{"id":8870,"date":"2021-11-09T12:45:44","date_gmt":"2021-11-09T09:45:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8870"},"modified":"2025-10-30T12:43:34","modified_gmt":"2025-10-30T09:43:34","slug":"polkan-shoir-1874-1942-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/polkan-shoir-1874-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Po\u2018lkan shoir (1874-1942) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Atoqli xalq baxshisi, o\u2018zbek dostonchilik maktabi asoschilaridan biri Muhammad Jomurod o\u2018g\u2018li Po\u2018lkan 1874 yilda xozirgi Samarqand viloyatining Kattaqo\u2018rg\u2018on tumaniga qarashli Qatag\u2018on qishlog\u2018ida Mulla Jomurod xonadonida tavallud topgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammaddagi dostonchilikka mehr-muhabbat yuksakligini bilgan Qo\u2018rg\u2018on dostonchilik maktabi namoyondalaridan biri, mashhur Jassoq baxshi uni o\u2018ziga shogirdlikka qabul qiladi va 70 dan ortiq dostonlarni o\u2018rgatadi: \u00abGo\u2018ro\u2018g\u2018li\u00bb turkumidagi dostonlar, \u00abQironxon\u00bb, \u00abOrzigul\u00bb, \u00abAlpomish\u00bb, \u00abYodgor\u00bb, \u00abRustam\u00bb turkumi va b. U Jassoq baxshini 12-shogirdi hisoblanadi. Yosh Muhammadqul 25 yoshida xalq dostonchisi sifatida elga taniladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oktyabr inqilobidan keyin, Po\u2018lkan shoir ko\u2018plab hamyurtlari kabi sovuq Sibir o\u2018rmonlariga mardikorlikka safarbar qilinadi. Ma\u2019lumotlarga qaraganda Muhammadqul \u201cPo\u2018lkan\u201d taxallusini mardikorlikda yurgan paytida tanlagan. Bu jumla \u201cpolk\u201d so\u2018ziga \u201can\u201d qo\u2018shimchasi qo\u2018shiluvidan hosil bo\u2018lgan degan qarashlar bor. Boshqa ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra \u201cPo\u2018lkan\u201d qadimgi mo\u2018g\u2018ilchada \u201culug\u2018\u201d, \u201ckatta\u201d ma\u2019nolarini anglatadi. Baxshi shoir shu sababli bu so\u2018zni taxallus sifatida qabul qilgan bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Po\u2018lkan shoirning repertuarlari mavzu va janr jihatidan turli-tuman bo\u2018lib, ularda o\u2018zbek xalqining o\u2018tmishidagi hayoti, urf-odatlari, intilishi va orzu-umidlari ifodalangan. \u00abHasan batrak\u00bb (1927) dostonida o\u2018zbek mehnatkashlarining yer va suv haqidagi orzu-tilaklari, bu yo\u2018ldagi kurashi aks etgan. Po\u2018lkan kuylagan an\u2019anaviy dostonlar ham g\u2018oyaviy va badiiy yuksakligi bilan ajralib turadi. Po\u2018lkan ijodi o\u2018zbek folklori taraqqiyotida muhim bosqich bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet Ittifoqi paytida Po\u2018lkan shoir og\u2018zidan o\u2018ttizdan oshiq doston va termalar yozib olingan. Uning o\u2018zi esa yangi joriy qilingan kirill imlosini yaxshi bilmagani uchun savodsiz deb hisoblangan. Aslida Po\u2018lkan xatirchilik shayxdan Qur\u2019oni Karimnini o\u2018rgangan hamda islom dinini va falsafasini yaxshi bilgan ilmli kishi bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Sobiq sho\u2018ro zamonida Po\u2018lkan shoirning sovet tuzumini madh etuvchi asarlari qayta-qayta chop etilgan, uning o\u2018zi esa 1942 yilda Stalin qatag\u2018oniga uchrab, Kattaqo\u2018rg\u2018on qamoqxonasiga qamalgandan so\u2018ng, oradan ko\u2018p vaqt o\u2018tmay sil kasalligi tufayli vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atoqli xalq baxshisi, o\u2018zbek dostonchilik maktabi asoschilaridan biri Muhammad Jomurod o\u2018g\u2018li Po\u2018lkan 1874 yilda xozirgi Samarqand viloyatining Kattaqo\u2018rg\u2018on tumaniga qarashli Qatag\u2018on qishlog\u2018ida Mulla Jomurod xonadonida tavallud topgan. Muhammaddagi dostonchilikka mehr-muhabbat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/polkan-shoir-1874-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8874,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8870","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8870","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8870"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8870\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163658,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8870\/revisions\/163658"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8874"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8870"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8870"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8870"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}