{"id":8725,"date":"2021-11-09T07:39:45","date_gmt":"2021-11-09T04:39:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8725"},"modified":"2021-11-09T07:39:45","modified_gmt":"2021-11-09T04:39:45","slug":"andijon-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/andijon-qozgoloni\/","title":{"rendered":"ANDIJON QO&#8217;ZG&#8217;OLONI"},"content":{"rendered":"\n<p>ANDIJON QO&#8217;ZG&#8217;OLONI (1898) -o&#8217;zbek xalqining mustamlakachilik va milliy zulmga qarshi ozodlik harakati. Dukchi Eshon qo&#8217;zg&#8217;oloni (voqeasi) nomi bilan ham mashhur. Unga Andijon uezdining Mingtepa qishlog&#8217;ilik Muhammadali xalfa Sobir o&#8217;g&#8217;li rahbarlik qilgan. Turkistonda Rossiya imperiyasining 19-asr ikkinchi yarmida o&#8217;rnatgan mustamlakachilik tuzumi mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi, milliy, liniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadlariga bo&#8217;ysundirib, xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib, qashshoqlanishiga olib keldi. Ayniqsa Farg&#8217;onada Rossiya sanoati uchun zarur bo&#8217;lgan paxta xom ashyosini yetishtirishga zo&#8217;r berilishi natijasida viloyatdagi aholi hayoti nihoyatda og&#8217;irlashdi. Og&#8217;ir mehnat sharoitida yetishtiriladigan paxta xom ashyosi arzimas narxda sotib olinib, Rossiyaga olib ketilar, dehqon esa bundan durust moddiy manfaat ko&#8217;rmay, aksincha, turli xil og&#8217;ir soliq, to&#8217;lov va qarzlar iskanjasida yil sayin qashshoqlashib borardi. Viloyatda paxta ekin maydonlarining tez sur&#8217;at bilan o&#8217;sib borishi g&#8217;alla mahsulotlari, bug\u2019doy yetishtirishni keskin kamayishiga, aholini chetdan keladigan g&#8217;allaga qaram bo&#8217;lishiga olib keldi. Rossiyadan keltirilgan yuqori narxdagi bug&#8217;doyni sotib olib, iste&#8217;mol qilishga esa qashshoqlashgan dehqonlarning qurbi yetmay, ahvollari yanada og&#8217;irlashdi. Chorizmning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, siyosiy, milliy zulmi ham cheksiz edi. Siyosiy huquqlardan mahrum etilgan aholi o&#8217;lkani idora qilish ishiga mutlaqo yaqinlashtirilmasdi. Maorif, tibbiy xizmat, obodonchilik ishlari qarovsiz holda bo&#8217;lib, mustabid ma&#8217;muriyat bunga mutlaqo mablag&#8217; ajratmasdi. Mahalliy ahamiyatga molik sarf-harajatlar aholi zimmasiga yuklatilgandi. Hukmron millat vakillari alohida imkoniyat va huquqlarga ega bo&#8217;lgan holda mahalliy aholi huquqsizlik, zulm va zo&#8217;ravonlikdan azob chekardi. Buning ustiga mahalliy aholining unumdor yerlari Rossiyadan ko&#8217;chirib keltirilgan dehqonlarga tortib olib berilgan bo&#8217;lib, yer-suv munosabatlari masalasida ham adolatsizlik avjiga chiqqandi. Chorizm hukmronligi davrida o&#8217;lkada mustamlakachilar turmush tarzi orqali kirib kelgan maishatparastlik, qimorbozlik, ichkilikbozlik singari illatlar mahalliy aholining ma&#8217;naviy-axloqiy ruhiyati, qadriyatlariga putur yetkaza boshlagandi. Bu illatlarning barchasi bir bo&#8217;lib mahalliy xalqning mustamlakachilarga nisbatan nafratini oshirib, milliy, insoniy g&#8217;ururi, nafsoniyatini tahqirlab, bularga chek qo&#8217;yish istagi kun sayin avj olib borgan, milliy ozodlik tuyg&#8217;ulari junbushga kelgan. Qo&#8217;zg&#8217;olondan 3 yil oldin \u2014 1895 yilda Muhammadali eshon Marg&#8217;ilon, O&#8217;sh uezdlarida lavozimini qayta tikladi. Shundan so&#8217;ng qishloqlarda ikki hokimiyatchilikni eslatadigan bir holat yuzaga keladi \u2014 xalqqa bir tomondan mustabid chorizm hukumati vakili bo&#8217;lgan volost boshlig&#8217;i, ikkinchi tomondan oddiy xalq xohish-irodasini ifodalagan rais rahbarlik qila boshlaydi. Bu holat mustamlakachi ma&#8217;murlar bilan xalq o&#8217;rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtiradi. Mustamlakachilar zulmidan ezilgan xalq Dukchi eshonga murojaat qilib erk uchun muqaddas kurashga fatvo berishini hamda bu kurashga rahnamolik qilishini so&#8217;raydi. Xalq noroziligining jilovlab bulmaidigan darajada kuchayib ketganligini ko&#8217;rgan Dukchi (Muhammadali) Eshon uyida Farg&#8217;ona viloyatining turli bo&#8217;lislaridan kelgan vakillar ishtirokida maxsus kengashi