{"id":9068,"date":"2021-11-09T15:34:40","date_gmt":"2021-11-09T12:34:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9068"},"modified":"2025-10-30T13:24:34","modified_gmt":"2025-10-30T10:24:34","slug":"tora-sulaymon-1934-2005-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tora-sulaymon-1934-2005-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"To\u2018ra Sulaymon (1934-2005) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>To\u2018ra Sulaymon (1934.15.2, Baxmal tumani \u2014 2005) \u2014 O\u2018zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning o\u2018zbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1964).<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abGuliston\u00bb, \u00abSirdaryo haqiqati\u00bb gazetalarida xodim, O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo\u2018limida mas\u2019ul kotib (1972\u201477), adabiy maslahatchi (1977\u201481) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ijodi 50-yillardan boshlangan. Ilk she\u2019rlar to\u2018plami \u2014 \u00abIstar ko\u2018ngil\u00bb (1962). \u00abQorasoch\u00bb (1965) dostoni taniqli ijodkorlar, tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. \u00abMen qayga borar bo\u2018lsam\u00bb (1965), \u00abJahongashta\u00bb (1970), \u00abHamqishloqlarim\u00bb (1973), \u00abIntizor\u00bb (1973), \u00abSirdaryo qo\u2018shiqlari\u00bb (1974), \u00abIltijo\u00bb (1976), \u00abAlhazar\u00bb (1976), \u00abTo\u2018yboshi\u00bb (1977), \u00abSizni eslayman\u00bb (1980), \u00abQorako\u2018zginam\u00bb (1981), \u00abGulshan\u00bb (1988), \u00abSarvinoz\u00bb (1990), \u00abXarsang\u00bb (1994), \u00abJahonnoma\u00bb (1996), \u00abGul bir yon, chaman bir yon\u00bb (1996), \u00abYovqochdi\u00bb (1998), \u00abSayhon\u00bb (2003), \u00abMamlakatning tayanch nuqtasi\u00bb (2004) kitoblari nashr etilgan. Ko\u2018plab she\u2019rlari qo\u2018shiq qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018ra Sulaymon xilma-xil janrlarda qalam tebratadi. Shoirning sof lirik she\u2019rlari, qasida va faxriyalari, manzumalaridan tashqari, xalq yo\u2018lida bitilgan, o\u2018z davrining dolzarb masalalariga bag\u2018ishlangan, voqelikni qadimgi baxshilar nazari bilan ko\u2018rib, o\u2018xshatma yoki nazira shaklida yozilgan asarlari ham o\u2018ziga xos xalqchilligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, \u00abErgash Jumanbulbul el kezadi\u00bb turkumidagi baxshiyona she\u2019r va dostonlari o\u2018zbekning milliy g\u2018ururini tiklashga munosib hissa qo\u2018shgan asarlar sirasiga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>To\u2018ra Sulaymon asarlari faqat ifoda tarzi yoki ohangi bilangina emas, tasvirdagi samimiyat, o\u2018xshatishlarning o\u2018ziga xosligi nuqtai nazaridan ham xalqchil. Uning ijtimoiy hayotning dolzarb muammolariga bag\u2018ishlangan publitsistik maqolalari ham bor (\u00abMamlakatning tayanch nuqtasi\u00bb, maqolalar to\u2018plami, 2004).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>To\u2018ra Sulaymon (1934.15.2, Baxmal tumani \u2014 2005) \u2014 O\u2018zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning o\u2018zbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1964). \u00abGuliston\u00bb, \u00abSirdaryo haqiqati\u00bb gazetalarida xodim, O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo\u2018limida mas\u2019ul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tora-sulaymon-1934-2005-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9072,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9068","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9068","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9068"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9068\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163818,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9068\/revisions\/163818"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9072"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9068"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9068"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9068"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}