{"id":8606,"date":"2021-11-07T13:56:16","date_gmt":"2021-11-07T10:56:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8606"},"modified":"2021-11-07T13:56:17","modified_gmt":"2021-11-07T10:56:17","slug":"angren","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/angren\/","title":{"rendered":"ANGREN"},"content":{"rendered":"\n<p>ANGREN (Ohangaron, ya&#8217;ni &#171;temirchilar&#187; atamasining ruscha buzilgan shakli) \u2014 Toshkent viloyatidagi shahar (1941 \u2014 46 yillarda shaharcha). Jigariston, Jartepa, Teshiktosh, Qo&#8217;yxona qishloqlari o&#8217;rnida bunyod etilgan. Ohangaron daryosi bo&#8217;yida. Toshkentdan 120 kilometr Janubi-Sharqda. Temir yo\u2019l stantsiyasi. Aholisi 130,0 mingdan ziyod kishi (2000). Ohangaron vodiysining tog&#8217;li qismida. Angrenni shimoli-g&#8217;arbdan Chatqol tizmasi, Janubi- sharqdan Qurama tog&#8217;tizmalari o&#8217;rab turadi. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 27\u00b0, qishi ancha sovuq, yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 2\u00b0. Bahorda jala yog&#8217;ib, qattiq shamollar bo&#8217;lib turadi. Shamolning tezligi 3 \u2014 6 m\/sek, ba&#8217;zan 15 m\/sek ga yetadi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Ohangaron vodiysida o&#8217;rta asrlarda aholi ancha zich yashagan va temirchilik, hunarmandchilik bilan shug&#8217;ullangan. 1934 yildan Ohangaron vodiysida geologik qidiruv ishlari boshlandi. 1940 yil Angrenda dastlabki ko&#8217;mir shaxtasi barpo qilinib, 1942 yil ishga tushirildi. Angren qurilishida ayrim xatolarga yo&#8217;l qo&#8217;yildi: chunonchi shaharning asosiy qismi ko\u2019mir qatlamlari ustiga qurilib qolgan bo&#8217;lib, keyinchalik shaharni boshqa joyga ko&#8217;chirishga to&#8217;g&#8217;ri keddi. 1956 yil martida yangi loyiha tasdiqlanib, yangi shahar eskisi o&#8217;rnidan 7 \u2014 8 kilometr Janubi-g&#8217;arbda, Dukantsoy bilan Qorabovsoy va Toshkent \u2014 Qo&#8217;qon yo&#8217;li yoqasida ko&#8217;mirdan xoli bo&#8217;lgan joyda qad ko&#8217;tardi. Angren O&#8217;rta Osiyoda katta ahamiyatga ega bo&#8217;lgan ko&#8217;mir va energetika sanoati markazi. Urush yillarida O&#8217;zbekistonning ko&#8217;pgina sanoat korxonalari Angren ko&#8217;miri bilan ta&#8217;minlanib turdi. Angrenda oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ham bor. Angrenning eng yirik sanoat korxonasi &#171;O&#8217;zbekko&#8217;mir&#187; kombinatidir. Angrenda chiqariladigan ko&#8217;mirning 2\/3 qismidan ko&#8217;prog&#8217;i ochiq usulda qazib olinadi. Angrenda ko&#8217;mirning bir qismi &#171;Yerostigaz&#187; styasida yer qa&#8217;rida gazga aylantirilib Angren GRES va yangi Angren GRESlarini gaz bilan ta&#8217;minlab turadi. Kon uskunalarini tuzatish, tsement, temir-beton buyumlari va yig&#8217;ma temir beton, tajriba-mexanika, avtomobil ta&#8217;mirlash, &#171;Angren rangli metallar&#187;, non, sut zavodlari, &#171;Sanoatkartonsavdo&#187; hissadorlik jamiyati, &#171;Angrenkulol&#187; hissadorlik jamiyati, &#171;O&#8217;zbekrezinatexnika&#187; ishlab chiqarish birlashmasi, oltin boyitish fabrikasi, &#171;Kaolin&#187; (kaolin boyitish fabrikasi) O&#8217;zbekgermaniya qo&#8217;shma korxonasi, 2 yirik avtokorxona, oblik, noruda materiallar kareri, uysozlik kombinati ishlab turibdi. 1941 yil Toshkent bilan Angren o&#8217;rtasida 114 kilometrli temir yo\u2019l o&#8217;tkazildi. Toshkent \u2014 Angren \u2014 Qo&#8217;qon \u2014 Namangan \u2014 Andijon \u2014 O&#8217;sh avtomobil yo&#8217;li o&#8217;tadi. Angrenda pedagogika instotiti, texnika kolleji, texnika, pedagogika, tibbiyot bilim yurtlari, turk, texnika, pedagogika litseylari, yosh texniklar stansiyasi, 3 musiqa maktabi, sport maktabi, 5 poliklinika, 6 dispanser, 5 kasalxona, 3 profilaktoriy, 14 do-rixona, 1 mehmonxona, 35 kutubxona, 4 klubkinoteatr, o&#8217;lkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi bor. 1996 yil 3000 kishilik masjid qurildi. Navoiy nomidagi madaniyat saroyi, shahar sport kompleksi, yopiq suzish havzasi, bokschilar saroyi, shaxmat klubi ishlab turibdi. &#171;Angren haqiqati&#187;, &#171;Angrenskaya Pravda&#187; gazetalari nashr qilinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANGREN (Ohangaron, ya&#8217;ni &#171;temirchilar&#187; atamasining ruscha buzilgan shakli) \u2014 Toshkent viloyatidagi shahar (1941 \u2014 46 yillarda shaharcha). Jigariston, Jartepa, Teshiktosh, Qo&#8217;yxona qishloqlari o&#8217;rnida bunyod etilgan. Ohangaron daryosi bo&#8217;yida. Toshkentdan 120 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/angren\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8606","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8606","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8606"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8606\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8607,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8606\/revisions\/8607"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8606"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8606"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8606"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}