{"id":9086,"date":"2021-11-09T15:42:15","date_gmt":"2021-11-09T12:42:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9086"},"modified":"2025-10-30T13:22:52","modified_gmt":"2025-10-30T10:22:52","slug":"uygun-1905-1990-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uygun-1905-1990-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Uyg\u2018un (1905-1990) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Rahmatulla Otaqo\u2018zi o\u2018g\u2018li Uyg\u2018un 1905 yil 14 mayda Qozog\u2018iston jumhuriyati Jambul viloyatining Marki qishlog\u2018ida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qishlog\u2018idagi maktabni tugatgach, Toshkent pedagogika texnikumida o\u2018qidi. 1925 yildan boshlab Toshkent qishloq xo\u2018jalik texnikumida o\u2018zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Uyg\u2018un 1927 yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasiga o\u2018qishga kirib, Mirtemir, Hamid Olimjon, Amin Umariy, Hasan Po\u2018latlar bilan tanishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uyg\u2018un yoshligidan she\u2019rlar yozib, vaqtli matbuotda faol ishtirok eta boshladi. 1929 yili shoirning \u00abBahor quvonchlari\u00bb nomli birinchi she\u2019rlar to\u2018plami chop etildi. 30-yillarda shoirning \u00abIkkinchi kitob\u00bb, \u00abQuyosh o\u2018lkasi\u00bb, \u00abShe\u2019rlar\u00bb, \u00abMuhabbat\u00bb kabi yangi she\u2019riy to\u2018plamlari va bir qator hikoya va dostonlari bosilib chiqdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uyg\u2018un she\u2019riyatining mavzu va janr doirasi ancha keng. Bahor, muhabbat, ona-Vatan, tinchlik, do\u2018stlik mavzulari she\u2019riy to\u2018plamining markazida turadi. Uning dastlabki she\u2019riy to\u2018plamining \u00abBahor quvonchlari\u00bb deb yuritilishi ham bejiz emas. Yoki \u00abVatan\u2014ona so\u2018zi naqadar aziz\u00bb deb boshlanuvchi \u00abVatan\u00bb nomli she\u2019ri o\u2018zbek she\u2019riyatidagi ona-Vatan haqidagi eng yaxshi asarlar sirasiga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoirning xususan, 60-yillardan keyin yaratilgan ko\u2018pchilik she\u2019rlarida ko\u2018proq umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni ardoqlash yetakchilik qiladi. Bu jihatdan \u00abXirosima takrorlanmasin\u00bb, \u00abHimolay\u00bb, \u00abChodir yopingan ayol\u00bb, \u00abShahringga yo\u2018l oldim\u00bb, \u00abHind raqqosasiga\u00bb kabi o\u2018nlab she\u2019rlari e\u2019tiborga loyikdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Uyg\u2018un she\u2019riyati janriga ko\u2018ra ham boy. Unda muhabbat lirikasi, siyosiy lirika, ballada, qo\u2018shiq, latifalargacha mavjud. Shuningdek, u \u00abUkraina yellari\u00bb, \u00abJontemir\u00bb, \u00abGulasal\u00bb kabi o\u2018ndan ortiq poema va balladalar ham yaratgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning fashizmga qarshi kurashdagi yuksak vatanparvarlik fazilatlarini yurakdan kuylagan shoir she\u2019riyati yangi taraqqiyot bosqichiga ko\u2018tarildi. Uyg\u2018un bu davrda \u00abOna\u00bb (1942), \u00abAlisher Navoiy\u00bb (1943, Izzat Sulton bilan hamkorlikda) \u00abQaltis hazil\u00bb (1944) kabi sahna asarlarini ham yaratdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uyg\u2018unning urushdan keyingi yillardagi ijodida urush va tinchlik, fidokorona mehnat mavzulari yetakchilik qildi. Shoir shu davrda \u00abHayot chorlaydi\u00bb (1954) she\u2019riy to\u2018plamini e\u2019lon qildi. \u00abHayot qo\u2018shig\u2018i\u00bb (1947), \u00abOltinko\u2018l\u00bb, \u00abNavbahor\u00bb (1948), \u00abSo\u2018nggi pushaymon\u00bb (1955) singari dramatik asarlarini yozdi. Uning keyingi yillarda ijod qilgan \u00abParvona\u00bb (1956), \u00abAbu Rayhon Beruniy\u00bb (1973), \u00abIbn Sino\u00bb, \u00abZebuniso\u00bb kabi sahna asarlari o\u2018zbek dramaturgiyasining yaxshi namunalari sifatida e\u2019tirof etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoir va dramaturg Uyg\u2018un jamoat arbobi sifatida 1952\u20141954 yillarda O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi bo\u2018lib ishladi. U o\u2018zbek adabiyoti taraqqiyoti yo\u2018lidagi xizmatlari uchun 1956 yili O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan san\u2019at arbobi, 1965 yili esa O\u2018zbekiston xalq shoiri faxriy unvonlariga, shuningdek, Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga sazovor bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Uyg\u2018un 1974 yilda O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasiga muxbir a\u2019zo qilib saylangan. U Mehnat Qahramoni hamdir.<\/p>\n\n\n\n<p>U A. S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, A. P. Chexov, L. N. Tolstoy, V. Shekspir asarlarini o\u2018zbek tiliga tarjima qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uyg\u2018un 1990 yilning fevral oyida 85 yoshida olamdan o\u2018tgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Rahmatulla Otaqo\u2018zi o\u2018g\u2018li Uyg\u2018un 1905 yil 14 mayda Qozog\u2018iston jumhuriyati Jambul viloyatining Marki qishlog\u2018ida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qishlog\u2018idagi maktabni tugatgach, Toshkent pedagogika texnikumida o\u2018qidi. 1925 yildan boshlab Toshkent &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/uygun-1905-1990-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9091,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9086","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9086","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9086"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9086\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163804,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9086\/revisions\/163804"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9091"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9086"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9086"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9086"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}