{"id":9140,"date":"2021-11-09T16:07:10","date_gmt":"2021-11-09T13:07:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9140"},"modified":"2025-10-30T13:29:14","modified_gmt":"2025-10-30T10:29:14","slug":"fozil-yoldosh-ogli-1872-1955-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fozil-yoldosh-ogli-1872-1955-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Fozil Yo\u2018ldosh o\u2018g\u2018li (1872-1955) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Fozil Yo\u2018ldosh o\u2018g\u2018li (1872, Jizzax viloyati Baxmal tumani Loyqa qishlog\u2018i \u2014 1955.17.3, Samarqand viloyati Bulung\u2018ur sh.) \u2014 o\u2018zbek xalq shoiri, baxshi. Yo\u2018ldosh Mulla Murod o\u2018g\u2018lining shogirdi. Bulung\u2018ur dostonchilik maktabining eng yirik va so\u2018nggi vakili. Yetimlikda o\u2018sgan. Cho\u2018ponlik qilgan. Dostonchilikka havasi erta uyg\u2018ongan. Yoshligida do\u2018mbira chertishni, terma aytishni mashq qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>20 yoshlarida ustozi Yo\u2018ldosh shoirdan dostonchilik sirlarini o\u2018rgangan. Yosh baxshi xalq o\u2018rtasida ustozi uyushtirgan sinovdan muvaffaqiyatli o\u2018tib, 25\u201426 yoshlarida yetuk dostonchi sifatida tanilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Fozil Yo\u2018ldosh o\u2018g\u2018li Amin shoir, Chini shoir, Tovbuzar shoir, Qurbonbek shoir, Sultonmurod shoir, Yo\u2018ldoshbulbul, Yo\u2018ldosh shoir, Ko\u2018ldosh, Suyar kabi Bulung\u2018ur dostonchilik maktabining peshqadam dostonchilaridan adabiy an\u2019anani qabul qilib olgan, uni puxta egallab, kjeak badihago\u2018ylik bilan boyitgan va o\u2018zbek dostonchiligini yangi bosqichga ko\u2018targan.<\/p>\n\n\n\n<p>Fozil Yo\u2018ldosh o\u2018g\u2018li repertuari mavzu va janr jihatidan boy va rang-barang. U 40 dan ortiq xalq dostonlarini yod bilgan va yuksak mahorat bilan kuylagan. Undan \u00abAlpomish\u00bb, \u00abYodgor\u00bb, \u00abYusuf bilan Ahmad\u00bb, \u00abMurodxon\u00bb, \u00abRustamxon\u00bb, \u00abShirin bilan Shakar\u00bb, \u00abGo\u2018ro\u2018g\u2018lining tug\u2018ilishi\u00bb, \u00abAvazxonning o\u2018limga hukm etilishi\u00bb, \u00abMalika ayyor\u00bb, \u00abMashriqo\u00bb, \u00abZulfizar\u00bb, \u00abBalogardon\u00bb, \u00abIntizor\u00bb, \u00abNurali\u00bb, \u00abJahongir\u00bb, \u00abZevarxon\u00bb, \u00abFarhod va Shirin\u00bb, \u00abLayli va Majnun\u00bb, \u00abBaxrom va Gulandom\u00bb, \u00abOshiq G\u2018arib\u00bb kabi 30 ga yaqin doston yozib olingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shoir qahramonlik, romanik, tarixiy dostonlar hamda kitobiy dostonlarning eng yaxshi namunalarini kuylab kelgan. \u00abAlpomish\u00bb dostoni uning ijodida alohida o\u2018rin tutadi. Bu dostonning o\u2018zbek xalq dostonchilaridan yozib olingan 40 ga yaqin variantlari orasida Fozil Yo\u2018ldosh o\u2018g\u2018li varianti eng mukammali va badiiy jihatdan barkamoli hisoblanadi. Unda shoirning yuksak dostonchilik mahorati to\u2018la namoyon bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Fozil Yo\u2018ldosh o\u2018g\u2018li zamonaviy mavzularda ham qator doston va termalar yaratgan. Uning \u00abMamatkarim polvon\u00bb, \u00abJizzax qo\u2018zg\u2018oloni\u00bb, \u00abKunlarim\u00bb kabi dostonlari, \u00abJangchi o\u2018g\u2018limga\u00bb, \u00abElat botir\u00bb, \u00abOta nasihati\u00bb, \u00abQurollanint\u00bb, \u00abEr yigitlar, maydonga!\u00bb, \u00abJahon tinglagay\u00bb, \u00abBolalarimga\u00bb, \u00abPushkinga\u00bb kabi termalari shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Baxshi kuylagan xalq dostonlari Ergash Jumanbulbul o\u2018g\u2018li, Islom shoir, Po\u2018lkan, Abdulla shoir kabilar repertuari va original asarlari bilan birgalikda o\u2018zbek dostonchiligi va adabiyotiga qo\u2018shilgan katta hissa bo\u2018ldi. Shoir merosi keng o\u2018rganilmoqda. Shoir dafn etilgan Bulung\u2018ur shahrida muzey tashkil etilgan va unga haykal o\u2018rnatilgan.&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fozil Yo\u2018ldosh o\u2018g\u2018li (1872, Jizzax viloyati Baxmal tumani Loyqa qishlog\u2018i \u2014 1955.17.3, Samarqand viloyati Bulung\u2018ur sh.) \u2014 o\u2018zbek xalq shoiri, baxshi. Yo\u2018ldosh Mulla Murod o\u2018g\u2018lining shogirdi. Bulung\u2018ur dostonchilik maktabining eng &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/fozil-yoldosh-ogli-1872-1955-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9145,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9140","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9140","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9140"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9140\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163851,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9140\/revisions\/163851"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9145"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9140"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9140"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9140"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}