{"id":8155,"date":"2021-11-05T15:50:50","date_gmt":"2021-11-05T12:50:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8155"},"modified":"2025-10-30T12:26:02","modified_gmt":"2025-10-30T09:26:02","slug":"muqimiy-1850-1903-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muqimiy-1850-1903-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Muqimiy (1850-1903) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo\u2018ja Mirzaxo\u2018ja o\u2018g\u2018li) (1850 \u2014 Qo\u2018qon \u20141903.25.5) \u2014 shoir va mutafakkir. O\u2018zbek demokratik adabiyoti asoschilaridan. Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xo\u2018jandlik bo\u2018lib, Qo\u2018qonda yashaganlar. Muqimiy boshlang\u2018ich ma\u2019lumotni mahallasidagi maktabda olgan. Onasi Muhammad Aminxo\u2018jada she\u2019riyatga havas uyg\u2018otgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqimiy Qo\u2018qondagi Nodira bino qildirgan \u00abMoxlar oyim\u00bb madrasasida, so\u2018ng Buxoro madrasalaridan birida o\u2018qigan (1864\u201465; 1875\u201476). 1876 yilda Qo\u2018qonga qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan. 70-yillar oxirlarida Qo\u2018qonga qaytgan va ijod bilan shug\u2018ullangan. Otasi vafotidan so\u2018ng moddiy ahvoli og\u2018irlashgach, \u00abHazrat\u00bb madrasasining kichik bir hujrasiga ko\u2018chib o\u2018tgan (1885), butun umri qashshoklikda kechgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir necha bor Toshkentga sayohat qilgan (1887\u201488, 1892), Toshkentdagi yangiliklar bilan tanishgan. Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur o\u2018rgangan. Almaiy, Nodim kabi ilg\u2018or ruhdagi ijodkorlar bilan aloqa bog\u2018lab, ijodiy hamkorlik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqimiy yashab ijod etgan davr adabiy hayoti murakkab edi. Bunday muhit Muqimiy ijodiga kuchli ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. Ijodining ilk davrida qisman shaklbozlik unsurlari, san\u2019atpardozlik mayllariga berilish ham uchraydi. Lekin tezda bu xil an\u2019analardan voz kechib, jamiyatdagi illatlarga, eskilik aqidalariga tanqidiy nazar bilan qaradi. Navoiy, Jomiy, Nizomiy va Fuzuliydan o\u2018rgandi, ular g\u2018azallariga muxammaslar bog\u2018ladi. Jomiyni o\u2018ziga ustoz bildi. O\u2018zbek, fors mumtoz shoirlari an\u2019analarini davom ettirdi. O\u2018zbek adabiyotida demokratik yo\u2018nalishning vujudga kelishi va shakllanishi Muqimiy nomi bilan bog\u2018liq. U boshliq Furqat, Zavqiy, Avaz, Komil kabi ilg\u2018or fikrli shoirlar o\u2018zbek adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqimiy lirikasi chuqur optimizm bilan sug\u2018orilgan, hayotiylik ushbu lirikaning asosiy va yetakchi xususiyatlaridan. Muqimiy real muhabbatni, insonni kuylagan. She\u2019rlarining tub mohiyatini inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan. Ularda do\u2018stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulug\u2018langan va bular orqali shoir kishilarda yaxshi xususiyatlarni tarbiyalashga intilgan. Adolatli va baxtli zamonni orzu qilgan, shunday kunlar kelishiga ishongan (\u00abKelur oxir seni ham yo\u2018qlag\u2018udek bir zamon yaxshi\u00bb va b.). Hasrat, shikoyat, norozilik motivlari mavjud bo\u2018lgan she\u2019rlarida ham kelajakka ishonch, farovon hayot haqidagi orzu-ideallari aks etgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqimiy dunyoqarashi va intilishlari bilan muhit o\u2018rtasidagi ziddiyat uning ijodida tanqidiy yo\u2018nalishni maydonga keltirgan. Bu uning hajviyotida ko\u2018proq aks etgan. Hajviyoti mazmunan satira va yumorga bo\u2018linadi. Satiralarida chor amaldorlari, ayrim mahalliy boylarning kirdikorlari ochib tashlangan (\u00abTanobchilar\u00bb va b.). \u00abSaylov\u00bb, \u00abDar mazammati zamona\u00bb va boshqada o\u2018lkaga kirib kelayotgan kapitalistik va g\u2018ayriaxloqiy munosabatlar hamda ularning oqibatlari ko\u2018rsatilgan. Ba\u2019zan, o\u2018sha davrdagi hukmron qarashlarga ergashib, Dukchi eshon haqida ham hajviy asarlar yozgan (\u00abHajvi halifai Mingtepa\u00bb).