{"id":8900,"date":"2021-11-09T13:00:07","date_gmt":"2021-11-09T10:00:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8900"},"modified":"2025-10-30T12:50:54","modified_gmt":"2025-10-30T09:50:54","slug":"sadriddin-ayniy-1878-1954-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sadriddin-ayniy-1878-1954-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Sadriddin Ayniy (1878-1954) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>XX asr o\u2018zbek va tojik adabiyotlariga ulkan hissa qo\u2018shgan atoqli adib, olim va jamoat arbobi Sadriddin Ayniy Buxoro amirligiga qarashli G\u2018ijduvon tumanining Soktare qishlog\u2018ida 1878 yilning 15 aprelida dunyoga kelgan. Olti yoshidan maktabga qatnay boshlagan. Sadriddin 1890 yilda Buxoroga kelib, Mir Arab, Badalbek, Olimxon madrasalarida ta\u2019lim olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Madrasani tugatgach, yangi usul maktablarida muallimlik qilgan. Sadriddin Ayniyning adabiy faoliyati o\u2018tgan asrning 90-yillarida she\u2019r yozish bilan boshlangan. Uning birinchi asari \u00abGuli surx\u00bb \u2014 \u00abQizil gul\u00bb 1897 yili yaratilgan. Shundan so\u2018ng maktablar uchun \u00abTahsib us-siyobon\u00bb \u2014 \u00abBolalar tarbiyasi\u00bb nomli o\u2018qish kitobini (1909) tuzib, nashr ettirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1917 yil fevral inqilobidan keyin Markaziy Osiyoning turli shaharlarida istiqlol uchun kurash harakatlari boshlanib ketdi. S. Ayniy amirlikka qarshi kurashgani uchun zindonga tashlandi. U Oktyabr to\u2018ntarishi yillarida o\u2018zbek va tojik tillarida da\u2019vatkor she\u2019rlar, marshlar yaratib, ularni \u00abInqilob uchqunlari\u00bb (1923) to\u2018plamida nashr etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yozuvchi \u00abBuxoro jallodlari\u00bb (1922) qissasida amir-amaldorlarning dahshatli jabr-zulmini, gunohsiz kishilarni o\u2018rta asr qiynoqlari bilan qatl etishlarini, \u00abOdina\u00bb (1927) qissasida esa mehnatkash xalqning og\u2018ir qismati va fojeali hayotini jonli tasvirlab berdi.<\/p>\n\n\n\n<p>S. Ayniyning dastlabki \u00abQullar\u00bb romani 1934 yilda Toshkentda o\u2018zbek tilida, 1935 yilda esa Dushanbeda tojik tilida nashr qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abQullar\u00bb romanining bosh qahramoni tarixni harakatga keltiruvchi kuch \u2014 xalq va uning sodiq farzandlaridir, degan xulosaga yetaklaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Tarixning ma\u2019lum bir davrini qamrab olgan bu roman xalq tarixini, uning hayoti va kurashini realistik aks ettirgan. Biroq \u00abQullar\u00bb romanining so\u2018nggi, beshinchi qismidagi jamoa xo\u2018jaligi qurilishi yillari tasvirida jindak tarixdan chetga chekinish ham yo\u2018q emas. Chunki romanda davrning ijobiy tomonlari bo\u2018rttirib ko\u2018rsatilgani holda Sho\u2018ro hukumatining jamoalashtirish siyosati xaspo\u2018shlab o\u2018tilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>S. Ayniyning \u00abSudxo\u2018rning o\u2018limi\u00bb (1937) qissasidagi bosh qahramon Qori Ishkamba jahon adabiyotidagi Plyushkin yoki Gobsek kabi mumtoz obrazlar bilan bir qatorda turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi jahon urushi yillarida S. Ayniy \u00abMarshi intiqom\u00bb, \u00abMuqanna qo\u2018zg\u2018oloni\u00bb, \u00abTemur Malik\u00bb kabi vatanparvarlik ruhidagi ilmiy va badiiy asarlarini yaratdi. U xalq ijodidan, folklor asarlaridan keng foydalangan holda \u00abEtti boshli dev\u00bb asarini ham yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>S. Ayniyning urushdan keyingi tiklanish yillarida yaratgan asarlari orasida to\u2018rt jilddik \u00abEsdaliklar\u00bbi (1949 \u2014 1954) alohida ajralib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>S. Ayniyning \u00abEsdaliklar\u00bb, \u00abSudxo\u2018rning o\u2018limi\u00bb, shuningdek, \u00abDoxunda\u00bb va \u00abQullar\u00bb romanlari bolgar, nemis, polyak, venger, xitoy, frantsuz, rumin, hind, chex va boshqa tillarga tarjima qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>S. Ayniy o\u2018zbek va tojik adabiyoti tarixi yuzasidan katta ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Uning o\u2018rta osiyolik buyuk shoir va olimlar \u2014 Rudakiy, Sa\u2019diy, Ibn Sino, Vasfiy, Bedil, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi siymolar haqida yozgan ilmiy asarlari nihoyatda qimmatli. Unga filologiya fanlari doktori (1948), professor (1950) ilmiy darajasi, Tojikistonda xizmat ko\u2018rsatgan fan arbobi (1940) unvoni berilgan. Adib O\u2018zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy a\u2019zosi (1943) hamda Tojikiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a\u2019zosi va birinchi prezidenti (1951\u201454) qilib saylangan. Bir necha yillar davomida Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat dorilfununining professori va Tojikiston fanlar Akademiyasi tashkil topgan kundan boshlaboq uning Prezidenti sifatida xizmat qilgan. U 1954 yilning 15 iyunida Dushanbe shahrida vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XX asr o\u2018zbek va tojik adabiyotlariga ulkan hissa qo\u2018shgan atoqli adib, olim va jamoat arbobi Sadriddin Ayniy Buxoro amirligiga qarashli G\u2018ijduvon tumanining Soktare qishlog\u2018ida 1878 yilning 15 aprelida dunyoga kelgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/sadriddin-ayniy-1878-1954-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8905,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8900","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8900","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8900"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8900\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163703,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8900\/revisions\/163703"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8905"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8900"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8900"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8900"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}