{"id":8135,"date":"2021-11-05T15:40:54","date_gmt":"2021-11-05T12:40:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8135"},"modified":"2025-10-30T12:27:49","modified_gmt":"2025-10-30T09:27:49","slug":"mirmuhsin-1921-2005","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mirmuhsin-1921-2005\/","title":{"rendered":"Mirmuhsin (1921-2005) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbek sheriyati va nasrining ko\u2018zga ko\u2018ringan namoyandalaridan biri, serbaraka ijodkor Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Qo\u2018rg\u2018ontepa mahallasida kulol oilasida dunyoga kelgan. Maktabni bitirib, 1933 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga o\u2018qishga kirdi. O\u2018kishni tugatib (1941), maktab-maorif ishlarida, Respublikadagi yetakchi gazeta va jurnallarda, radioda mas\u2019ul vazifalarda xizmat qildi.&nbsp; Xususan, \u00abSharq yulduzi\u00bb jurnalida yigirma yil, \u00abMushtum\u00bb jurnalida esa qariyb o\u2018n yil bosh muharrir bo\u2018lib ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Adibning ijodi 30-yillardan boshlangan bo\u2018lib, dastlab \u00abSheralining mardligi\u00bb, \u00abOvchi bolalar\u00bb (1936) kabi she\u2019r va hikoyalar to\u2018plamlari chop etilgan. Uning 1939 yilda yaratilgan \u00abKamar\u00bb komli dostoni keyinchalik yirik epik janrga o\u2018tishida ko\u2018prik rolini o\u2018ynagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda Mirmuhsin ijodi tobora ko\u2018pqirrali va serunum bordi. U urush yillarida o\u2018zbek xalqining mehnat va jang maydonlaridagi qahramonligini tasvirlovchi she\u2019rlar yaratdi. Uning \u00abEr yurak\u00bb (1942), \u00abVatan\u00bb (1942) to\u2018plamlari bu jihatdan xarakterlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirmuhsin dostonnavis sifatida ham tanildi. Uning \u00abUsta G\u2018iyos\u00bb, \u00abDo\u2018nan\u00bb (1947), \u00abYashil qishloq\u00bb, \u00abQadrdonlar\u00bb (1954), \u00abShiroq\u00bb va \u00abNevara\u00bb kabi bir qator dostonlari chop etildi. Bu dostonlarda zamondoshlar obrazi yaratilib, ularga xos mehnatsevarlik, vatanparvarlik za ma\u2019naviy butunlik kabi fazilatlar ulug\u2018landi. Doston janrida katta tajriba orttirgan shoir 1958 yilda \u00abZiyod va Adiba\u00bb she\u2019riy romanini yaratdi. Xuddi shu davrdan boshlab adib nasriy janrlarga ham moyillik bildiradi. Uning \u00abDorbozlar\u00bb (1956), \u00abJamila\u00bb (1957), \u00abHikoyalar\u00bb (1959), \u00abQizil durralar\u00bb (1961), \u00abSozanda\u00bb (1963) kabi nasriy kitoblari nashr etildi. Uning birin-ketin yaratilgan \u00abOq marmar\u00bb (1958), \u00abCho\u2018ri\u00bb (1959), \u00abTungi chaqmoqlar\u00bb kabi qissalari esa adibning yetuk shoirgina emas, mohir nosir ham ekanligini ko\u2018rsatdi. Ayniqsa, uning arab dunyosiga bag\u2018ishlangan turkum hikoya va qissalari adibning nasriy iste\u2019dodi katta imkoniyatga ega ekanligidan darak berdi. Mirmuhsin keyinchalik xalqaro mavzuda \u00abChodrali qissasini ham yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mirmuhsin mohir romannvvis sifatida ham serbaraka ijod qilib keldi. Uning tarixiy mavzuda yaratilgan \u00abMe\u2019mor\u00bb (1974), \u00abTemur Malik\u00bb, \u00abTuron malikasi\u00bb (1997) xabi ajoyib epik polotnolari adabiy jamoatchilik e\u2019tirofiga sazovor bo\u2018lgan. Shuningdek, Mirmuhsin zamonaviy mavzularda ham qator romanlar yaratdi. Uning \u00abUmid\u00bb (1969), \u00abChiniqish\u00bb (1970), \u00abDegrez o\u2018g\u2018li\u00bb (1972), \u00abChotqol yo\u2018lbarsi\u00bb, \u00abIldizlar va yaproqlar\u00bb, \u00abIlon o\u2018chi\u00bb (1995) singari romanlari zamon va zamondoshlar hayotidan hikoya qiladi. Ayniqsa, adibning \u00abUmid\u00bb romani o\u2018z davrida qizg\u2018in bahslarga sabab bo\u2018lgan. Unda yoshlar taqdiri, baxti va fojeasi o\u2018zining aniq ifodasini topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, Mirmuhsin shoir, dostonnavis, hikoyanavis, qissanavis, romannavis, bolalar shoiri, jurnalist, adib sifatida uch yuzdan ortiq asarlar muallifidir. Adib qalamiga mansub asarlarning ko\u2018plari rus, ukrain, qozoq, ingliz, qirg\u2018iz, arab va boshqa tillarda nashr etilgan. Mirmuhsinning boy va serqirra ijodi el-yurt tomonidan yuksak qadrlangan. U 1974 yilda \u00abUmid\u00bb romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo\u2018lgan. Ayni chog\u2018da u Respublika xalq maorifi a\u2019lochisi, Respublikada xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi, O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi (1981) hamdir. \u00abEl-yurt hurmati\u00bb ordeni bilan mukofotlangan (1998). Yozuvchi 2005 yil Toshkent shahrida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbek sheriyati va nasrining ko\u2018zga ko\u2018ringan namoyandalaridan biri, serbaraka ijodkor Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Qo\u2018rg\u2018ontepa mahallasida kulol oilasida dunyoga kelgan. Maktabni bitirib, 1933 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mirmuhsin-1921-2005\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8137,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8135","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8135","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8135"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8135\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163572,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8135\/revisions\/163572"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8137"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8135"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8135"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8135"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}