{"id":8908,"date":"2021-11-09T13:03:14","date_gmt":"2021-11-09T10:03:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8908"},"modified":"2025-10-30T12:50:49","modified_gmt":"2025-10-30T09:50:49","slug":"said-ahmad-1920-2007-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/said-ahmad-1920-2007-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Said Ahmad (1920-2007) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad Husanxo\u2018jayev 1920 yil 10 iyunda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939 yili o\u2018rta maktabni, 1943 yili esa oliy o\u2018quv yurtini tugatdi. Adabiyot darslari va to\u2018garaklarida ijodga bo\u2018lgan havasi ortib, qo\u2018liga qalam ushlagan. Vaqtli matbuot esa uning ijod dorilfununi bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Said Ahmad dastlab \u00abMushtum\u00bb jurnalida, Radio komitetida (1942\u20141943), \u00abQizil O\u2018zbekiston\u00bb gazetasi (1943\u20141947), \u00abSharq yulduzi\u00bb jurnalida (1948\u20141950) ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning birinchi hikoyalar to\u2018plami \u00abTortiq\u00bb 1940 yilda nashr etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush va urushdan so\u2018nggi yillarda Said Ahmad ko\u2018plab fel\u2019eton, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning \u00abEr yurak\u00bb (1942), \u00abFarg\u2018ona hikoyalari\u00bb (1948), \u00abMuhabbat\u00bb (1949) kabi to\u2018plamlari nashr etilgan. U \u00abXazina\u00bb, \u00abHayqiriq\u00bb, \u00abRahmat, azizlarim\u00bb kabi hikoyalarida Ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug\u2018laydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Adib hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G\u2018afur G\u2018ulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi lakonizmi mujassamdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta\u2019sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy tasvirlarning xilma-xilligiga erishishga intiladi. \u00abCho\u2018l burguti\u00bb, \u00abO\u2018rik domla\u00bb, \u00abLochin\u00bb, \u00abOdam va bo\u2018ri\u00bb, \u00abBo\u2018ston\u00bb, \u00abTo\u2018yboshi\u00bb kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o\u2018zbek nasrida ham yangilik bo\u2018lgan. Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy zamondoshlarimizdir. Yozuvchi \u00abTog\u2018 afsonasi\u00bb, \u00abZumrad\u00bb, \u00abMuhabbatning tug\u2018ilishi\u00bb, \u00abKo\u2018zlaringda o\u2018t bor edi\u00bb, \u00abPoyqadam\u00bb, \u00abAlla\u00bb, \u00abIqbol chiroqlari\u00bb asarlarida hayotiy xarakterlar yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Said Ahmad o\u2018zining hajviy hikoyalarida taraqqiyo-timizga to\u2018siq bo\u2018layotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, muhim ma\u2019naviy masalalarni o\u2018rtaga qo\u2018yadi. Uning \u00abXanka va Tanka\u00bb, \u00abLampa shisha\u00bb kabi o\u2018nlab hajviyalari fikrimizning dalilidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o\u2018zbek radio va televideniyesida quvnoq miniatyuralar teatriga asos solgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Said Ahmad hikoyalardan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o\u2018tdi. 1949 yilda chop etilgan \u00abQadrdon dalalar\u00bb va \u00abHukm\u00bb (1958) qissalaridan keyin yaratgan \u00abUfq\u00bb romanida (1964) Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o\u2018zbek dehqonlarining front orqasida ko\u2018rsatgan mehnat qahramonliklarini hikoya qildi. \u00abUfq\u00bb trilogiya bo\u2018lib, yozuvchi unda urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. \u00abJimjitlik\u00bb (1988) romanida esa turg\u2018unlik davri illatlarini fosh etishga intiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018nggi yillarda uning \u00abXandon pista\u00bb (1994), \u00abBir o\u2018pichning bahosi\u00bb (1995) kabi hajviy hikoyalar to\u2018plamlari chop etildi. Shuningdek, u Oybek, G\u2018. G\u2018ulom, A. Qahhor, M. Shayxzoda, Shuhrat, Mirtemir va S. Zunnunovalar haqida xotira ocherklari yaratgan bo\u2018lib, ular to\u2018plam holida nashr etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>S. Ahmad dramaturg sifatida ham tanilgan. U \u00abKelinlar qo\u2018zg\u2018oloni\u00bb, \u00abKuyov\u00bb kabi sahna asarlarining muallifidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Said Ahmad ham qatag\u2018on davrining ikkinchi to\u2018lqiniga duchor bo\u2018lgan, lager azoblarini tortgan ijodkordir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad Husanxo\u2018jayev 1920 yil 10 iyunda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939 yili o\u2018rta maktabni, 1943 yili esa oliy o\u2018quv yurtini tugatdi. Adabiyot &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/said-ahmad-1920-2007-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8912,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8908","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8908","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8908"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8908\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163701,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8908\/revisions\/163701"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8912"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8908"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8908"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8908"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}