{"id":8695,"date":"2021-11-08T16:06:54","date_gmt":"2021-11-08T13:06:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8695"},"modified":"2021-11-08T16:06:55","modified_gmt":"2021-11-08T13:06:55","slug":"andijon-neft-koni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/andijon-neft-koni\/","title":{"rendered":"ANDIJON NEFT KONI"},"content":{"rendered":"\n<p>ANDIJON NEFT KONI &#8212; Farg&#8217;ona vodiysining Janubiy-sharqidagi konlardan biri. Andijon shahridan 14 kilometr Janubda. Birinchi qidiruv ishlari 1932 yildan boshlangan. 1935 yilda boshlangan burg&#8217;ulash natijasida 1937 yil 3-gorizontdan kuniga 35 tonna neft chiqa boshladi. Keyingi qidiruv ishlari natijasida 5-gorizontdan (1940), so&#8217;ngra 1-gorizontdan neft topildi. Andijon neft koni 1937 yilda foydalanishga topshirilgan. Andijon neft koni antiklinal burma bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, bu burmaning uzunligi 23 kilometr, eni 6 kilometr. Burmaning shimoliy-g&#8217;arbiy qanotida qatlamlar og&#8217;ishi 10\u00b0 dan oshmaydi, Janubi-Sharqining ba&#8217;zi joylarida 30-35\u00b0 gacha yetadi. Burmaning markazida neogen yotqiziqlari yer yuzasiga chiqib qolgan. Ularning ostida umumiy qalinligi 3000 metrdan ortiq bo&#8217;lgan paleogen va bo&#8217;r yotqiziqlari joylashgan. Antiklinal burma ko&#8217;ndalang uzilmalar bo&#8217;yicha bloklarga bo&#8217;lingan. Bir necha mayda uzilma va surilmalar ham uchraydi. Sanoat ahamiyatiga ega bo&#8217;lgan neft neogenning Baqtriya yotqiziqlaridagi 1-gorizontda va paleogenning 3-, 5-, 6-, 7-gorizontlarida uchraydi. 1-gorizont Baqtriya yarusining ostki qismida yotadi va qumtoshdan iborat. Uning kalinligi burmaning Janubiy qanotida 7-12 metr va shimol qanotida 40 metrga yetadi. 1-gorizont ostki massaget yarusining yotqiziqlariga nomuvofiq yotadi. Massaget yotqiziklari orasida g&#8217;ovak qumtosh qatlamlari bo&#8217;lib, bu qatlamlarda ham ba&#8217;zan neft uchraydi. 3-gorizont Sumsar yarusi gil qatlamlarining ustki qismida bo&#8217;lib, qumtoshdan iborat. Umumiy qalinligi 18-21 metr, neftli qismining kalinligi 10 metr. Bukilmaning eng yuqori qismida ozgina gaz uchraydi. Dastlabki vaqtlarda har qaysi quduqdan (burg&#8217;u kovagidan) bir kecha-kunduzda 14-70 tonna neft chiqqan. Neftning sof og&#8217;irligi 0,859. 5-gorizont Turkiston qatlamlarida bo&#8217;lib, qumli ohaktosh va ohakli qum-toshdan iborat. Umumiy qalinligi 14 metr, neftli qismining qalinligi 9 metr. Dastlabki vaqtlarda har bir quduqdan bir kecha-kunduzda 15-120 tonna neft chiqqan. 6-gorizont, asosan, angidrit va ostki qismi qumtoshdan iborat. Neft 6-gorizontda surilma ostidagi qanotda bo&#8217;lib, tarkibi 5-gorizont neftiga o&#8217;xshash. 7-gorizont olay yarusidagi dolomitli ohaktoshdan iborat bo&#8217;lib, neft oz. G&#8217;arbiy, Markaziy va Sharqiy bloklardagi neft deyarli butunlay olib bo&#8217;lingan. Gorizontning umumiy qalinligi 42 metr, neftli qismining qalinligi 20 metr. Dastlabki vaqtlarda har bir qudukdan bir kecha-kunduzda 40-90 tonna neft olingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANDIJON NEFT KONI &#8212; Farg&#8217;ona vodiysining Janubiy-sharqidagi konlardan biri. Andijon shahridan 14 kilometr Janubda. Birinchi qidiruv ishlari 1932 yildan boshlangan. 1935 yilda boshlangan burg&#8217;ulash natijasida 1937 yil 3-gorizontdan kuniga 35 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/andijon-neft-koni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8695","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8695","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8695"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8695\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8700,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8695\/revisions\/8700"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8695"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8695"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8695"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}