{"id":85449,"date":"2023-06-07T16:40:12","date_gmt":"2023-06-07T13:40:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=85449"},"modified":"2023-06-07T16:40:17","modified_gmt":"2023-06-07T13:40:17","slug":"alkogolizm-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alkogolizm-2\/","title":{"rendered":"Alkogolizm"},"content":{"rendered":"\n<p>Alkogolizm-spirtli ichimliklarni surunkali iste\u2019mol qilish tufayli yuzaga keladigan zaharlanish, kishi tabiatiga ega ruhiy xastalik, xumor qilishlik shakllaridan biri. JST tomonidan Alkogolizm shunday tavsiflanadi: spirtli ichimliklarni iste\u2019mol qilishga majburlik, bu surunkali yoki vaqti-vaqti bilan ularni iste\u2019mol qilishda hamda alkogolga chidamlilikning o\u2019zgarishida (dastlab organizm qarshiligi oshadi, so\u2019ng susayadi) namoyon bo\u2019ladi. Spirtli ichimliklarni ichish to\u2019xtatilgandan so\u2019ng somatik, vegetativ, nevrologik buzilishlar yuzaga keladi, chuqur va barqaror ruhiy hamda somatik-nevrologik buzilishlar, shuningdek, turli darajadagi ijtimoiy nomutanosibliklar paydo bo\u2019ladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Alkogolizm hodisa sifatida sotsial kasalliklar qatoriga kiradi, chunki u jamiyat a\u2019zolari ongidagi ijtimoiy, iqtisodiy ziddiyatlar mavjudligi bilan bog\u2019liqdir. Shunday muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:<\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li>Spirtli ichimliklarning erkin va mo\u2019l tarzda bo\u2019lishi (ayrim mamlakatlarda go\u2019yo tijoratda ko\u2019plab daromadga ega bo\u2019lish mumkinligini ro\u2019kach qilib, bunga yo\u2019l qo\u2019yilmoqda. Lekin mutaxassislarning fikricha, spirtli ichimlik sotishdan kelgan bir so\u2019m foyda jamiyatga bevosita yoki bilvosita to\u2019rt-besh so\u2019m zarar bo\u2019lib tushmoqda) yoki siyosiy mulohazalarga ko\u2019ra yo\u2019l qo\u2019yilmoqda (sarxush xalqni boshqarish ancha oson kechadi-da);<\/li>\n\n\n\n<li>Spirtli ichimliklarni oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga qo\u2019shish; spirtli ichimliklar ichishga o\u2019ta loqayd munosabatda bo\u2019lish; ichkilik bilan o\u2019tkaziladigan urf-odatlar, marosimlarning madaniy-tarixiy an\u2019anaga aylanib qolganligi. Alkogolizmning kelib chiqishiga ichimlik tarkibidagi alkogolning sarxushlantiruvchi, kayf beruvchilik jihati samarali ta\u2019sir ko\u2019rsatgan; alkogol insonga go\u2019yo yaxshi kayfiyat baxsh etadi, uni dilkash suhbatdoshga aylantiradi, odamshavanda, saxiy, tanti qiladi. Lekin bular barchasi o\u2019tkinchi holat. Alkogolizmning ayrim shaxslarda kasallik tarxida rivojlanishida oilaviy, individual-biologik, individual-ruhiy omillar va mikroijtimooiy muhit katta ahamiyatga ega. Tuzilishi yoki vazifasiga ko\u2019ra to\u2019la-to\u2019kis bo\u2019lmagan oila e\u2019tiqodi va boshqalar), oilada ichkilikbozlik an\u2019anasining rivojlanishi Alkogolizm paydo bo\u2019lishi xavfini oshiradi, shuningdek, unga nisbatan individual yoqtirishlikning kuchayishi, miya va ichki a\u2019zolarda ayrim kasalliklarning mavjudligi, shaxsning ayrim aktsentuatsiya yoki ruhiy yetishmovchilik darajasining yuqoriligi, yaqin kishilarining spirtli ichimlik ichishni rag\u2019batlantirishi hamda o\u2019zi ixlos qilgan kishilarning daldasi ham Alkogolizm rivojlanishiga olib keladi.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p>Alkogolizmning individual qaror topishi quyidagi bosqichlarda o\u2019tadi:<\/p>\n\n\n\n<ol class=\"wp-block-list\" type=\"1\">\n<li>Bolalikda &#8212; ichimlik ichish malakasi, an\u2019anasi, odatlar, udumlarini egallash va o\u2019zlashtirishda.<\/li>\n\n\n\n<li>O\u2019smirlik davrida &#8212; spirtli ichimlik va u bilan bog\u2019liq tadbirning ta\u2019sirida amalda tanishilgan birinchi tajriba (salbiy, asabiy, ruhiy samara his etilgan dastlabki ichkilikbozliklarda, shulardan birida alkogoldan zaharlanishning psixotrop samarasi ilk bora his etilishida).<\/li>\n\n\n\n<li>Ichish malakasini amalda o\u2019zlashtirishda &#8212; boshlang\u2019ich individual ichimlik ichish maromida.<\/li>\n\n\n\n<li>Spirtli ichimliklarga individual ustuvorlikning yuzaga kelishida (uni qabul qilishning estetik-gastronomik mohiyatini shakllanishida).<\/li>\n\n\n\n<li>Boshlang\u2019ich psixotropik samaraning so\u2019nishida (individual me\u2019yorning oshib borishida).<\/li>\n\n\n\n<li>Ichkilikbozlik sabablarining kamayishida &#8212; ichkilik uchun vajlarning ahamiyati pasayishida, ichkilikbozlikning tez-tez bo\u2019lib turishida, ichiladigan spirtli ichimlikning me\u2019yori va quvvatning oshishida;<\/li>\n\n\n\n<li>Oilaviy ichkilikbozlik.