{"id":8026,"date":"2021-11-05T14:51:11","date_gmt":"2021-11-05T11:51:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8026"},"modified":"2025-10-30T12:08:52","modified_gmt":"2025-10-30T09:08:52","slug":"quddus-muhammadiy-1907-1997-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quddus-muhammadiy-1907-1997-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Quddus Muhammadiy (1907-1997) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asr o\u2018zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yil 25 oktyabrda Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. O\u2018rta maktabdan so\u2018ng avval qishloq xo\u2018jaligi bilim yurtida, so\u2018ng O\u2018rta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan bo\u2018lib, ilk asarlari \u00abSharq haqiqati\u00bb gazetasi va \u00abEr yuzi\u00bb jurnalida chop etilgan. Uning mashhur \u00abSandal va pechka\u00bb, \u00abO\u2018z-o\u2018zini tanqid\u00bb kabi dostonlari 1936\u20141937 yillarda yaratilgan. Bu asarlarda eskilik bilan yangilik, eski urf-odatlar bilan yangicha urf-odatlar qiyosiy tarzda o\u2018zining poetik ifodasini topgan. Hayotdagi kishilar, xususan bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar beg\u2018araz hajv qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Quddus Muhammadiy 1941\u20141944 yillarda mashhur baxshi \u2014 Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashg\u2018ul bo\u2018ldi. Urushdan keyingi yillarda esa uning birinchi she\u2019riy to\u2018plami \u00abSinov\u00bb (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan so\u2018ng \u00abO\u2018quvchiga esdalik\u00bb (1947), \u00abShe\u2019r va ertaklar\u00bb (1947), \u00abOrzu\u00bb (1948), \u00abBahor keldi\u00bb (1950), \u00abDunyoda eng kuchli nima?\u00bb (1951), \u00abQirq o\u2018g\u2018il va qiz\u00bb (1951), \u00abBizning do\u2018stlarimiz\u00bb (1952), \u00abSen tug\u2018ilgan kun\u00bb (1952), \u00abYangi uy\u00bb (1953), \u00abMehribon do\u2018stlar\u00bb (1953), \u00abQo\u2018ng\u2018izboy bilan sichqonboy\u00bb (1955), \u00abTugmacha\u00bb (1956), \u00abTanlangan asarlar\u00bb (1957) kabi o\u2018ttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Uning to\u2018rt kitobdan iborat \u00abTabiat alifbosi\u00bb kitobi ayniqsa, ma\u2019lum va mashhur bo\u2018lib ketdi. \u00abOchil dasturxon\u00bb (1970) kabi xalq og\u2018zaki ijodi an\u2019analari ruhidagi asarlari ham shuhrat topti va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning \u00abQanotli do\u2018stlar\u00bb nomli she\u2019riy kitobi 1970 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo\u2018ldi. U 1977 yili O\u2018zbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Q. Muhammadiy faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining jonkuyari va targ\u2018ibotchisi sifatida ham o\u2018nlab maqolalar yozdi. Uning \u00abBolalar adabiyotining yanada ravnaqi uchun\u00bb (1961), \u00abBolalar adabiyotini o\u2018rganaylik\u00bb (1963), \u00abIlhom bilan\u00bb (1967) kabi maqolalari shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida ham mashhurdir. Uning S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K. Chukovskiydan qilgan tarjimalari o\u2018zbek bolalar adabiyotining ravnaqida muhim rol o\u2018ynadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolalarning buyuk va kamtarin shoiri Quddus Muhammadiy 1997 yil 22 iyunda Toshkent shahrida vafot etdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asr o\u2018zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yil 25 oktyabrda Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. O\u2018rta maktabdan so\u2018ng avval qishloq xo\u2018jaligi bilim yurtida, so\u2018ng O\u2018rta Osiyo &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quddus-muhammadiy-1907-1997-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8028,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8026","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8026","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8026"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8026\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163492,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8026\/revisions\/163492"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8028"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8026"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8026"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8026"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}