{"id":8808,"date":"2021-11-09T12:11:21","date_gmt":"2021-11-09T09:11:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8808"},"modified":"2025-10-30T12:37:46","modified_gmt":"2025-10-30T09:37:46","slug":"omon-matjon-1943-2020-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/omon-matjon-1943-2020-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Omon Matjon (1943-2020) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani \u2014 2020.29.10, Toshkent) \u2014 O\u2018zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). G\u2018afur G\u2018ulom nomidagi Adabiyot va san\u2019at nashriyotida muharrir, bo\u2018lim mudiri (1969-85), \u00abYoshlik\u00bb jurnalida bosh muharrir (1985-91), O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas\u2019ul xodim (1991-94), O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo\u2018mitasida rais o\u2018rinbosari (1994-99), \u00abCho\u2018lpon\u00bb nashriyotida direktor (1999-2001), 2001 yildan \u00abGulxan\u00bb jurnali bosh muharriri bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>She\u2019rlari 1965 yildan boshlab e\u2019lon qilina boshlagan. Shoirning \u00abKarvon qo\u2018ng\u2018irog\u2018i\u00bb (1973), \u00abQuyosh soati\u00bb (1974), \u00abYonayotgan daraxt\u00bb (1976), \u00abYarador chaqmoq\u00bb (1977), \u00abSeni yaxshi ko\u2018raman\u00bb (1981), \u00abDaraxtlar va giyohlar\u00bb (1984), \u00abO\u2018rtamizda birgina olma\u00bb (1990), \u00abOdamning soyasi quyoshga tushdi\u00bb (1991), \u00abQush yo\u2018li\u00bb (1993), \u00abIymon yog\u2018dusi\u00bb (1994), \u00abArdaxiva\u00bb (2000), \u00abXoja Ahror ziyoratlari\u00bb (2002) va boshqa she\u2019riy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, o\u2018zi tug\u2018ilib o\u2018sgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustuvorlik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Omon Matjon lirik she\u2019rlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining o\u2018ziga xos badiiy talqini \u2014 \u00abHaqqush qichqirig\u2018i\u00bb (40 afsona, 1979) she\u2019rlar kitobini, istiqlol arafasidagi sho\u2018rolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bag\u2018ishlangan \u00abGaplashadigan vaqtlar\u00bb (1986) qissasini, shuningdek, o\u2018zbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari (\u00abPahlavon Mahmud\u00bb, 1975; \u00abBeruniy\u00bb, 1977 va b.) ni yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abMing bir yog\u2018du\u00bb (1982) asari Navoiy \u00abXamsa\u00bbsi ta\u2019sirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida o\u2018tmishda yashab ijod qilgan o\u2018lmas siymolar hayoti va hozirgi davr muammolarini tasvirlashda liro-epik she\u2019riyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. O\u2018zbek she\u2019riyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik she\u2019riyatni epik she\u2019riyat unsurlari bilan boyitgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hamza nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) (1943.14.2, Xorazm viloyati Yangibozor tumani \u2014 2020.29.10, Toshkent) \u2014 O\u2018zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). G\u2018afur G\u2018ulom nomidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/omon-matjon-1943-2020-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8814,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8808","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8808","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8808"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8808\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163618,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8808\/revisions\/163618"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8814"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8808"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8808"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8808"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}