{"id":90578,"date":"2023-07-14T20:57:50","date_gmt":"2023-07-14T17:57:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=90578"},"modified":"2023-07-14T20:57:56","modified_gmt":"2023-07-14T17:57:56","slug":"mixxat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mixxat\/","title":{"rendered":"Mixxat"},"content":{"rendered":"\n<p>Mixxat-qadimda Old Osiyoda qo\u2019llangan, mix yoki ponachalarga o\u2019xshash chiziqcha (belgi)larni loy taxtachalarga o\u2019yib tushirishdan iborat ideografik yozuv turi, miloddan avvalgi 3-mingyillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy tushunchalarning nomi rasmlar bilan ifodalangan, masalan, oyoq tasviri \u201cyurish\u201d, \u201cturish\u201d, \u201colib ketish\u201d ma\u2019nolarini anglatgan. Bunday belgilar miqdori 1000 tagacha yetgan. Shumer Mixxati dastlab yuqoridan pastga, keyinchalik gorizontal holda-chapdan o\u2019ngga qarab yozilgan. Miloddan avvalgi 3-mingyillik o\u2019rtalarida Mixxatning so\u2019z-bo\u2019g\u2019inli shakli paydo bo\u2019lgan, belgilar miqdori 600 tagacha qisqartilib, rasm-belgilar soddalashtirilgan. Ayni shu davrda shumer Mixxati akkadliklar (bobilliklar va ossuriyaliklar) tomonidan o\u2019zlashtirilib, somiy tillarga moslashtirilgan, belgilar soni 300 tagacha tushirilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan Mixxat, keyinchalik, miloddan avvalgi 2-1-mingyilliklar davrida, bir qancha qo\u2019shni xalqlar tillari (xett, elam, urart, qadimgi fors va boshqalar)ga moslashtirilgan holda qo\u2019llana boshlgan. Bu davrda Mixxatlar harf-tovushbo\u2019g\u2019in yozuvlariga ancha yaqinlashib, shunday yozuvlarning kelib chiqishiga asos bo\u2019lgan. Miloddan avvalgi 1-mingyillik oxirlarida Mixxatlar o\u2019rnini oromiy yozuvi egallagan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mixxat-qadimda Old Osiyoda qo\u2019llangan, mix yoki ponachalarga o\u2019xshash chiziqcha (belgi)larni loy taxtachalarga o\u2019yib tushirishdan iborat ideografik yozuv turi, miloddan avvalgi 3-mingyillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/mixxat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":55935,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[383],"tags":[],"class_list":["post-90578","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-m-harfiga-oid-tarixga-oid-ensiklopedik-atamalar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/90578","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=90578"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/90578\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":90604,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/90578\/revisions\/90604"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/55935"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=90578"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=90578"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=90578"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}