>&nbsp;Yolg&#8217;onning umri \u2013 qisqa. Yolg&#8217;onning oxiri voy bo&#8217;ladi. Er-xotin bir-birini aldagan, bir-biridan sir saqlagan joyda ishonchsizlik paydo bo&#8217;ladi. Ishonchsizlik bor yerda sevgi rishtalari mo&#8217;rtlashadi, huzur-halovat yo&#8217;qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p>14.&nbsp;<strong>So&#8217;zingiz doim rost bo&#8217;lsin<\/strong>. Ammo har qanday rost so&#8217;zni ham aytaverish to&#8217;g&#8217;ri emas. Ba&#8217;zan kichikroq xatolarni ko&#8217;rmaganga olish yaxshiroq. Inson xatosini o&#8217;zi bilib tuzatsa, unga ortiqcha gapning keragi bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qolaversa, haqiqatni muloyimlik bilan aytilsa, ijobiy qabul qilinadi. Vajohat bilan qoshlarni chimirib gapirish ma&#8217;qul emas. Bu, teskari natija berishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>15.&nbsp;<strong>Jufti halolingizga muhabbatingizni izhor qiling<\/strong>. Biroq bu, sahardan shomgacha to&#8217;tiqushday bir so&#8217;zni takrorlayverish emas. Sevgi ba&#8217;zan mehrli nigoh, ba&#8217;zan ta&#8217;sirli so&#8217;z (jumladan, mehribonlik qilish, chin ko&#8217;ngildan bir tabassum yoki hol-ahvol so&#8217;rash) bilan ifodalanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>16.&nbsp;<strong>Baxtli bo&#8217;laman, degan er-xotin moddiy jihatdan o&#8217;zidan pastdagilarga qaraydi<\/strong>. Shunda o&#8217;zining saviyasidan qoniqib, holiga shukr qiladi. Boylarga havas qilib, shohona hayot ilinjida bo&#8217;lganlar huzur-halovatini, oromini yo&#8217;qotadi, yuragi bezovta, xayoli parishon bo&#8217;ladi. Chunki, hasad (ichiqoralik, ko&#8217;rolmaslik) noshukrlikdan kelib chiqadi.<\/p>\n\n\n\n<p><a target=\"_blank\" href=\"https:\/\/www.mgid.com\/ghits\/10929631\/i\/75355\/0\/pp\/1\/8?h=QHmu_ZJk2PcM6sCyhFWC7vmT-SCualOZUcNiKv3aPaqS8zA_e-h2EH97Oo6WfHmW&amp;rid=ec6e9d21-3d87-11ec-9e7d-2cea7f875b01&amp;ts=oq-ayiq.net&amp;tt=Referral&amp;att=4&amp;cpm=1&amp;iv=11&amp;ct=6&amp;gdpr=0&amp;muid=l7ucXPLSavel\" rel=\"noreferrer noopener\"><\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>1.&nbsp;Bir-biringizga yordam bering.&nbsp;Yurakdan, chin qalbdan suhbatlashing. Tillar emas, nigohlar, qalblar gapirsin. 2.&nbsp;Hech qachon er-xotin birdaniga qizishmasin: er qizishsa, xotin sabr qilsin, xotin qizishsa, er. Tortishuv asnosida \u201cU baqiryapti-ku!\u201d deb siz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/baxtli-bolish-sirlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7916,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[22],"tags":[],"class_list":["post-7915","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-maslahatlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7915","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=7915"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7915\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":7917,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/7915\/revisions\/7917"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7916"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=7915"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=7915"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=7915"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}