bo&#8217;ladi. Shu kengashda Muhammadali eshon yig&#8217;ilganlarni mustamlakachilarga qarshi bosh ko&#8217;tarishga, ularni yurtdan haydab, ona Vatan mustaqilligini tiklash uchun kurashga chaqiradi. Ko&#8217;pchilik bu taklifni ma&#8217;qullaydi. Kengashda Muhammadali Eshon ma&#8217;lum qilgan rejaga binoan mustabid hukumatning vodiydagi 3 shahar \u2014 Andijon, Marg&#8217;ilon va O&#8217;shda joylashgan harbiy lagerlariga bir kunda hujum qilishga, bu hujum muvaffaqiyatli tugasa, Qo&#8217;qonda ham qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarishga kelishiladi. Marg&#8217;ilondagi harbiy lagerga Inoyatxon To&#8217;ra, O&#8217;shdagi harbiy lagerga Umarbek dodxoh, Andijondagi harbiy lagerga esa Muhammadali eshon boshchiligida hujum qilinishi kerak edi. 1898 yil 17 may kuni Muhammadali eshon xalqqa murojaat kilib, ularni mustamlakachilarga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;tarishga da&#8217;vat etadi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Muhammadali eshon boshchiligida Mingtepadan Andijon shahri tomon yo&#8217;l olishadi. Yo&#8217;l-yo&#8217;lakay qo&#8217;zg&#8217;olonchilar safi to&#8217;lib borib, shaharga yaqinlashganlarida ularning soni 2000 ga yetadi. Shahar yaqinida Muhammadali eshon o&#8217;z jangchilarini oxirgi marta ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazadi. U qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni 5 qismga bo&#8217;lib, har qaysi qismga bittadan bayroq beradi. g&#8217;arbiy lagerga qilinadigan hujum oldidan so&#8217;nggi nutqini so&#8217;zlaydi. U qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni oxirgi daqiqalargacha o&#8217;z qasamyodiga sodiq qolishga, Vatan ozodligi uchun muqaddas kurashga da&#8217;vat etdi. So&#8217;ngra qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Andijon harbiy lageriga hujum qiladilar. To&#8217;qnashuv paytida harbiy garnizon jangchilaridan 22 kishi o&#8217;ldirildi, 24 askar yarador bo&#8217;ldi. Yarim soat davom etgan qattiq jangdan so&#8217;ng jangovar tayyorgarligi durust bo&#8217;lmagan va qurol-yarog&#8217;i nochor qo&#8217;zg&#8217;olonchilar guruhi to&#8217;qnashuv joyida o&#8217;lgan 11 nafar va yarador bo&#8217;lgan 8 nafar odamlarini qoldirib chekinishadi. Marg&#8217;ilon va O&#8217;sh uezdlaridagi harbiy garnizonlarga hujum uyushtirish rejalari esa amalga oshmay qoladi, chunki chor amaldorlari bundan xabar topib, mudofaa uchun zarur choralarni ko&#8217;rib ulguradilar. O&#8217;sh uezdida mustabid hukumatga sotilgan xoin \u2014 uezd mingboshisi Qorabek Hasanov o&#8217;z xalqiga xiyonat qilib, mustamlakachilarning harbiy kuchlariga qarshi tayyorlanayotgan hujum haqida podpolkovnik Zaytsevga xabar yetkazadi. Bu voqeadan xabar topgan Umarbek dodxoh yaxshi qurollanmagan xalqni qurollangan, shay turgan harbiylarga qarshi qo&#8217;zg&#8217;olonga boshlashga jur&#8217;at etmaydi. Marg&#8217;ilon harbiy lageriga hujum ham amalga oshmadi. 17 may kuni kechqurun belgilangan joyga odam to&#8217;planmadi. Buning ustiga shu kuni yakshanba, ya&#8217;ni dam olish kuni bo&#8217;lib, harbiy lagerda qandaydir marosim bo&#8217;layotgandi. Bunday vaziyatda hujum boshlash xatarli edi. Shu bois Inoyatxon To&#8217;ra o&#8217;z odamlari bilan Andijonga jo&#8217;nab ketgan qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni quvib yetib, ular safiga qo&#8217;shiladi. Qo&#8217;zg&#8217;olon haqidagi xabarlar Namangan uezdi va Yettisuv viloyatiga ham yetib bordi va bu yerdagi aholi tomonidan qo&#8217;llab-quvvatlandi. Yettisuv viloyatining Avliyoota uezdida Shodibek xalfa ismli eshon boshchiligida to&#8217;plangan yuzdan ortiq odamlar dovonlar qordan biroz tozalangach, Andijon tomon harakat qildilar. Bundan xabar topgan mustabid hukumat qo&#8217;shinlari Namangan va Andijondan ularga qarshi yurdilar va oradan besh kun o&#8217;tgach, Shodibek xalfani 23 nafar odami bilan qo&#8217;lga oddilar. Namanganda harbiylar yashirin ravishda tog&#8217; so&#8217;qmoqlarini kezib, 29 nafar qo&#8217;zg&#8217;olonchini, shular qatori 4 boshlig&#8217;ini ham ushlashdi. O&#8217;sha kunlarda Yettisuv viloyatining Prjevalsk va Bishkek