{"id":9046,"date":"2021-11-09T15:19:54","date_gmt":"2021-11-09T12:19:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9046"},"modified":"2025-10-30T13:14:27","modified_gmt":"2025-10-30T10:14:27","slug":"turob-tola-1918-1990-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turob-tola-1918-1990-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Turob To\u2018la (1918-1990) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qo\u2018shiqchi shoir va dramaturg Turob To\u2018la 1918 yil 24 dekabr kuni Qozog\u2018iston respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlog\u2018ida dehqon oilasida tug\u2018ilib, bolalar uyida tarbiyalandi. 1933\u20141941 yillarda Toshkent pedagogika institutining kechki bo\u2018limida tahsil oldi. Shu bilan birga, \u00abYosh kuch\u00bb jurnali, \u00abYosh leninchi\u00bb gazetalarida ishladi.&nbsp; So\u2018ngra O\u2018zbekiston Davlat nashriyotida muharrir, O\u2018zbekiston Radiosida bo\u2018lim boshqaruvchisi, \u00abO\u2018zbekfilm\u00bb kinostudiyasida adabiy bo\u2018lim mudiri, Respublika kinochilar uyushmasi kotibi, San\u2019at ishlari boshqarmasining boshlig\u2018i, Hamza nomidagi Akademik drama teatri direktori, O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot targ\u2018iboti markazining rahbari kabi bir qancha mas\u2019ul lavozimlarda faollik ko\u2018rsatdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Turob To\u2018la she\u2019r yozishni 1934 yillardan boshlagan. 1939 yilda uning birinchi she\u2019rlar to\u2018plami bosilgan. 1941\u20141945 yillarda uning harbiy mavzudagi she\u2019rlari xalqimizning fashizmga nafratini va vatanga bo\u2018lgan mehr-muhabbatini ifodaladi. Shoirning \u00abShodligim\u00bb (1941), \u00abTabassum\u00bb (1944) to\u2018plamlaridagi she\u2019rlari ham qahramon jangchilarga bag\u2018ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Turob To\u2018laning \u00abBaxt tongotari\u00bb (1948), \u00abSen haqingda\u00bb, \u00abQanot qoqing, qo\u2018shiqlarim\u00bb, \u00abKamalak\u00bb, \u00abNafosat\u00bb to\u2018plamlari ko\u2018pgina she\u2019r va dostonlarni o\u2018z ichiga olgan. U \u00abBolalar dostoni\u00bb (1950) nomli asarida maktab va do\u2018stlik haqida hikoya qiladi. 1955 yilda Turob To\u2018la \u00abQanot qoqing, qo\u2018shiqlarim\u00bb she\u2019rlar to\u2018plamini o\u2018quvchilariga taqdim etdi. Uning qo\u2018shiq uchun yozilgan yoqimli, jarangdor she\u2019rlari zamonamiz kishilarining yuragiga hamohangdir. U qo\u2018shiqchi shoir sifatida, ayniqsa, mashhur bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Bir qancha kinoqissalar, jumladan, \u00abRais\u00bb, \u00abMarg\u2018ilonlik qiz\u00bb, \u00abTalant\u00bb, \u00abMaftuningman\u00bb, \u00abFurqat\u00bb, \u00abShashmaqom\u00bb, \u00abTo\u2018qqizinchi asr monologi\u00bb, \u00abQahr\u00bb filmlari stsenariysi Turob To\u2018la qalamiga mansubdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Turob To\u2018la dramaturg sifatida ham mashhur bo\u2018lib, uning \u00abQirq qiz\u00bb, \u00abQizbuloq\u00bb, \u00abMomo yer\u00bb (Ch. Aytmatov asari asosida), \u00abNodirabegim\u00bb, \u00abQahr\u00bb pesalari respublika teatrlarida qo\u2018yildi. Shuningdek, u \u00abZulmatdan nur\u00bb (Oybekning \u00abQutlug\u2018 qon\u00bb romani asosida) operasi hamda \u00abSamarqand afsonasi\u00bb baletining librettolarini yozgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan san\u2019at arbobi, O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi Turob To\u2018la o\u2018z she\u2019rlari, qo\u2018shiqlari, muzikali dramalari va kinostsenariyalari bilan o\u2018zbek kitobxonlari va tomoshabinlari qalbidan chuqur joy olgan.<\/p>\n\n\n\n<p>U Shekspirning \u00abQiyiq qizning quyulishi\u00bb komediyasi, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A. Nekrasov, T. Shevchenko, A. To\u2018qay, S. Muqonov asarlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>U O\u2018zbekiston xalq shoiri (1988). O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan san\u2019at arbobi (1967).<\/p>\n\n\n\n<p>Turob To\u2018la 1990 yil 20 mart kuni Toshkent shahrida olamdan o\u2018tgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qo\u2018shiqchi shoir va dramaturg Turob To\u2018la 1918 yil 24 dekabr kuni Qozog\u2018iston respublikasi Chimkent viloyatiga qarashli Turbat qishlog\u2018ida dehqon oilasida tug\u2018ilib, bolalar uyida tarbiyalandi. 1933\u20141941 yillarda Toshkent pedagogika institutining kechki &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/turob-tola-1918-1990-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9050,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9046","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9046","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9046"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9046\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163760,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9046\/revisions\/163760"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9050"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9046"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9046"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9046"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}