{"id":8226,"date":"2021-11-05T18:04:23","date_gmt":"2021-11-05T15:04:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8226"},"modified":"2025-10-30T12:30:28","modified_gmt":"2025-10-30T09:30:28","slug":"nazir-safarov-1905-1985-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nazir-safarov-1905-1985-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Nazir Safarov (1905-1985) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905 yil 9 yanvarda Jizzax shahrida temirchi oilasida tug\u2018ildi. U sovet maktablarida o\u2018qidi, birinchi ziyolilar qatori uzoq qishloqlarga borib dars berdi. Jizzaxda tashkil qilingan \u00abSanoyi nafisa\u00bb to\u2018garagidagi ishtiroki bo\u2018lg\u2018usi dramaturg taqdirini bir umrga belgilab berdi. Nazir Safarov o\u2018zbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol o\u2018ynagan \u00abTarix tilga kirdi\u00bb (1931), \u00abUyg\u2018onish\u00bb (1939), \u00abSharq tongi\u00bb (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi.&nbsp; \u00abUyg\u2018onish\u00bbda 1916 yil qo\u2018zg\u2018oloni, \u00abSharq tongi\u00bbda Oktyabr to\u2018ntarishi, \u00abTarix tilga kirdi\u00bb (Ziyo Said bilan birgalikda yozgan)da milliy nizolar, \u00abKimga to\u2018y, kimga aza\u00bbsida ishchilar sinfining yangilik uchun jangu jadali asosiy mavzu qilib olingan. Dramaturgiya sohasidagi katta xizmatlari uchun Nazir Safarovga \u00abO\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan san\u2019at arbobi\u00bb unvoni berilgan (1955 yil).<\/p>\n\n\n\n<p>Urush davrida Nazir Safarov frontning oldingi jabhalarida bo\u2018lib, jangchilarning qahramonligini, dushmanning yovuzligini hikoya qiluvchi \u00abO\u2018q o\u2018tmas botir\u00bb, \u00abVodillik qahramon\u00bb, \u00abKomissar Qoraboyev\u00bb, \u00abSevgi\u00bb, \u00abSo\u2018nggi nafasgacha\u00bb, \u00abO\u2018zbek farzandlari\u00bb, \u00abQahramonning tug\u2018ilishi\u00bb kabi qator ocherklar yozdi. Uning hayotdagi yangiliklar, yaxshi tashabbuslar targ\u2018ibotchisi sifatida yaratgan asarlari alohida diqqatga sazovor. \u00abUzoqni ko\u2018zlagan ayol\u00bb qissasi shular jumlasidandir. Yozuvchining 1954\u20141957 yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari \u00abHayot maktabi\u00bb, \u00abElmurod\u00bb kabi (M. Xudoyqulov bilan hamkorlikda) pesalaridan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Nazir Safarov bir qancha hikoyalar ham yozgan. \u00abOltinoy\u00bb, \u00abOlma olmadan uzoqqa tushmaydi\u00bb, \u00abAhmadali o\u2018z baxtini qanday topdi\u00bb hikoyalari g\u2018oyaviy-badiiy jihatdan puxtaligi bilan ajraladi. Uning \u00abBir tomchi qon\u00bb (1967), \u00abKo\u2018rgan-kechirganlarim\u00bb (1968) nomli qissalari, \u00abNavro\u2018z\u00bb (1973) romani 60-yillar adabiyotida sezilarli voqea bo\u2018lgan. \u00abKo\u2018rgan-kechirganlarim\u00bb asari uchun muallifga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan (1968).<\/p>\n\n\n\n<p>Adib nemis-fashist bosqinchilari ustidan qozonilgan g\u2018alabaning 30 yilligiga bag\u2018ishlab, o\u2018zbek jangchilarining qahramonliklaridan hikoya qiluvchi \u00abLukash botir\u00bb (Ya. Xudoyqulov bilan hamkorlikda) dramasini yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>U 1975 yilda 70 yoshga to\u2018lishi munosabati bilan O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga muyassar bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Nazir Safarov 1985 yil 1 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905 yil 9 yanvarda Jizzax shahrida temirchi oilasida tug\u2018ildi. U sovet maktablarida o\u2018qidi, birinchi ziyolilar qatori uzoq qishloqlarga borib dars &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nazir-safarov-1905-1985-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8230,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8226","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8226","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8226"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8226\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163590,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8226\/revisions\/163590"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8230"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8226"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8226"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8226"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}