uezdlarida, Sirdaryo viloyatining Xovos temir yo&#8217;l bekatida ham mirshablar bilan mahalliy aholi o&#8217;rtasida qurolli to&#8217;qnashuvlar bo&#8217;lib o&#8217;tdi. Andijondagi qo&#8217;zg&#8217;olondan xabar topgan Chor Rossiyasi hukmdori Nikolay II qo&#8217;zg&#8217;olonchilardan shafqatsiz o&#8217;ch olishni buyuradi. Bu ishga rahbarlik qilish o&#8217;ta shovinist sifatida dong taratgan Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori A.I. Korolkovga topshiriladi. Mustamlakachilar Andijon qo\u2019zg\u2019oloni munosabati bilan butun Farg&#8217;ona vodiysida dahshatli qatag&#8217;on uyushtirdilar. Birinchi navbatda qo&#8217;zg&#8217;olon rahbari Muhammadali eshon va uning yaqin maslaqdoshlaridan 5 nafari 1898 yil 12 iyunda Andijon shahri markazida butun vodiy jamoatchiligining 8 mingga yaqin vakili ko&#8217;z o&#8217;ngida osib o&#8217;ldirildi. Keyin boshqalar jazolandi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilardan 18 nafari osib o&#8217;ldirishga hukm qilindi. 344 nafari 4 yildan 20 yilgacha muddatga, 3 nafari umrbod katorgaga, 8 nafari turli muddatga qamoq jazosiga hukm qilindilar. 18 kishi Sibirga surgun qilindi. Jami 388 kishi jazolandi. Qo&#8217;zg&#8217;olon markazi bo&#8217;lgan Mingtepa, Qashg&#8217;ar, tojik qishloqlari uch kun to&#8217;plardan o&#8217;qqa tutilib, kultepaga aylantirildi. Jazoga tortilgan qo&#8217;zg&#8217;olonchilarning ijtimoiy tarkibi tahlilidan ma&#8217;lum bo&#8217;lishicha, ularning ko&#8217;pchiligi dehqon va hunarmandlardan iborat bo&#8217;lib, sardorlari orasida 2 nafar dodxoh (general), 7 nafar ponsod (polkovnik), 2 nafar sobiq bek, 40 nafar mulla, 2 nafar mudarris bo&#8217;lgan. Ya&#8217;ni, Andijon qo\u2019zg\u2019oloni aholining turli toifasi vakillarini qamrab olgan tom ma&#8217;nodagi xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni bo&#8217;lgan. Andijon qo\u2019zg\u2019oloni Turkiston hayotida tasodifiy hodisa emas edi. Bunga qadar ham o&#8217;lkada mustamlakachilarga qarshi bosh ko&#8217;tarilgan. Andijon qo\u2019zg\u2019oloni 19-asrning so&#8217;nggi choragidagi eng kuchli ozodlik kurashi edi. Ammo puxta tayyorgarlik ko&#8217;rilmaganligi, harbiy imkoniyatlari zaifligi, keng doirada uyushmaganligi tufayli mag&#8217;lubiyatga uchradi. Qo&#8217;zg&#8217;olonning tarixiy ahamiyati shundaki, u mazlum xalqning siyosiy ongi va kurash tajribasining o&#8217;sishida muhim rol o\u2019ynadi. Garchand Andijon qo\u2019zg\u2019oloni tor-mor etilgan bo&#8217;lsada, lekin o&#8217;zbek xalqining mustaqillik va ozodlik uchun olib borgan kurashlarining eng yorqin namunalaridan biri bo&#8217;lib qoldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida Andijon shahrining Mirpo&#8217;stin va Navoiy ko&#8217;chalari orasidagi ko&#8217;chaga (avvalgi Yangi O&#8217;sh ko&#8217;chasi) &#171;Dukchi Eshon&#187; nomi berildi. Ad. Fozilbek Otabek o&#8217;g&#8217;li, Dukchi Eshon voqeasi, T., 1992; Egamnazarov A., Siz bilgan Dukchi Eshon, T., 1994; O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, birinchi kitob [Turkiston chor Rossiyasi davrida], T., 2000. Dono Ziyayeva, Alinazar Egamnazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANDIJON QO&#8217;ZG&#8217;OLONI (1898) -o&#8217;zbek xalqining mustamlakachilik va milliy zulmga qarshi ozodlik harakati. Dukchi Eshon qo&#8217;zg&#8217;oloni (voqeasi) nomi bilan ham mashhur. Unga Andijon uezdining Mingtepa qishlog&#8217;ilik Muhammadali xalfa Sobir o&#8217;g&#8217;li rahbarlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/andijon-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8725","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8725","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8725"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8725\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8728,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8725\/revisions\/8728"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8725"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8725"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8725"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}