<\/p>\n\n\n\n<p>Ot, arava, loy, pashsha, bezgak kabi mavzularda 30 ga yaqin hajviy asar yaratgan. Ularda shoir turmushning qoloq va chirkin tomonlari, ijtimoiy ongdagi nuqsonlar ustidan kulgan, mustamlakachilik azobi, xarobalikni zaharxandalik bilan tasvirlagan (\u00abDevonamen\u00bb, \u00abKo\u2018samen\u00bb \u00abHayron qildi loy\u00bb, \u00abPashshalar\u00bb, \u00abShikoyati bezak\u00bb va b.). Boshqa bir qator hajviyalarida jamiyat hayotidagi o\u2018zgarishlarga yangicha munosabat aks etgan (\u00abTa\u2019rifi pech\u00bb, \u00abAroba qursin\u00bb, \u00abLoy\u00bb va b.).<\/p>\n\n\n\n<p>Muqimiy o\u2018zbek adabiyotiga ishchilar mavzuini olib kirdi, tiplar galereyasini yaratdi (\u00abMaskovchi boy ta\u2019rifida\u00bb, \u00abVoqeai Viktor\u00bb va b.). Turli shahar va qishloqlarga qilgan sayohatlari taassurotlari asosida 4 qismli \u00abSayohatnoma\u00bb asarini yozdi. Asar yengil, o\u2018ynoqi vaznda yozilgan, 4 misrali bandlardan tashkil topgan. Unda xalq turmushining og\u2018irligi, qishloklarning vayronaligi realistik tasvirlangan. Shoir yaxshilikni ma\u2019qullab, go\u2018zallikni madh etgan, kamchiliklar ustidan kulib, tanbeh bergan, yovuzlikni, turli illatlarni tanqid qilgan. Muqimiyning nasr va nazmdagi maktublari epistolyar adabiyot namunasi hisoblanadi. 10 she\u2019riy, 20 ga yaqin nasriy maktublari saqlangan. She\u2019rlari qo\u2018lyozmalar, bayozlar, 20-asr boshlarida litografiyada nashr qilingan kitoblar, Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalarida bizgacha yetib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muqimiy ijodini o\u2018rganish, asarlarini to\u2018plash va nashr ettirish u hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov \u00abDevoni Muqimiy\u00bb to\u2018plamini (T., 1907) nashr qilgan, so\u2018ng 1910, 1912 yillarda \u00abDevoni Muqimiy maa hajviyot\u00bb nomi bilan asarlari to\u2018plami bosilgan. Keyingi davrlarda G\u2018. G\u2018ulom, Oybek, H. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov, G\u2018. Karimov, A. Hayitmetov va boshqalar Muqimiy ijodini tadqiq etganlar. She\u2019rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. Qo\u2018qonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Farg\u2018ona viloyatidagi shaharcha, Toshkent ko\u2018chalaridan biri, O\u2018zbek davlat musiqali drama teatri Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla \u00abMavlono Muqimiy\u00bb romani va \u00abMuqimiy\u00bb dramasini yaratgan. Muqimiyning aksariyat g\u2018azallari ashulaga aylangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muqimiy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo\u2018ja Mirzaxo\u2018ja o\u2018g\u2018li) (1850 \u2014 Qo\u2018qon \u20141903.25.5) \u2014 shoir va mutafakkir. O\u2018zbek demokratik adabiyoti asoschilaridan. Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xo\u2018jandlik bo\u2018lib, Qo\u2018qonda yashaganlar. Muqimiy boshlang\u2018ich &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muqimiy-1850-1903-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8157,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8155","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8155","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8155"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8155\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163565,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8155\/revisions\/163565"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8157"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8155"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8155"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8155"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}