{"id":88998,"date":"2023-07-01T14:34:28","date_gmt":"2023-07-01T11:34:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=88998"},"modified":"2023-07-01T14:34:32","modified_gmt":"2023-07-01T11:34:32","slug":"iudaizm-yahudiylik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/iudaizm-yahudiylik\/","title":{"rendered":"Iudaizm, yahudiylik"},"content":{"rendered":"\n<p>Iudaizm, yahudiylik-asosan, yahudiylar o\u2019rtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri. Miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston yarimorolining shimolida ko\u2019chib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Falastinni bosib oldilar va miloddan avvalgi X asrda Isroil-Yahudiya davlatini tuzdilar. Iudaizm ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqlarining ayrim e\u2019tiqodlarini o\u2019zida mujassamlashtirgan. Iudaizm nomi Yahudo (Iuda) qabilasining nomidan olingan. Dastlab Iudaizm ko\u2019pxudolik (politeistik) dini bo\u2019lgan. Miloddan avvalgi X-VI asrlarda Iudaizm yakkaxudolik (monoteistik) dinga aylangan. Olamni yaratuvchi xudo. Yaxvega e\u2019tiqod qilish, Yaxve va yahudiylar o\u2019rtasida ahd (shartnoma)ga shakl keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey)ning payg\u2019ambarligiga va unga ilohiy kitob-Tavrot yuborilganiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirilishiga, jannat va do\u2019zaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning rag\u2019batlantirilishiga ishonish Iudaizmning asosiy aqidalaridir. Iudaizm dinida xilma-xil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, ro\u2019za-tutish, xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiqlar, shanba kuni hech qanday ish bilan shug\u2019ullanmaslik, diniy soliqlar va yig\u2019imlar kabi talablar juda qatiy qilib qo\u2019yilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iudaizm, yahudiylik-asosan, yahudiylar o\u2019rtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri. Miloddan avvalgi 1-mingyillik boshlarida Quddus (Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston yarimorolining shimolida ko\u2019chib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Falastinni bosib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/iudaizm-yahudiylik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[379],"tags":[],"class_list":["post-88998","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfiga-oid-tarixga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/88998","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=88998"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/88998\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":89020,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/88998\/revisions\/89020"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=88998"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=88998"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=88998"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}