{"id":8626,"date":"2021-11-07T15:57:07","date_gmt":"2021-11-07T12:57:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8626"},"modified":"2021-11-07T15:57:08","modified_gmt":"2021-11-07T12:57:08","slug":"and-toglari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/and-toglari\/","title":{"rendered":"AND TOG&#8217;LARI"},"content":{"rendered":"\n<p>AND TOG&#8217;LARI (Ink xalqlari tilida anta \u2014 mis konli tog&#8217;lar) \u2014 dunyodagi eng uzun (qariyb 9000 kilometr) va eng baland (6960 metr) tog&#8217; tarmoqlaridan biri. Eni 800 kilometrgacha. And tog\u2019lari Janubiy Amerikani butun uzunligi bo&#8217;ylab G&#8217;arb tomonidan o&#8217;rab turadi. And tog\u2019lari shimoldan janubga nihoyatda uzun masofada (66\u00b0ga) cho&#8217;zilib ketganligidan tuproq va o&#8217;simlik qoplami ham turlicha, vertikal mintaqalar aniq namoyon bo&#8217;lgan. Tez-tez zilzila bo&#8217;lib, vulkanlar (Kotopaxi, Misti, Maypu) otilib turadi. And tog\u2019lari bir-birlariga parallel bo&#8217;lgan va meridian P bo&#8217;ylab cho&#8217;zilgan tizmalardan iborat. Shimolda Karib dengizi sohillari bo&#8217;ylab ikki qator (balandligi 2765 metrgacha), shimoliy-g&#8217;arbida 4 qator (balandligi 5800 metrgacha) tizma joylashgan. Tizmalarni chuqur tektonik botiqlar va ichki yassi tog&#8217;liklar bir-biridan ajratib turadi. Ekvadorda ikki qator vulkan tog&#8217;lari tog&#8217;oralig&#8217;idagi botiqlarni o&#8217;rab turadi. Peruda balandligi 6768 metrgacha bo&#8217;lgan tog&#8217;lar va 4200 metrgacha ko&#8217;tarilgan platolarni daryolar chuqur o&#8217;yib yuborgan. Markaziy And tog\u2019lari tizmalarining o&#8217;rtacha balaandligi 4000 \u2014 5000 metr. Platolar keng va juda baland (4000 metr chamasida). Bosh Kordilera tog&#8217;laridagi Akonkagua tog&#8217;i (6960 metr)\u2014 G&#8217;arbiy yarim shardagi eng baland cho&#8217;qqi. Kirg&#8217;oq bo&#8217;yi tizmasi cho&#8217;zilgan, Sharqda esa palaxsali tog&#8217;lar joylashgan. Qor chizig&#8217;i Janubda 500 \u2014 1500 metr, Markaziy qismida 6500 metr, shimolda 4700 metr balanddan o&#8217;tadi. Janubiy qismlarida katta muzliklar okeangacha tushib keladi. And tog\u2019laridan Amazonka va uning irmoqlari Orinoko va boshqalar boshlanadi. And tog\u2019larining Markaziy qismida Titikaka, Poopo baland tog&#8217; ko&#8217;llari bor. And tog\u2019lari 6 xil iqlim zonasida joylashgan. Venesuela va G&#8217;arbiy Ekvadorda tropik iqlim, qish quruq keladi, siyrak o&#8217;rmonlar o&#8217;sadi. Janubga tushgan sari cho&#8217;l zonasi subtropik, mo\u2019tadil cho&#8217;l va dasht landshaftlari bilan almashinadi. And tog\u2019lari asosan Alp burmalanishi davrida shakllangan (Sharqiy qismida undan ham qadimgiroq jinslar mavjud). Gog&#8217;larda 30 dan ortiq qarakatdagi vulkan (Kotopaxi, Osorno, Sangay va boshqalar) mavjud. And tog\u2019larida foydali qazilmalardan kam uchraydigan va rangli metallar, g&#8217;amda neft, selitra, oltingugurt, asbest, mis, qalay, kumush, qo&#8217;rg&#8217;oshin, rux, volfram, vanadiy, surma, vismut, mishyak va boshqa konlar bor. And tog\u2019lari Shimoliy qismining shamolga ro&#8217;para g&#8217;arbiy yon bag&#8217;ri \u2014 tog&#8217;qizil tuproqli yerlar barg to&#8217;kuvchi o&#8217;rmonlar bilan, janubga tomon laterit tuproqli yon bag&#8217;irlar sernam ekvatorial va tropik o&#8217;rmonlar hamda jigarrang tuproqli yerlar doim quruq subtropik o&#8217;rmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Ichki baland platolar esa o&#8217;tloq (paramos), quruq baland tog&#8217;tropik cho&#8217;llar (xalqa) va cho&#8217;ldan iborat. And tog\u2019lari kartoshka, Xin daraxti va boshqa foydali o&#8217;simliklar vatani. Hayvonot dunyosi xilma-xil: Lama, ko&#8217;zoynakli ayiq, Magellan iti, shinshilla, tulki, turli xil kemiruvchilar va qushlardan \u2014 Kondor yashaydi. And tog\u2019larida Sahama (Boliviya), Lanin (Argentina), Los-Paraguas (Chili) va boshqa milliy parklari bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AND TOG&#8217;LARI (Ink xalqlari tilida anta \u2014 mis konli tog&#8217;lar) \u2014 dunyodagi eng uzun (qariyb 9000 kilometr) va eng baland (6960 metr) tog&#8217; tarmoqlaridan biri. Eni 800 kilometrgacha. And tog\u2019lari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/and-toglari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8626","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8626","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8626"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8626\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8627,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8626\/revisions\/8627"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8626"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8626"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8626"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}