{"id":9157,"date":"2021-11-09T16:13:48","date_gmt":"2021-11-09T13:13:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9157"},"modified":"2025-10-30T13:27:00","modified_gmt":"2025-10-30T10:27:00","slug":"xislat-1880-1945-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xislat-1880-1945-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Xislat (1880-1945) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Xislat (taxallusi; asl ism-sharifi Haybatullaxo\u2018ja Orifxo\u2018ja o\u2018g\u2018li) (1880.10.5 Toshkent \u2014 1945.8.6) shoir va tarjimon. O\u2018zbek mumtoz adabiyotining so\u2018nggi namoyandalaridan biri. 16\u201417 yoshlarida Toshkent shahri Kesaqqo\u2018rg\u2018on mahallasidagi madrasaga o\u2018qishga kirib, arab va fors tillarini mukammal o\u2018zlashtirgan; o\u2018zbek, ozarbayjon, turk, fors va arab adabiyotlarini puxta o\u2018rgangan.<\/p>\n\n\n\n<p>1908\u201409 yillarda Navoiy ijodini mutolaa qilib, \u00abFarhod va Shirin\u00bb hamda \u00abLayli va Majnun\u00bb dostonlarining soddalashtirilgan nasriy nusxalarini tayyorlagan va o\u2018z hisobidan nashr etgan. 1910\u201414 yillarda madrasadoshi Sidqiy Xondayliqiy bilan hamkorlikda \u00abArmug\u2018oni Xislat\u00bb, \u00abHidoyai Xislat\u00bb, \u00abSavg\u2018oti Xislat\u00bb, \u00abTuhfai Xislat\u00bb kabi bayozlarini nashr ettirgan. Bu bayozlarda shoirning 100 dan ziyod lirik she\u2019rlari e\u2019lon qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xislatning lirik she\u2019rlarida Bobur, Mashrab va, ayniqsa, Navoiy ijodining ta\u2019siri kuchli. Bu ta\u2019sir uning \u00abNaylaram bog\u2018u chaman sayrini jonon bo\u2018lmasa\u00bb, \u00abQandoq qilay\u00bb, \u00abEy nigorim\u00bb, \u00abIqlimi devona qilgan bir pari savdosidur\u00bb, \u00abO\u2018ldim asiring, ey yor\u00bb, \u00abEy xublar sarosi\u00bb, \u00abOrazingmu yo guli ra\u2019nomidur\u00bb, \u00abEy parivash\u00bb singari g\u2018azallarining badiiy qurilmasida ham, g\u2018oyaviy yo\u2018nalishida ham yaqqol ko\u2018rinadi. Xislatning dunyoviy g\u2018oyalar bilan yo\u2018g\u2018rilgan bir qancha g\u2018azallari Mulla To\u2018ychi Toshmuhamedov va Hamroqul qori kabi mashhur hofizlar tomonidan ijro etib kelingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xislat 1917 yildan keyin ham badiiy ijod bilan shug\u2018ullanib, zamonaviy mavzularda g\u2018azal va muxammaslar yaratgan. Ammo Sovet davlatining jadid shoirlarga nisbatan sovuq munosabati tufayli u yoshlikda egallagan hunari \u2014 duradgorlikni davom ettirib, 1940 yilga qadar imoratsozlik ishlari bilan ko\u2018proq mashg\u2018ul bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Xislatning adabiy merosida tarjima asarlar katta o\u2018rin egallaydi. U Nizomiyning \u00abLayli va Majnun\u00bb dostoni, Firdavsiyning \u00abShohnoma\u00bb dostoni asosida nasrlashtirilgan \u00abBarzuyi sher\u00bb, \u00abPahlavoni Ahmad\u00bb, Ubayd Zokoniyning \u00abMushuk va sichqon\u00bb asarlarini fors tilidan tarjima qilgan, arab va fors mumtoz adabiyotlaridagi bolalarbop rivoyatlar va masallarni she\u2019riy tarjima qilib, \u00abNon va halvo\u00bb degan majmua tuzgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Toshkent shahridagi ko\u2018chalardan biri Xislat nomi bilan ataladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xislat (taxallusi; asl ism-sharifi Haybatullaxo\u2018ja Orifxo\u2018ja o\u2018g\u2018li) (1880.10.5 Toshkent \u2014 1945.8.6) shoir va tarjimon. O\u2018zbek mumtoz adabiyotining so\u2018nggi namoyandalaridan biri. 16\u201417 yoshlarida Toshkent shahri Kesaqqo\u2018rg\u2018on mahallasidagi madrasaga o\u2018qishga kirib, arab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xislat-1880-1945-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9161,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9157","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9157","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9157"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9157\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163837,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9157\/revisions\/163837"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9161"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9157"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9157"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9157"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}