{"id":8934,"date":"2021-11-09T13:41:06","date_gmt":"2021-11-09T10:41:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=8934"},"modified":"2025-10-30T12:49:00","modified_gmt":"2025-10-30T09:49:00","slug":"saidrizo-alizoda-1887-1945-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saidrizo-alizoda-1887-1945-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Saidrizo Alizoda (1887-1945) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Saidrizo Alizoda 1887 yil 15 fevralda Samarqandda tavallud topgan. Otasi hoji mir Maxsum eronlik bo\u2018lib, 1882 yilda Xurosondan Buxoroga, so\u2018ngroq Samarqandga ko\u2018chib kelgan. Saidrizo Alizoda olti yil Samarqandda madrasa tahsilini olgan, bir muddat otasiga gilam sotishda yordamlashib turgan, bir rus zobiti bilan tanishib qolib, uning maslahati, ko\u2018magi bilan Demurov bosmaxonasiga harf teruvchi bo\u2018lib ishga kirgan, xuddi shu kasb uni matbuotga oshno qilgan, unga bir umr sodiq qolgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Saidrizo Alizoda o\u2018zbek, tojik, rus tillarida matbuotga xat, maqolalar yozib turadi, \u00abSamarqand\u00bb gazetasi, \u00abOyina\u00bb jurnalida Behbudiyning yaqin hamkori bo\u2018ladi,&nbsp; \u00abTelegraf xabarlari\u00bb nomli varaqani o\u2018zbek tilida o\u2018z hisobidan chiqaradi (1914), \u00abSharq\u00bb gazetasiga muharrirlik, \u00abHurriyat\u00bb gazetasida tarjimon va muxbirlik (1917), 1922 yildan \u00abZarafshon\u00bb gazetasida bo\u2018limga mudirlik qiladi, \u00abOvozi tojik\u00bb gazetasi asoschilaridan biri bo\u2018ladi, unga mas\u2019ul kotiblik qiladi. 1919 yili o\u2018sha davr ruhiga mos \u00abSharq mash\u2019ali\u00bb nomida haftalik jurnal tashkil etadi va uni boshqaradi. Forsi va tojik tillarida nashr etilgan, adadi 4 ming nusxaga yaqin bo\u2018lgan ushbu majalla O\u2018rta Osiyo, Kavkazortidan tashqari, Afg\u2018oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, bir qancha arab mamlakatlariga tarqalgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>S.Alizoda \u00abTurkis\u00adton xabarlari\u00bb, \u00abKambag\u2018allar o\u2018qi\u00bb, \u00abHurriyat\u00bb, \u00abMehnatkashlar tovushi\u00bb, \u00abBuxoroi sharif\u00bb, \u00abTuron\u00bb, \u00abSamarqand ovozi\u00bb, gazetalari, \u00abMashrab\u00bb,\u00bbMulla Mushfiqiy\u00bb jurnallarida tez-tez chiqib turgan. Tanqidiy maqolalari, feletonlari Bahlul, Zambur, Ranjbar, Bog\u2018ishamoliy, Shapaloq, S.A. kabi taxalluslar (jami 20 tacha) ostida bosilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda kambag\u2018al dehqon farzandlari uchun maktab ochib, muallimlik qiladi, \u00abSarfi arab\u00bb, \u00abTurkiy alifbo\u00bb, \u00abTarix\u00bb, \u00abJug\u2018rofiya\u00bb, \u00abRiyoziyot\u00bb, \u00abXandasa\u00bb, \u00abTabiat\u00bb, \u00abDin vojiblari\u00bb, \u00abNizomnoma\u00bb, \u00abBadan tarbiyasi\u00bb, \u00abIlmi fazo\u00bb nomli o\u2018n bitta darslik tuzadi; o\u2018zbek maktablari uchun&nbsp; \u00abBirinchi yil\u00bb nomli alifbo yozib, bepul tarqatadi, tojik tilida \u00abSarf va nahv\u00bb (1924), o\u2018zbek tilida \u00abHosilot\u00bb (1926) kitoblarini yozib chop ettiradi, Samarqandda yashaydigan ruslar uchun kechki kurslar ochib, o\u2018zbek va fors-tojik tillari o\u2018qitadi,&nbsp; mutafakkir Abdulla Shoiq bilan yangi ozarbayjon alifbosini