{"id":8917,"date":"2021-11-09T13:16:09","date_gmt":"2021-11-09T10:16:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8917"},"modified":"2025-10-30T12:49:08","modified_gmt":"2025-10-30T09:49:08","slug":"saidahmadxoja-siddiqiy-ajziy-1864-1927-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saidahmadxoja-siddiqiy-ajziy-1864-1927-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Saidahmadxo\u2018ja Siddiqiy \u2013 Ajziy (1864-1927) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Milliy uyg\u2018onish davrining yirik vakillaridan biri, shoirb tarjimon Saidahmad Hasanxo\u2018ja o\u2018g\u2018li Siddiqiy \u2014 Ajziy 1864 yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlog\u2018ida hunarmand oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib, bobosi qo\u2018lida voyaga yetdi. Yangasi qo\u2018lida savod chiqardi. Keyin Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsilni davom ettirdi. Sharq klassik adabiyotini qunt bilan o\u2018rganadi, arab, fors, ozarbayjon va keyinchalik rus tilini o\u2018zlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>1880 yillardan o\u2018zi ham an\u2019anaviy usuldagi she\u2019rlar mashq qila boshladi. Biroq zamonasining buyuk kishilaridan biri sifatida e\u2019tirof etilishiga uning ma\u2019rifatchilik faoliyati va ijodi sababdir.<\/p>\n\n\n\n<p>1901 yil haj safariga otlanadi. Bir qator Sharq mamlakatlarida bo\u2018lib, islom dunyosidagi yangiliklar bilan tanishadi, bir necha muddat Jiddada Rusiya elchixonasida tilmochlik qiladi. So\u2018ng Moskva, Peterburg shaharlarini aylanib, Tiflisga o\u2018tadi. Nihoyat Samarqandga qaytib, 1903 yil Halvoyi qishlog\u2018ida yangi maktab ochadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoir keyingi butun hayotini ana shu muqaddas ishga sarf etdi. O\u2018zi ochgan maktabda tabiiy fanlar, arab hamda rus tillaridan saboq berdi, darsliklar tuzdi. L. Tolstoy hikoyalarini, Krilov masallarini, Gogolning \u00abShinel\u00bb povestini o\u2018zbek va tojik tillariga tarjima qilgan (1908\u201410). Darslik yozib, tarjimalaridan namunalar kiritgan. \u00abAyn ul-adab\u00bb (\u00abOdob chashmasi\u00bb, 1916), \u00abGanjinai hikmat\u00bb (\u00abHikmat xazinasi\u00bb, 1914) kabi she\u2019riy to\u2018plamlari, \u00abMir\u2019oti ibrat\u00bb (\u00abIbrat oynasi\u00bb, 1914), \u00abAnjumani arvoh\u00bb (\u00abArvohlar yig\u2018ini\u00bb, 1912) dostonlari nashr qilindi. \u00abMir\u2019oti ibrat\u00bbda Turkistonning o\u2018sha davrdagi fojiali ahvoli va undan qutulish choralari haqida bahs yuritgan. Ilm-fan, davlat, til, qonun \u2014 bularsiz hech bir millatning istiqboli yo\u2018q, bu to\u2018rt narsani qo\u2018lga kiritmagan millat halokatga mahkumdir, deydi. \u00abAnjumani arvoh\u00bbda esa xonlikdagi turg\u2018unlik tanqid qilingan. She\u2019rlari chuqur falsafiy mazmuni, ijtimoiy-siyosiy mushohadalari, Fuzuliy va Bedilona uslubi bilan ajralib turadi. U milliy uyg\u2018onish davrining barcha shoirlari singari keng ommani ma\u2019rifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Siddiqiy vaqtli matbuot nashrlarida ham faol ishtirok etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Vatan, ilm-ma\u2019rifatga bag\u2018ishlangan maqolalari bilan Qozon, Orenburg va Kavkazdagi nashrlarda ham qatnashdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Siddiqiy 1917 yil fevral inqilobidan keyin ijtimoiy harakatda bevosita ishtirok etdi. 1918\u201421 yilda Viloyat Adliya komissari lavozimida ishladi. 1922 yildan yana o\u2018qituvchilikka qaytgan. Samarqandda o\u2018zbek va tojik tillaridagi \u00abMashrab\u00bb, \u00abMulla Mushfiqiy\u00bb kabi hajviy jurnallarni, \u00abZarafshon\u00bb gazetasini chiqarishda faol ishtirok etgan. \u00abMayna\u00bb, \u00abGinagina\u00bb, \u00abShashpar\u00bb, \u00abTir\u00bb, \u00abGumnom\u00bb, \u00abOlmos\u00bb imzolari bilan hajviy asarlar yozgan. Ularda sho\u2018ro tuzumida yuz berayotgan o\u2018zgarishlarni xushlamaslik, kelajakdan xavotirlanish kayfiyatlari seziladi. 1903 yilda Halvoyi qishlog\u2018ida shoirning o\u2018zi qurdirgan maktab hali ham bor, hozir uning nomida. U O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan o\u2018qituvchi (1926).<\/p>\n\n\n\n<p>Siddiqiy 1926 yili qattiq kasallanib, 1927 yilning iyul oyida Samarqandda vafot etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Milliy uyg\u2018onish davrining yirik vakillaridan biri, shoirb tarjimon Saidahmad Hasanxo\u2018ja o\u2018g\u2018li Siddiqiy \u2014 Ajziy 1864 yil Samarqand viloyatining Jomboy tumani Halvoyi qishlog\u2018ida hunarmand oilasida tavallud topdi. Yoshligida otasi vafot etib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saidahmadxoja-siddiqiy-ajziy-1864-1927-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8922,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8917","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8917","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8917"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8917\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163690,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8917\/revisions\/163690"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8922"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8917"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8917"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8917"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}