{"id":8842,"date":"2021-11-09T12:31:57","date_gmt":"2021-11-09T09:31:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8842"},"modified":"2025-10-30T12:45:31","modified_gmt":"2025-10-30T09:45:31","slug":"parda-tursun-1909-1957-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/parda-tursun-1909-1957-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Parda Tursun (1909-1957) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asrning 30-50-yillarida ko\u2018zga ko\u2018ringan yozuvchilardan biri Parda Tursundir. U 1909 yil 7 noyabrda Namangan viloyati, Pop tumanidagi Chorkesar qishlog\u2018ida dehqon oilasida tug\u2018ildi. Ota-onadan erta yetim qolgan Parda Tursun sarson-sargardonlikda hayot kechiradi. Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlog\u2018idan Toshkentga yetaklaydi. Kishilar eshigida xizmatkor bo\u2018lib kun kechiradi. Undagi ilmga tashnalik 1923\u20141927 yillarda tajriba ko\u2018rsatkich maktabiga, 1927\u20141928 yillarda Karl Marks nomli pedagogika bilim yurtiga olib keladi.&nbsp; So\u2018ngra, 30-yillar boshiga qadar Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi maktablarda o\u2018qituvchilik qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning adabiyotga qiziqishi xuddi shu davrdan boshlangan. 1929\u20141934 yillarda \u00abQizil O\u2018zbekiston\u00bb gazetasi sahifalarida ilk xabar va ocherklari chop qilingan. 1930 yilda uning \u00abZo\u2018rlik\u00bb nomli birinchi hikoyasi e\u2019lon qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>1934\u20141935 yillarga kelib adibning \u00abOstonada\u00bb, \u00abQo\u2018ldosh va Marusya\u00bb, \u00abBir xotinning tarixi\u00bb kabi hikoyalari yaratiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Parda Tursun ijodida uning \u00abDomla\u00bb (1937) hikoyasi muhim o\u2018rin tutadi. Mazkur hikoyaning syujet chizig\u2018i, aytish mumkinki, adibning qariyb barcha yirik asarlari sahifalariga ko\u2018chgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Parda Tursun 30-yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator hikoyalar, o\u2018nlab ocherklar yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning \u00abDadajon rais\u00bb (1932), \u00abYangi raislar\u00bb (1933), \u00abMajlisda\u00bb (1934), \u00abQuvnoq hayot\u00bb (1935), \u00abYaylovda\u00bb (1935), \u00abTraktorchi\u00bb (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib hikoyalarida bo\u2018lganidek, ocherklarida ham o\u2018zbek ziyolisining bosib o\u2018tgan yo\u2018li, kurashi haqida hikoya qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941\u20141945 yillarda adib Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Urushdan keyingi yillarda oliy o\u2018quv yurtlarida talaba, o\u2018qituvchi, nashriyotlarda muharrir bo\u2018lib faoliyat ko\u2018rsatadi. 1947 yili uning birinchi yirik asari \u2014 \u00abHaq yo\u2018l\u00bb nomli qissasi chop etiladi. Undagi bosh qahramon \u2014 Xolmurod Do\u2018stmatovning hayot yo\u2018li timsolida adib o\u2018zbek ziyolisining bosib o\u2018tgan mashaqqatli yo\u2018lini gavdalantiradi. U keyinroq \u00abO\u2018qituvchining yo\u2018li\u00bb nomi bilan chop etilgan. 1950 yillarda mazkur qissa qayta ishlanib, \u00abO\u2018qituvchi\u00bb nomi bilan roman sifatida nashr qilingan. Undagi bosh qahramon Elmurod obrazida o\u2018zbek ziyolisining hayoti va kurash yo\u2018li mujassamlantirilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Parda Tursun jurnalist va yozuvchi bo\u2018libgina qolmay, tarjimon ham edi. U Saltikov-Shchedrin, A. Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o\u2018zbek tiliga ag\u2018dargan.<\/p>\n\n\n\n<p>U 1957 yil 28 sentyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asrning 30-50-yillarida ko\u2018zga ko\u2018ringan yozuvchilardan biri Parda Tursundir. U 1909 yil 7 noyabrda Namangan viloyati, Pop tumanidagi Chorkesar qishlog\u2018ida dehqon oilasida tug\u2018ildi. Ota-onadan erta yetim qolgan Parda Tursun sarson-sargardonlikda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/parda-tursun-1909-1957-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8847,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8842","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8842","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8842"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8842\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163676,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8842\/revisions\/163676"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8847"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8842"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8842"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8842"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}