tuzadi, 2 jildlik ruscha-tojikcha lug\u2018at tuzib (1933-1934) nashr ettiradi, 1933-1937 yillarda SamDUda arab va fors tillaridan o\u2018qituvchilik qiladi, Hamid Olimjon, O\u2018tkir Rashid kabi shoirlarga dars beradi, jurnalist Sharof Rashidov, faylasuf Ibrohim Mo\u2018minovlar bilan muloqotda bo\u2018ladi. Lohurdan mehmon bo\u2018lib kelgan Mirmuhammad Garmoni Afg\u2018on degan noshirni bir necha kun mehmon qilib, unga \u00abMarosilot\u00bb, \u00abTurkiston tarixi\u00bb, \u00abRusiya tarixi\u00bb,\u00bbUmumiy yevropa tarixi\u00bb, \u00abIslom tarixi\u00bb, \u00abIslom aqidalari\u00bb, \u00abFazo ilmi\u00bb kitoblarini, \u00abSaodat asri\u00bb nomli romani va tarjima&nbsp; asarlarini ishonib topshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bolsheviklar hukumatining so\u2018zi bilan ishi bir joydan chiqmayotganini ko\u2018rib, bilib, xavfsirab yurgan mutafakkir asarlari bu yerda chiqmasligiga, yo\u2018qotib yuborilishi ehtimoliga ko\u2018zi yetgani (qamalganidan ke\u00adyin shunday bo\u2018ldi ham) uchun shunday qilgan bo\u2018lsa kerak deb o\u2018ylaging keladi. Afg\u2018on noshiriga berilgan kitoblar taqdiri uzoq vaqt noma\u2019lum bo\u2018lib keldi, faqat keyinchalik ular 1923-1933 yillarda Lohurda chop etilgani ma\u2019lum bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>S. Alizoda \u00abKapitan qizi\u00bb, \u00abBoris Godunov\u00bb, \u00abDubrovskiy\u00bb, \u00abEvgeniy Onegin\u00bb, \u00abTirilish\u00bb, \u00abRevizor\u00bb, \u00abOchilgan qo\u2018riq\u00bb, \u00abSement\u00bb, \u00abPo\u2018lat qanday toblandi\u00bb asarlarini ruschadan o\u2018zbek, fors, tojik tillariga o\u2018giradi,&nbsp; frantsuzchadan Moler, Mopassan, inglizchadan Epton asarlari tarjimasiga qo\u2018l uradi. (Qur\u2019oni karimning ayrim oyatlarini farangi tilga o\u2018girgani haqida ham ma\u2019lumotlar bor). Ibn Sino, Firdavsiy, Nizomiy, Fuzuliy, Navoiy asarlaridan rus tiliga tarjimalari ham tahsinga loyiq ish edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Saidrizo Alizoda 1937 yil dekabrida siyosiy chaquv natijasida hibsga olinadi, 8 yil Samarqand-Toshkent-Tobolsk-Vladimir turmalarida o\u2018tirib, 1945 yil 24 dekabrida sil kasaldan vafot etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Saidrizo Alizoda 1887 yil 15 fevralda Samarqandda tavallud topgan. Otasi hoji mir Maxsum eronlik bo\u2018lib, 1882 yilda Xurosondan Buxoroga, so\u2018ngroq Samarqandga ko\u2018chib kelgan. Saidrizo Alizoda olti yil Samarqandda madrasa tahsilini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/saidrizo-alizoda-1887-1945-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8937,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-8934","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8934","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8934"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8934\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163686,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8934\/revisions\/163686"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8937"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8934"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8934"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8934"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}