{"id":91310,"date":"2023-07-17T09:39:44","date_gmt":"2023-07-17T06:39:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=91310"},"modified":"2023-07-17T09:39:47","modified_gmt":"2023-07-17T06:39:47","slug":"xabarovsk-olkasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xabarovsk-olkasi\/","title":{"rendered":"XABAROVSK O&#8217;LKASI"},"content":{"rendered":"\n<p>XABAROVSK O&#8217;LKASI &#8212; Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi o&#8217;lka. 1938 yil 20 oktabrda tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasi uzoq Sharqi Janubiy yarmining Markaziy qismida. Janubi g&#8217;arbda Xitoy bilan chegaradosh, sharqda Oxota va Yapon dengizlariga tutash. Tatar va Nevel bo&#8217;g&#8217;ozlari orqali Saxalin o.dan ajralib turadi. Maydoni 788,6 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1435,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar (86%), shuningdek, ukrain, Belorus, tatar, Nanay, evenk, ulchi, nivx va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 80,6%. Markazi \u2014 Xabarovsk sh. Boshqa yirik shaharlari \u2014 komsomol- skamur, Amursk. Tarkibiga 17 ma&#8217;muriy tuman, 7 shahar, 25 shaharcha, Shantar va boshqa orollar kiradi. Xabarovsk o&#8217;lkasi qirg&#8217;oqlari kam o&#8217;yilgan. Qirg&#8217;oq chizig&#8217;ining uzunligi 2500 kilometr chamasida. Relefining 70% dan ko&#8217;proq qismi tog&#8217;lardan iborat (Sixotealin, Jugjur va boshqalar). Bu tog&#8217;lar Oxota va Yapon dengiziga parallel cho&#8217;zilgan. O&#8217;lkaning eng baland joyi \u2014 Suntarxayata cho&#8217;qqisi (2933 metr). Shimoli g&#8217;arbida Yudommay tog&#8217;ligi bor. Yirik pasttekisliklari: quyi va O&#8217;rta Amur, Evorontugur (Janub va markaziy qismida), Oxota (shimolda). Foydali qazilmalardan oltin, qalay, alyuminiy, temir, qo&#8217;ng&#8217;ir kumir konlari, grafit, qurilish materiallari mavjud. Iqlimi mo&#8217;tadil, mussonli iqlim. Qishi sovuq, qor kam yog&#8217;adi, yozi iliq, sernam. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -22\u00b0dan (Janubda) \u2014 40\u00b0gacha (shimolda); dengiz sohilida \u2014 15\u00b0dan -25\u00b0gacha, iyulniki 1 gradusdan (dengiz bo&#8217;yi qismida) 21\u00b0 gacha (ichki Janubiy rayonlarda). Yillik yog&#8217;in 400 millimetrdan (shimolda) 800 milimetrgacha (Janubda), Sixotealinning Sharqiy yon bag&#8217;irlarida 1000 millimetrgacha. Vegetatsiya davri o&#8217;lkaning Janubda 170-180 kun. Eng yirik daryosi \u2014 Amur va uning irmoqlari (Bureya, tunguska, Goryun, Amgun, Ussuri, Anyuy, gur). Yirik ko&#8217;llari: Bolon, Padali, xummi, Kadi, Udil, Oryol, Evoryan. Chimli podzol, o&#8217;tloqibotqoq, qo&#8217;ng&#8217;ir, qo&#8217;ng&#8217;iro&#8217;rmon tuproqlar tarqalgan. Xabarovsk o&#8217;lkasi tayga zonasida joylashgan. O&#8217;rmonlar o&#8217;lka hududining 50% ni egallagan. Dauriya tilog&#8217;ochi, Rayan qoraqarag&#8217;ayi, oqqarag&#8217;ay, Daryo sohillarida Koreya kedri, shumtol, zarang, grab, qayin, jo&#8217;ka o&#8217;sadi. Taygada Los, shimol bug&#8217;usi, qo&#8217;ngir ayiq, silovsin, bo&#8217;ri, sobol, tulki, suvsar, elik, kolonok; qushlardan karqur, chil yashaydi. Ko&#8217;l va daryolarida baliqning 100 dan ortiq turi bor (jumladan, Amur cho&#8217;rtani, Amur, bakrabaliq, tovonbaliq, laqqa, taymen, leshch, sazan, yelimbaliq va boshqalar). Xabarovsk o&#8217;lkasida bolshe xexuir, Botchi, Bureya, Jugjur, Komsomolsk qo&#8217;riqxonalari tashkil etilgan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (okean va daryo kemalari, samolyotsozlik, &#171;Daldizel&#187; korxonasi, metall kesuvchi stanoklar, kuyuv mashinalari va boshqalar), qora metallurgiya (qora metall prokati, po&#8217;lat \u2014 &#171;Amurstal&#187; korxonasi), o&#8217;rmon, yog&#8217;ochsozlik va tsellyulozaqog&#8217;oz (fanera, tsellyuloza va boshqalar), konchilik (kumir, rangli metallar rudasi, qalay va misning boyitilgan rudalari), kimyo (oltingugurt, kislorod, shina ta&#8217;mirlash, sintetik yuvuvchi vositalar, kimyo farmasevtika, gidroliz va biokimyo zavodlari), baliq hamda oziq-ovqat va yengil sanoatlar. Asosiy sanoat markazlari \u2014 Xabarovsk, Komsomolsk-Amur, Sovetskaya Gavan, Nikolaevsk-Amur, Amursk. Qishloq xo\u2019jaligida suli, arpa, bug&#8217;doy, soya, kartoshka, sabzavot ekiladi. Chorvachiligi, asosan, sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Parrandachilik, asalarichilik rivojlangan (asal va asalari mumi eksport qilinadi). O&#8217;lkaning shim.da bug&#8217;uchilik bilan shug&#8217;ullaniladi, darrandachilik va ov xo&#8217;jaligi xam muxim tarmoq hisoblanadi. Temir yo\u2019llar uzunligi 2307 kilometr. O&#8217;lkaning Janub qismidan Transsibir, Markaziy qismidan Baykalamur temir yo\u2019l magistrallari o&#8217;tadi. Qattiq qoplamali avtomobil yo&#8217;llar uzunligi 4389 kilometr. Dengiz transporti rivojlangan. Portlari: Vanino, Nikolaevskamur, Oxotsk. Amur daryosida kemalar qatnaydi. Xabarovskda xalqaro aeroport faoliyat ko&#8217;rsatadi. 2 ilmiy tadqiqot instituti, 10 ga yaqin oliy o&#8217;quv yurti, 34 ilmiy muassasa, muzey, 4 teatr bor. 10 dan ziyod sanatoriykurort va dam olish muassasalari, shu jumladan, mineral suvlari kurorta mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XABAROVSK O&#8217;LKASI &#8212; Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi o&#8217;lka. 1938 yil 20 oktabrda tashkil etilgan. Rossiya Federatsiyasi uzoq Sharqi Janubiy yarmining Markaziy qismida. Janubi g&#8217;arbda Xitoy bilan chegaradosh, sharqda Oxota va Yapon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xabarovsk-olkasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-91310","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91310","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=91310"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91310\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":91313,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/91310\/revisions\/91313"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=91310"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=91310"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=91310"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}