{"id":9131,"date":"2021-11-09T16:01:18","date_gmt":"2021-11-09T13:01:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9131"},"modified":"2025-10-30T13:29:28","modified_gmt":"2025-10-30T10:29:28","slug":"fayzulla-xojaev-1896-1938-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fayzulla-xojaev-1896-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Fayzulla Xo\u2018jaev (1896-1938) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, \u00abYosh buxoroliklar\u00bb partiyasining rahbarlaridan biri Fayzulla Xo\u2018jayev 1896 yil 1 iyulda Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tug\u2018ilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida o\u2018qigan. 1907\u20141912 yillarda F.Xo\u2018jayev Moskvada shaxsiy o\u2018qituvchilardan ta\u2019lim olgan. 1913 yildan jadidlar safida faoliyat ko\u2018rsatgan va xalq orasida ma\u2019rifat tarqatish bilan shug\u2018ullangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Otasidan meros qolgan katta boylikni yangi usul maktablari ochishga, yosh buxoroliklar siyosiy faoliyatini moddiy qo\u2018llab-quvvatlashga sarfladi. 1917 yildan boshlab F.Xo\u2018jayev va Fitrat partiyaning so\u2018l qanotiga boshchilik qilib, Buxoroda avval konstitutsion monarxiya, so\u2018ngra demokratik respublika tuzish uchun kurashdilar. Yosh buxoroliklar amir tomonidan ta\u2019qib kilingach, F.Xo\u2018jayev va uning safdoshlari Buxoroni tark etishga majbur bo\u2018lishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1920-yilda Turkistonda muhojirlikda bo\u2018lib, \u00abYosh buxoroliklar\u00bb partiyasining Turkiston byurosini tashkil qilgan. F.Xo\u2018jayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi shariat asosida bo\u2018lib, xalqning milliy an\u2019analari va o\u2018ziga xos xususiyatlarini e\u2019tiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qo\u2018ygan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoro amiri taxtdan ag\u2018darilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qo\u2018liga o\u2018tgandan so\u2018ng F.Xo\u2018jayev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, Rossiya va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. 1922-yilda u Germaniyaga chet el savdo kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1925 yilda F.Xo\u2018jayev O\u2018zbekiston Xalq nozirlari kengashining raisi etib saylandi. U o\u2018z faoliyatida o\u2018zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. F.Xo\u2018jayev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur bo\u2018ldi. 1926 yilda jadidchilik tarixiga bag\u2018ishlangan \u00abBuxoro inqilobi tarixiga materiallar\u00bb kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq ta\u2019qibga olindi.<\/p>\n\n\n\n<p>F.Xo\u2018jayev hukumat rahbari sifatida O\u2018zbekistonning xalq xo\u2018jaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojlantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi.<\/p>\n\n\n\n<p>F.Xo\u2018jayev BXSRning mustaqil ichki va tashki siyosat yuritishiga, iktisodiy islohotlar o\u2018tkazish va demokratik erkinliklarni joriy kilishga aloxida e\u2019tibor qaratib, Sovet Rossiyasidan tashqari Eron, Turkiya, Afg\u2018oniston, Xitoy, Ozarbayjon, XXSR, shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatik aloqalar o\u2018rnatgan. U talabalarni xorijga junatib o\u2018qitishning tashabbuskorlaridan biri bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>F.Xo\u2018jayev o\u2018z faoliyati davomida o\u2018zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U VKP(b) MK O\u2018rta Osiyo byurosi va O\u2018zbekiston KP MKga nisbatan muxolifat mavqeida turgan \u00abo\u2018n sakkizlar guruhi\u00bb (1925 yil noyabr)ga xayrixoh bo\u2018lgan. \u00abQuloq\u00bblarni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. O\u2018zbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. O\u2018zbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>F.Xo\u2018jayev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsistjurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning \u00abBuxoro inqilobining tarixiga materiallar\u00bb (1926), \u00abBuxorodagi revolyutsiya va O\u2018rta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir\u00bb (1932) kitoblari, \u00abBXSRdagi iqtisodiy ahvol\u00bb (1924), \u00abYosh buxoroliklar to\u2018g\u2018risida\u00bb (1926), \u00abJadidlar\u00bb (1926), \u00abBosmachilik\u00bb (1930) maqolalarida O\u2018zbekiston tarixining XX asr 1-choragidagi jiddiy muammolar ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>F.Xo\u2018jayev 1937 yil 9 iyulda Moskvada qamoqqa olindi. O\u2018nta Sovetlarga qarshi \u00abO\u2018ng trotskiychi blok\u00bb faoliyatiga qo\u2018shilganligi hamda \u00abMilliy ittihod\u00bb tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, \u00abbosmachilik\u00bb harakati va qo\u2018rboshilarni qo\u2018llab-quvvatlaganlik, Fitrat, Cho\u2018lpon, Abdulla Qodiriy va boshqa o\u2018zbek ziyolilariga g\u2018amxo\u2018rlik ko\u2018rsatganlik kabi ayblar qo\u2018yildi va otishga hukm qilindi. Hukm Moskva atrofidagi Butovo katlgohida ijro etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1965 yil 6 martda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi F.Xo\u2018jayevni aybsiz deb topdi va oqladi. O\u2018zbekistonda F.Xo\u2018jayevning 100 yillik yubileyi nishonlandi (1996). F.Xo\u2018jayev asarlari va u haqidagi tadqiqotlar nashr etildi. \u00abBuxoroning jin ko\u2018chalari\u00bb (A. Muxtor) qissasi, \u00abInkilob tongi\u00bb (K. Yashin) dramasi, \u00abMen yashashni istayman\u00bb (N. Naimov) roman-xronikasi va boshqa asarlar F.Xo\u2018jayev faoliyatiga bag\u2018ishlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, \u00abYosh buxoroliklar\u00bb partiyasining rahbarlaridan biri Fayzulla Xo\u2018jayev 1896 yil 1 iyulda Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tug\u2018ilgan. U yoshligida eski maktabni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fayzulla-xojaev-1896-1938-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9135,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9131","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9131","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9131"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9131\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163855,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9131\/revisions\/163855"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9135"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9131"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9131"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9131"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}