{"id":8002,"date":"2021-11-05T14:18:03","date_gmt":"2021-11-05T11:18:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8002"},"modified":"2025-10-30T12:10:32","modified_gmt":"2025-10-30T09:10:32","slug":"komil-xorazmiy-1825-1899-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/komil-xorazmiy-1825-1899-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Komil Xorazmiy (1825-1899) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Komil Xorazmiy (taxallusi; asl ismi Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o\u2018g\u2018li) (1825 \u2014 Xiva \u2014 1899) \u2014 o\u2018zbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi. Jahon madaniyatining Xorazmdagi ilk targ\u2018ibotchilaridan biri. Xiva madrasasida o\u2018qigan. Arab va fors tillarini mukammal bilgan. Sharq adabiyoti namoyandalari ijodini, mumtoz musiqani, xattotlik sirlarini qunt bilan o\u2018rgangan.<\/p>\n\n\n\n<p>25\u201430 yoshlarida shoir sifatida tanilgan. Ogahiy uning nomini o\u2018zining \u00abGulshani davlat\u00bb kitobiga kiritgan. Xiva xoni Sayd Muhammadxon saroyida kotiblik qilgan. Muhammad Rahim II uni mirzaboshilik vazifasiga ko\u2018targan. Rossiya bilan Xiva xonligi o\u2018rtasida imzolangan sulh shartnomasi (Gandimiyon shartnomasi) Komil Xorazmiy qo\u2018li bilan yozilgan (1873). So\u2018ngra saroyda devonbegi (1873\u201480), mirzaboshi lavozimlarida ishlagan (1880 yildan). Xorazmda birinchi bo\u2018lib bosmaxona tashkil etgan (1880\u201481).<\/p>\n\n\n\n<p>Komil Xorazmiy Sharq mumtoz musiqasi, xususan, maqomchilik an\u2019analarini rivojlantirishga homiylik qilgan, o\u2018zbek kuylarini yozib olish uchun \u00abTanbur chizig\u2018i\u00bb deb ataluvchi nota tizimini joriy etgan. Bu o\u2018ziga xos notada \u00abRost\u00bb maqomining bosh qismini yozgan. O\u2018g\u2018li Mirzo Muhammadrasul otasi boshlagan ishni davom ettirib, Xorazm \u00abShashmaqom\u00bbining qolgan ashula va cholg\u2018u yo\u2018llarini to\u2018la notaga olgan. \u00abRost\u00bb maqomiga bog\u2018langan \u00abMurabbai Komil\u00bb va \u00abPeshravi Fero\u2018z\u00bb kuylarining notasi bizgacha yetib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Komil Xorazmiy Moskva va Peterburg shaharlariga 2 marta safar qilgan (1873, 1883). 1891, 1896\u2014 97 yillarda esa Toshkentga kelib, bu yerdagi madaniy yangiliklar haqidagi \u00abDar bayoni ta\u2019rif va tavsif Toshkand\u00bb (\u00abToshkent ta\u2019rifi va tavsifi bayonida\u00bb) qasidasini bitgan. Bu qasida o\u2018zbek adabiyotida ijtimoiy taraqqiyotni aks ettirgan dastlabki yirik she\u2019riy asarlardan bo\u2018lib, unda yangi, zamonaviy madaniyat ulug\u2018lanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Komil Xorazmiy Sharq mumtoz shoirlari an\u2019analari ruhida lirik she\u2019rlar yozgan, devon tuzgan. Bu devonda 8000 misradan ortiq she\u2019r bo\u2018lib, ular g\u2018azal, murabba, muxammas, musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida, muammo kabi janrlarda yozilgan. Ularda chin insoniy fazilatlar ulug\u2018langan, jaholat qoralangan, ishq-muhabbat tarannum etilgan. Komil Xorazmiyning deyarli barcha janrdagi asarlarida ijtimoiy tanqidga keng o\u2018rin berilgan, ayrim misralari aforizm darajasiga ko\u2018tarilgan (\u00abFalak zulmi bir yonu, bir yon alar\u2026\u00bb va b.).<\/p>\n\n\n\n<p>Shayx Sulaymon Buxoriy o\u2018zining mashhur \u00abLug\u2018oti chig\u2018atoyi va turki usmoniy\u00bb (\u00abChig\u2018atoycha va usmoniy turkcha lug\u2018at\u00bb) asarida Komil Xorazmiyning ijodidan o\u2018rinli foydalangan va Xorazm shevasidagi ko\u2018pchilik so\u2018zlarning ma\u2019nosini uning she\u2019rlari orqali izohlab bergan. Komil Xorazmiy 1865 yilda Barxurdor bin Mahmud turkman Farohiynmng (adabiy taxallusi Mumtoz) \u00abMahbub ul-qulub\u00bb (bu asar ayrim manbalarda \u00abMahfiloro\u00bb \u2014 \u00abMajlisga ziynat beruvchi\u00bb deb ham yuritiladi) hamda 1869\u201470 yillarda Faxriddin Ali Sayfiyning \u00abLatoy-if at-tavoyif\u00bb (\u00abTurli toifalarning latifalari\u00bb) asarlarini fors tilidan o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy \u00abXamsa\u00bbsining birinchi Xorazm toshbosma nashriga so\u2018zboshi yozgan. Komil Xorazmiy devoni qo\u2018lyozmalari O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo\u2018lyozmalar fondida saqlanadi (inv. \u21161849, 1025).<\/p>\n\n\n\n<p>M.Yunusov, F.Karimov, A.Hayitmetov, va boshqa olimlar Komil Xorazmiy ijodini tadqiq etganlar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Komil Xorazmiy (taxallusi; asl ismi Pahlavon Muhammadniyoz Abdulla Oxund o\u2018g\u2018li) (1825 \u2014 Xiva \u2014 1899) \u2014 o\u2018zbek shoiri, xattot, musiqashunos, tarjimon va davlat arbobi. Jahon madaniyatining Xorazmdagi ilk targ\u2018ibotchilaridan biri. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/komil-xorazmiy-1825-1899-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8003,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8002","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8002","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8002"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8002\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163506,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8002\/revisions\/163506"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8003"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8002"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8002"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8002"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}