{"id":8178,"date":"2021-11-05T16:02:42","date_gmt":"2021-11-05T13:02:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8178"},"modified":"2025-10-30T12:25:41","modified_gmt":"2025-10-30T09:25:41","slug":"muso-saidjonov-1893-1937-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muso-saidjonov-1893-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Muso Saidjonov (1893-1937) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Buxoro jadidchiligining yirik namoyandalaridan va ma\u2019rifatparvar, tarixchi olim, professor (1935), taraqqiyot yo\u2018lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri Muso Saidjonov 1893 yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tug\u2018ilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi rus-tuzem maktabida o\u2018qigan. M.Saidjonov ilmga qiziqib, arab, fors, turkiy tillar, adabiyot, tarix va geografiya bilan jiddiy shug\u2018ullanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1913 yildan jadidchilik harakatiga qo\u2018shilib, 1917 yilda \u00abYosh buxoroliklar\u00bb partiyasining tashkilotchilaridan biri bo\u2018ladi. U partiya markaziy qo\u2018mitasining a\u2019zosi etib saylangan. Lekin Muso Saidjonov tabiatan inqilobiy harakatlarga qarshi bo\u2018lib, islohotlarni tadrijiy yo\u2018l bilan o\u2018tkazish tarafdori edi. Shuning uchun ham u 1917 yil Buxorodagi jadidlar tomonidan uyushtirilgan namoyishga qarshi bo\u2018lgan. Amir bilan jadidlar o\u2018rtasidagi muzokarada qatnashgan. Muso Saidjonov o\u2018zbek xalqi o\u2018zgacha milliy taraqqiyot yo\u2018lidan borishiga ishongan. Uning siyosiy qarashlari kommunistik mafkuraga zid bo\u2018lgan, shuning uchun ham u 1920 yilda Yosh buxoroliklarning kommunistik yo\u2018nalishdagi guruhiga kirmagan. Keyinchalik u siyosatdan uzoqlashib, maorif sohasida faoliyat ko\u2018rsatgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkentda o\u2018qituvchilar institutini tugatgach, Xo\u2018jandda muallimlik qilgan va teatr to\u2018garaklarida qatnashgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilgach, u oziq-ovqat noziri (1920 yil sentyabr \u20141921 yil mart), iqtisodiyot noziri muovini (1921 yil mart \u2014 avgust), davlat nazorati noziri (1921 yil oktyabr \u2014 1922 yil yanvar), ChK (Favqulodda komissiya) raisi (1921 yil avgust \u2014 sentyabr), moliya noziri (1922 yil fevral \u2014 aprel), Xalq Xo\u2018jalik Oliy Kengashi raisi muovini (1922 yil oktyabr \u2014 1923), maorif noziri (1923 yil iyun \u2014 1924) lavozimlarida mehnat qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxorolik talabalarni Germaniyaga o\u2018qishga yuborish tashabbuskorlaridan biri. \u00abMilliy ittihod\u00bb tashkiloti faoliyatida qatnashib, A. Z. Validiy bilan yaqin aloqada bo\u2018lgan. Buxoro ilmiy jamiyatini tuzish (1921) da faol qatnashgan va BXSR da maorif muassasalarini tashkil qilish, me\u2019moriy obidalarni muhofazalash, tarixiy qo\u2018lyozmalarni to\u2018plab, ularni tartibga solish, xalq og\u2018zaki ijodi namunalarini to\u2018plash kabi ishlarda jonbozlik ko\u2018rsatgan. O\u2018zbekiston tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish qo\u2018mitasi raisi, uning Samarqand bo\u2018limi ilmiy xodimi (1925\u201436) bo\u2018lib ishlagan. U o\u2018zbek olimlaridan birinchi bo\u2018lib sharqshunoslarning Leningradda bo\u2018lgan 3-kongressi (1935)da qatnashgan va Ko\u2018chkunchixon maqbarasi haqida ilmiy ma\u2019ruza kilgan. Ilmiy faoliyati uchun olimga professor unvoni berilgan. \u00abShahrisabz me\u2019moriy yodgorliklari tarixi\u00bb, \u00abSamarqandning me\u2019moriy yodgorliklari\u00bb, \u00abShayx Sayfiddin Boharziyning vaqfnomasi\u00bb nomli asarlar muallifi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muso Saidjonov umrining oxirigacha ilmga sadoqatli bo\u2018lgan. Uning safdoshlari Saidjonovni zehni baland, zakovati yuksak, madaniyatli, pokiza axloqli inson sifatida bilishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbek milliy ziyolilarining ko\u2018zga ko\u2018ringan vakili sifatida totalitar tuzumning jadidchilik tarixini buzib ko\u2018rsatganiga qarshi chiqqani, o\u2018zbek davlatchiligi tarixi masalalarini xolis tadqiq qilgani, madaniy merosga hurmat bilan yondoshgani, \u00abMilliy ittihod\u00bb tashkiloti faoliyatiga qatnashgani uchun sovet rejimi tomonidan Samarqandda qamoqqa olingan (1937 yil 13 aprel) va otib tashlangan. 1965 yil 2 dekabrda oqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buxoro jadidchiligining yirik namoyandalaridan va ma\u2019rifatparvar, tarixchi olim, professor (1935), taraqqiyot yo\u2018lida milliy harakatning faol qatnashchilaridan biri Muso Saidjonov 1893 yili Buxoro shahrida savdogar oilasida tug\u2018ilgan. Mirarab madrasasini bitirib, Kogondagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muso-saidjonov-1893-1937-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8180,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8178","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8178","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8178"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8178\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163558,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8178\/revisions\/163558"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8180"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8178"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8178"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8178"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}