{"id":8194,"date":"2021-11-05T16:09:54","date_gmt":"2021-11-05T13:09:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8194"},"modified":"2025-10-30T12:34:41","modified_gmt":"2025-10-30T09:34:41","slug":"muhammad-yusufbek-bayoniy-1858-1923-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muhammad-yusufbek-bayoniy-1858-1923-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Muhammad Yusufbek Bayoniy (1858-1923) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bayoniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek o\u2018g\u2018li) (1858\u2014 Xiva \u2014 1923) \u2014 O\u2018zbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon. Xivadagi Sherg\u2018ozixon madrasasida tahsil ko\u2018rgan. Suls, kufiy, rayhoniy, shikasta xatlarini yaxshi bilgan, tanbur chertish va g\u2018ijjak chalishda mohir bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayoniyning bir devoni, Xorazm tarixiga oid ikki asari va tarjimalari saqlangan. U mumtoz she\u2019riyatning deyarli hamma janrlarida ijod qilib, Navoiy, Munis, Ogahiy an\u2019analarini davom ettirgan. Avaz O\u2018tar bilan ijodiy hamkorlikda bo\u2018lgan. \u00abDevoni Bayoniy\u00bb she\u2019rlar to\u2018plamini tuzgan. Unga kirgan she\u2019rlarida dunyoviy sevgini ulug\u2018lagan, tabiat go\u2018zalliklarini sodda va ravon ifodalagan, mazlumlar, ilm-fan ahlining achchiq taqdiriga achingan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abShajarai Xorazmshohiy\u00bb tarixiy-memuar asari bilan Munis va Ogahiy boshlagan ishni davom ettirgan. Bunda Yofasdan Qo\u2018ng\u2018irot urug\u2018igacha, Abulg\u2018oziy Bahodirxondan Asfandiyorxongacha o\u2018tgan xonlar hukmronligi davri tarixi yoritilgan. \u00abXorazm tarixi\u00bb asari \u00abShajarai Xorazmshohiy\u00bbdagi voqealarni to\u2018ldirgan. Asarning avvalgi boblari ma\u2019no jihatdan \u00abShajarai Xorazmshohiy\u00bbga o\u2018xshab ketadi. Lekin yozilish uslubi bilan undan farq qiladi. Asarda, asosan Asfandiyorxon hukmronligi davri va undan keyin ro\u2018y bergan voqealar tasvirlangan. 16 bobdan iborat bu asarning 8 bobigina bizgacha yetib kelgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayoniyning har ikki tarixiy asarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotga oid juda ko\u2018p qimmatli materiallar bor. Jumladan, Xiva xonligining Buxoro va Qo\u2018qon xonligi va xonlikka qo\u2018shni bo\u2018lgan boshqa mamlakatlar bilan savdo va diplomatik munosabatlari, mehnatkashlardan olinadigan har xil soliqlar, Xorazmda yashagan olim va shoirlar, shaharlar hayoti, dehqonchilik ishlari to\u2018g\u2018risida boy ma\u2019lumotlar yozilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bayoniy arabchadan Darvesh Ahmad (\u00abSahoyif ul-axbor\u00bb, 1901), forschadan Binoiy (\u00abShayboniynoma\u00bb, 1915), Tabariy (\u00abTarixi Tabariy\u00bb) asarlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan. \u00abMajmuai shuaroi forsiy\u00bb to\u2018plami (1900) va boshqani husnixatda ko\u2018chirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abShajarai Xorazmshohiy\u00bb (inv. \u2116 9596), \u00abXorazm tarixi\u00bb (inv. \u2116 7421), \u00abDevoni Bayoniy\u00bb (inv. \u2116\u2116 1120, 7106, 6666) asarlarining qo\u2018lyozmalari O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bayoniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek o\u2018g\u2018li) (1858\u2014 Xiva \u2014 1923) \u2014 O\u2018zbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon. Xivadagi Sherg\u2018ozixon madrasasida tahsil ko\u2018rgan. Suls, kufiy, rayhoniy, shikasta xatlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/muhammad-yusufbek-bayoniy-1858-1923-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":7366,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8194","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8194","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8194"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8194\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163611,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8194\/revisions\/163611"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/7366"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8194"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8194"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8194"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}