{"id":8073,"date":"2021-11-05T15:11:43","date_gmt":"2021-11-05T12:11:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8073"},"modified":"2025-10-30T12:23:18","modified_gmt":"2025-10-30T09:23:18","slug":"matyoqub-qoshjonov-1918-2005-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/matyoqub-qoshjonov-1918-2005-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Matyoqub Qo\u2018shjonov (1918-2005) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Matyoqub Qo\u2018shjonov (1918.5.5, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston \u2014 2005.16.8, Toshkent) \u2014 adabiyotshunos olim. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktoriri (1972). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942\u201445).<\/p>\n\n\n\n<p>Toshhovuz shahridagi O\u2018qituvchilar institutini (1946), O\u2018rta Osiyo universitetining filologiya fakultetini (1950) tugatgan. O\u2018zbekiston KP MK da mas\u2019ul xodim (1950-53), O\u2018rta Osiyo universiteti (ToshDU)da dotsent (1957\u201460), O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1960\u201475), direktor (1975-86), yetakchi ilmiy xodim, ilmiy maslahatchi (1986 yildan) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Matyoqub Qo\u2018shjonovning asosiy ilmiy ishlari 20-asr o\u2018zbek adabiyotining rivojlanish tamoyillari, adabiy tanqid va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va yozuvchi mahorati masalalariga bag\u2018ishlangan. Tadqiqotlarida Qodiriy, Qahhor, Oybek, P.Qodirov, O.Yoqubov, A.Oripov va boshqa yozuvchi, shoirlarning mahorati o\u2018rganilgan va badiiy asarning syujet, kompozitsiya, xarakter va konflikt masalalari tahlil qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Matyoqub Qo\u2018shjonovning 90-yillarda yozgan \u00abO\u2018zbekning o\u2018zligi\u00bb (1994), \u00abAbdulla Oripov\u00bb (hamkorlikda, 2000) va boshqa asarlarida mashhur yozuvchilar haqida fikr yuritilgan. Olimning \u00abTepki bosildi\u00bb (1990), \u00abAlam\u00bb (1996), \u00abDagish\u00bb (1999), \u00abArmon\u00bb (2004) kabi badiiy-biografik asarlari ham bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Matyoqub Qo\u2018shjonov ikki jildlik \u00abAdabiyot nazariyasi\u00bb, besh jildlik \u00abO\u2018zbek adabiyoti tarixi\u00bb, ikki jildlik \u00abO\u2018zbek tilining izohli lug\u2018ati\u00bb, ikki jildlik \u00abRuscha \u2014 o\u2018zbekcha lug\u2018at\u00bb, bir jildlik \u00abO\u2018zbekcha \u2014 ruscha lug\u2018at\u00bb va boshqa nashrlarning yaratilishiga bosh-qosh bo\u2018lgan. Uning rahbarligida 5 ta fan doktori, 15 ta fan nomzodi yetishib chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamza nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). \u00abEl-yurt hurmati\u00bb (1999), \u00abBuyuk xizmatlari uchun\u00bb (2003) ordenlari bilan taqdirlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Matyoqub Qo\u2018shjonov (1918.5.5, Toshhovuz viloyati, Turkmaniston \u2014 2005.16.8, Toshkent) \u2014 adabiyotshunos olim. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1978), filologiya fanlari doktoriri (1972). 2-jahon urushi qatnashchisi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/matyoqub-qoshjonov-1918-2005-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8075,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8073","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8073","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8073"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8073\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163543,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8073\/revisions\/163543"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8075"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8073"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8073"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8073"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}