<\/li>\n\n\n\n<li>Muammoli ichkilikbozlik.<\/li>\n\n\n\n<li>Alkogolizmning dastlab birinchi, keyin ikkinchi va nihoyat uchinchi bosqichlari.<\/li>\n<\/ol>\n\n\n\n<p>Kasallanish holatini his etish kishi a\u2019zosining himoyalanish imkoniyati tugaganda boshlanadi (spirtli ichimlik me\u2019yoridan oshganda yuzaga keladigan qayt qilish). Birinchi bosqichda boshlang\u2019ich holdagiga qaraganda bardosh berishlik (bir martalik yoki bir kecha-kunduzlik alkogol me\u2019yoriga ko\u2019ra) uch-besh marta oshadi, ichishlik muntazam bo\u2019lib qoladi, qaor kunlar to\u2019xtovsiz ichishga layoqat paydo bo\u2019ladi, yoqtirmay qolish hissi yo\u2019qoladi, Ertasiga kecha kechqurun bo\u2019lgan ayrim voqea-hodisalarni ko\u2019pincha eslay olmaslik yuz beradi, muntazam ichib turish &#8212; alkogolga ruhan bog\u2019lanib qolish (xumor qilib turish) paydo bo\u2019ladi, garchi bunga qarshilik qilish hissi tamoman yo\u2019qolmagan bo\u2019lsa-da, uni rad etish istagi o\u2019qtin-o\u2019qin uyg\u2019onsa-da, lekin bari bir alkogol g\u2019olib chiqadi. Kishida alkogolga o\u2019rganib qolish oqibatida ichkilik bilan bog\u2019liq vaziyatlar, holatlar haqidagi fikrlar &#8212; toliqish, ishga qobillikning pasayganligi haqidagi fikrlar, asabiylik, turli kasalliklarning kuchayish tashvishi paydo bo\u2019ladi. Ikkinchi bosqich alkogol amniziyasi &#8212; o\u2019tgan kecha yuz bergan voqea-hodisalarni to\u2019liq eslay olmaslik paydo bo\u2019lgandan boshlanadi. Ertalablari uyg\u2019onganda bosh yorilgudek bo\u2019lib, lo\u2019qillash paydo bo\u2019ladi. Ichkilikka ruju qo\u2019yish bamisoli chanqoqlik, ochlik kabi hissiyotni yuzaga chiqaradi. Ichishlik vaqti-vaqti bilan (\u201cbosh ko\u2019tarmay\u201d ichish holati) yoki muntazam, amalda har kuni ichishlik tushini oladi. Chidamlilik yuqori darajada, fikrlash faqat bitta narsaga \u201cichishga\u201d yo\u2019nalgan bo\u2019ladi. Sarxushlik holati o\u2019zgargan tavsifga ega bo\u2019ladi. Alkogolizmning bu bosqichida alkogol ta\u2019siri ostida kuchli ruhiy noxushlik yuz beradi. Bunday holatlardan biri so\u2019zlashuvda \u201cbelaya goryachka\u201d, ya\u2019ni og\u2019izdan oq ko\u2019pik keladigan holat deb ataladi. Ikkinchisida gallyutsinatsiya (ko\u2019zga har xil narsalar ko\u2019rinishi), paranoid (alahsirash) holati sodir bo\u2019ladi. Ko\u2019pincha befarqlik rivojlanadi. Uchinchi bosqich boshlanishini alkogolga organizm qarshiligining pasayganligidan, ichkilik miqdorining kamayganidan bilish mumkin. Uning boshlanishida surunkali ichish davri qisqaradi, buni ichuvchilar ijobiy hol deb baholaydilar, vaholanki, bu spirtli ichimlikka chidamlilikning pasayganligi haqidagi salbiy alomatdir. Ko\u2019pincha ancha kuchsizroq ichkilikka o\u2019tiladi. Sirqovlanish kuchayadi, somatik kasalliklar (yurak, jigar, asablarning alkogoldan zararlanishi) ortadi. Ruhiy xastalanish aniq namoyon bo\u2019ladi. Surunkali alkogol ruhiy noxushligi tez-tez xuruj qiladi: gallyutsinatiya, xotiraning yo\u2019qolishi, aqlning pasayishi va hokazolar shular jumlasidandir. Ayollar, bolalar va o\u2019smirlarda Alkogolizm g\u2019ayriodatiy va og\u2019ir o\u2019tadi. Mintaqada Alkogolizmning tarqalishi qancha yuqori bo\u2019lsa, undagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat shunchalik noxush bo\u2019ladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alkogolizm-spirtli ichimliklarni surunkali iste\u2019mol qilish tufayli yuzaga keladigan zaharlanish, kishi tabiatiga ega ruhiy xastalik, xumor qilishlik shakllaridan biri. JST tomonidan Alkogolizm shunday tavsiflanadi: spirtli ichimliklarni iste\u2019mol qilishga majburlik, bu surunkali &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/alkogolizm-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":85430,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[480],"tags":[],"class_list":["post-85449","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfiga-oid-ijtimoiy-himoyaga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/85449","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=85449"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/85449\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":85450,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/85449\/revisions\/85450"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/85430"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=85449"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=85449"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=85449"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}