{"id":8639,"date":"2021-11-08T14:15:04","date_gmt":"2021-11-08T11:15:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8639"},"modified":"2021-11-08T14:15:05","modified_gmt":"2021-11-08T11:15:05","slug":"andalusiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/andalusiya\/","title":{"rendered":"ANDALUSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>ANDALUSIYA \u2014 Ispaniyaning Janubiy qismidagi Muxtor viloyat. Maydoni 87,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 7 million kishi (1992). Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Sevilya shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 8 provintsiya \u2014 Almeriya, Granada, Kadis, Kordova, Malaga, Sevilya, Uelva, Xaenga bo&#8217;linadi. Eng yirik portlari: Sevilya, Kordova (Qurtuba), Malaga, Kadis. Yevropaning eng Janubiy nuqtasi \u2014 Marroki burni Andalusiyada. Andalusiya Janubiy g&#8217;arbda Atlantika okeani (Kadis qo&#8217;ltig&#8217;i), Janubiy-Sharqda O&#8217;rta dengiz bilan o&#8217;ralgan, Janubda Gibraltar bo&#8217;g&#8217;ozi uni Afrika qitasidan ajratib turadi. Gvadalkvivir daryosi havzasidagi Andalusiya pasttekisligi viloyat hududining aksari qismini egallagan. Pirenei yarim orolining eng baland nuqtasi \u2014 Mulasen cho&#8217;qqisi (3478 metr) Andalusiyada joylashgan. Tog&#8217;lar doim yashil o&#8217;rmon va butazorlar bilan qoplangan. Qishloq xo\u2019jaligida asosan, g&#8217;alla, paxta, dukkaklilar, shakarqamish, zaytun mevasi va zaytun moyi, tsitrus mevalar (apelsin) hamda uzum yetishtiriladi. Qo&#8217;y, qoramol (korrida o&#8217;yinlari uchun buqa), yilqi boqiladi, baliq ovlanadi, dengizdan tuz olinadi. Yalpi mahsulot qiymatining 1\/5 qismi sanoatga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Andalusiyada polimetall rudalari, temir ruda, toshko&#8217;mir konlari bor. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan tashqari rangli metallurgiya, mashinasozlik (jumladan kemasozlik), to&#8217;qimachilik, kimyo, neft, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Malaga shahri kurort rayonining markazi sifatida mashhur. Andalusiya nomining kelib chiqishi aniqlanmagan. Arablar 8 &#8212; asr avvalida Pireney yarim oroli katta qismini egallagach, o&#8217;sha joylarni Andalusiya (al-Andalus) deb ataganlar. Andalusiyada qadimda iberlar yashagan. Andalusiyada finikiyaliklarning manzilgohlari (koloniyalari) [Gades (Kadis), Korduba (Kordova), malaka (Malaga) va boshqalar], so&#8217;ngra karfagenliklarning manzilgohlari bo&#8217;lgan. Ispaniyada Rim hukmronligi davrida Andalusiya Betika (Rim provintsiyasi) hududiga kirgan. Arablar hukmronligi o&#8217;rnatilgan davrda Andalusiya 4 ta Qirollik (amirlik) \u2014 Xaen, Kurtuba, Sevilya, G&#8217;arnataga bo&#8217;lingan. 13-asrda rekonkista jarayonida Andalusiya arablardan tortib olingan (G&#8217;arnatadan tashqari). 1492 yil G&#8217;arnata egallanishi bilan Andalusiya to&#8217;la-to&#8217;kis Kastiliya va Aragon qirolligiga qo&#8217;shib olingan. Andalusiyaning keyingi tarixi Ispaniya tarixi bilan uyg&#8217;unlashib ketgan. Granada, Kordova, Malaga, Sevilya shaharlarida Rim davri, Arab madaniyati va Uyg&#8217;onish davrining tarixiy yodgorliklari saqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANDALUSIYA \u2014 Ispaniyaning Janubiy qismidagi Muxtor viloyat. Maydoni 87,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 7 million kishi (1992). Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Sevilya shahri. Ma&#8217;muriy jihatdan 8 provintsiya \u2014 Almeriya, Granada, Kadis, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/andalusiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8639","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8639","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8639"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8639\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8640,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8639\/revisions\/8640"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8639"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8639"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8639"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}