{"id":8739,"date":"2021-11-09T08:20:34","date_gmt":"2021-11-09T05:20:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8739"},"modified":"2021-11-09T08:20:35","modified_gmt":"2021-11-09T05:20:35","slug":"andorra","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/andorra\/","title":{"rendered":"ANDORRA"},"content":{"rendered":"\n<p>ANDORRA (ispancha Andorra, Fransuzcha andorre), Andorra knyazligi \u2014 Yevropaning Janubi-g&#8217;arbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Frantsiya bilan Ispaniya oralig&#8217;ida joylashgan. Maydoni 465 km2, aholisi 64,5 ming kishi (1996). Poytaxti \u2014 Andorrala-Velya shahri. Rasmiy tili \u2014 katalon tili; ma&#8217;muriy jihatdan 7 jamoaga bo&#8217;lingan. Dindorlar \u2014 katoliklar. Andorra\u2014 mustaqil suveren davlat. Frantsiya qiroli Karl davridayoq mustaqillikka erishgan. O&#8217;sha paytdan to birinchi Konstitusiya qabul qilinguncha Andorra 1278 yil shartnomasida belgilanganidek, Frantsiya va SEO-de-Urxel shahri (Ispaniya) episkopining ikki yoqlama protektoratida (izmida) bo&#8217;ldi. 1993 yil 14 martdagi umumxalq ovoz berishi natijasida ma&#8217;qullangan mamlakat birinchi Konstitusiyasiga binoan Andorra &#171;parlamentli knyazlik&#187; hisoblanadi, unda &#171;xalq suvereniteti tamoyili&#187; qaror topdi, sobiq hukmdorlar \u2014 Frantsiya prezidenti bilan SEO-de-ur-xel episkopiga aniq vakolatli &#171;konstitusion davlat boshliqlari&#187; martabasi, jumladan, ularga ichki xavfsizlik va mudofaa, hududiy va chegara huhuqlari, yuridik sohalarda hamkorlik qilishga oid xalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashish huquqi berildi. Konun chiqaruvchi oliy organ \u2014 Bosh kengash \u2014 28 deputatdan iborat bir palatali parlament. Ijroiya hokimiyat oliy organi \u2014 Ijroiya kengash (hukumat). Andorra Pireneyning Janubiy yon bag&#8217;rida, Valira daryosi (Ebro havzasi) va uning irmoqlari vodiysida joylashgan. Muzliklardan hosil bo&#8217;lgan ko&#8217;llar bor. Iqlimi subtropik, yiliga 1000-2000 millimetr yog&#8217;in yog&#8217;adi. Tog&#8217;lari Dub, Buk va Archapixta o&#8217;rmonlari bilan qoplangan, baland Alp va Alp o&#8217;tloqlari bor. Andorra xo&#8217;jaligining asosiy tarmoqlari \u2014 qo&#8217;ychilik va dehqonchilik. Arpa, javdar, kartoshka, sabzavot, uzum, tamaki yetishtiriladi. Oziq-ovqat sanoatining kichikroq korxonalari, GESlar, xunarmandchilik ustaxonalari bor. Chet el turizmi katta daromad keltiradi. Har yili mamlakatga 13 millionga yaqin sayyoh kelib ketadi. Andorradan chetga jun, pista ko&#8217;mir chiqariladi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari keltiriladi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 15 ming AQSh dollariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Maktab ta&#8217;limi \u2014 frantsuz yoki ispancha tizimda. &#171;Diari D&#8217;Andorra&#187;\u2014 katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991 yilda asos solingan. &#171;Poble Andorra&#187; (&#171;Andorra xalqi&#187;) \u2014 katalon tilidagi haftanoma, 1974 yilda asos solingan. &#171;Andorra radiosi&#187; 1984 yildan buyon ishlaydi. &#171;Antenna-7&#187; deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, Arab (8-10-asrlar) va roman (12\u2014 16-asrlar) me&#8217;morligi obidalari bor. Muomalada \u2014 frantsuz franki va ispan peseti.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANDORRA (ispancha Andorra, Fransuzcha andorre), Andorra knyazligi \u2014 Yevropaning Janubi-g&#8217;arbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Frantsiya bilan Ispaniya oralig&#8217;ida joylashgan. Maydoni 465 km2, aholisi 64,5 ming kishi (1996). Poytaxti \u2014 Andorrala-Velya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/andorra\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8256,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-8739","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8739","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8739"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8739\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8744,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8739\/revisions\/8744"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8256"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8739"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8739"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8739"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}