{"id":8193,"date":"2021-11-05T16:09:15","date_gmt":"2021-11-05T13:09:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8193"},"modified":"2025-10-30T12:35:38","modified_gmt":"2025-10-30T09:35:38","slug":"muhammad-yusuf-1954-2001-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muhammad-yusuf-1954-2001-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Muhammad Yusuf (1954-2001) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Muhammad Yusuf (taxallusi; asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon) (1954.26.4, Marhamat tumani \u2014 2001.31.7, Ellikqal\u2019a tumani) \u2014 O\u2018zbekiston xalq shoiri (1998), jamoat arbobi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978-80), \u00abToshkent oqshomi\u00bb gazetasi (1980-86), G\u2018afur G\u2018ulom nomidagi Adabiyot va san\u2019at nashriyoti (1986-95)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995-97 yillar \u00abTafakkur\u00bb jurnalida bo\u2018lim mudiri, 1997-2001 yillarda O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o\u2018rinbosari. 2-chaqiriq O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad Yusufning dastlabki she\u2019rlari \u00abO\u2018zbekiston adabiyoti va san\u2019ati\u00bb haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning she\u2019r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk she\u2019rlar kitobi \u2014 \u00abTanish teraklar\u00bb (1985). \u00abBulbulga bir gapim bor\u00bb (1987), \u00abIltijo\u00bb (1988), \u00abUyqudagi qiz\u00bb, \u00abHalima enam allalari\u00bb (1989), \u00abIshq kemasi\u00bb (1990), \u00abKo\u2018nglimda bir yor\u00bb (1991), \u00abBevafo ko\u2018p ekan\u00bb, \u00abYolg\u2018onchi yor\u00bb (1993), \u00abErka kiyik\u00bb (1995) va \u00abOsmonimga olib ketaman\u00bb (1998), \u201cUlug\u2018imsan, Vatanim\u201d (2004), \u201cSaylanma\u201d (2007), \u201cXalq bo\u2018l elim\u201d (2009) she\u2019riy kitoblari nashr etilgan. 1989 yilda \u00abUyqudagi qiz\u00bb nomli she\u2019riy to\u2018plami uchun u respublika Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur kitoblarga kirgan she\u2019rlarda Muhammad Yusuf mansub bo\u2018lgan avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, o\u2018zbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuyg\u2018u hamda kechinmalari o\u2018zining yorqin ifodasini topgan. So\u2018zning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuyg\u2018ular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini lo\u2018nda va yaqqol ifodalay bilish Muhammad Yusuf she\u2019riy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat she\u2019rlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqal\u2019a tumanida she\u2019riyat muxlislari b-n uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi ko\u2018chalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi san\u2019at maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhammad Yusuf (taxallusi; asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon) (1954.26.4, Marhamat tumani \u2014 2001.31.7, Ellikqal\u2019a tumani) \u2014 O\u2018zbekiston xalq shoiri (1998), jamoat arbobi. Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muhammad-yusuf-1954-2001-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8195,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8193","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8193","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8193"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8193\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163612,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8193\/revisions\/163612"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8195"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8193"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8193"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8193"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}