{"id":9176,"date":"2021-11-09T16:21:07","date_gmt":"2021-11-09T13:21:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9176"},"modified":"2025-10-30T13:26:37","modified_gmt":"2025-10-30T10:26:37","slug":"habib-abdullayev-1912-1962-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/habib-abdullayev-1912-1962-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Habib Abdullayev (1912-1962) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Abdullayev Habib Muhamedovich (1912.31.8, O\u2018sh shahri \u2014 1962.20.6, Toshkent) \u2014 geolog olim, davlat va jamoat arbobi, O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1947), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1946).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018rta Osiyo industriya institutining konchilik fakultetini tugatgach (1935), geologiya-razvedka partiyasi boshlig\u2018i bo\u2018ldi, keyinroq O\u2018zbekistondagi Langar volfram-molibden konining geologik tuzilishi, mineral tarkibi va hosil bo\u2018lishini tadqiq qildi. 1940 yildan O\u2018rta Osiyo industriya institutining foydali qazilmalar kafedrasida dotsent, so\u2018ngra shu institutda direktor, 1942 yildan O\u2018zbekiston hukumati raisining o\u2018rinbosari, 1944 yildan ayni vaqtda Davlat plan komissiyasi raisi bo\u2018lib ishladi. 1946 yil \u00abO\u2018rta Osiyoning sheelitli skarnlari geologiyasi\u00bb mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va bu asar 1947 yilda nashr etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev 1947 yildan O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti. Ayni vaqtda Geologiya instituti direktori hamda uning Petrologiya va metallogeniya bo\u2018limi rahbari. Habib Abdullayev 1952\u201455 yillarda O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi texnika va geologiya-kimyo fanlari bo\u2018limining raisi, 1955\u201456 yillarda O\u2018zbekiston hukumati raisining o\u2018rinbosari va 1956 yildan O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev 1959 yilda ruda paydo bo\u2018lishining granitoid intruziyalar bilan genetik bog\u2018liqligi sohasidagi ilmiy ishi uchun yuksak mukofot bilan taqdirlangan. U endogen ruda hosil bo\u2018lishi nazariyasini rivojlantirdi. 130 dan ortiq ilmiy asar (jumladan, 7 monografiya) yozgan. Habib Abdullayev Toshkent va Moskvada nashr etilgan ko\u2018pgina mo\u2018tabar ilmiy jurnallar, to\u2018plamlar, ilmiy-ommabop nashrlarning mas\u2019ul muharriri, tahrir hay\u2019ati a\u2019zosi edi, jumladan O\u2018rta Osiyoda birinchi \u2014 \u00abO\u2018zbekiston geologiya jurnali\u00bbni tashkil qildi va uning mas\u2019ul muharriri bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev volfram, qalay, rangli va qora metallar ruda konlarining turli yo\u2018llar bilan hosil bo\u2018lganligini ko\u2018rsatib berdi. Ruda paydo bo\u2018lish jarayonlarini magmatizm hamda bu jarayonlar ro\u2018y beradigan geologik muhit ta\u2019siri bilan chambarchas bog\u2018liq ekanligini aniqladi. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida \u00abChotqol-Qurama tog\u2018lari magmatizmi va metallogeniyasining asosiy xususiyatlari\u00bb monografiyasi yaratildi (1957), \u00abO\u2018rta Osiyo magmatizmi va rudalanish jarayoni\u00bb asari nashr etildi (1960).<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayevning so\u2018nggi turkum ishlaridan biri \u00abRudapetrografiya provintsiyalari va ularni tasniflash masalalari\u00bb (1961) bo\u2018ldi. Jahondagi barcha yirik ruda konlari shakllanish xususiyatlariga bag\u2018ishlangan \u00abMetallogeniya \u2014 foydali qazilma konlarini qidirib topishning geologik asosi\u00bb monografiyasi uchun 1970 yilda (vafotidan keyin) Beruniy nomidagi O\u2018zbekiston Davlat mukofoti berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayevning geologiyaga oid nazariy fikrlari amaliyotda tasdiqlandi. U birinchi bo\u2018lib O\u2018rta Osiyoni alohida metallogenik maxsus provintsiya sifatida ajratdi. Skarnlar tuzilishi, ruda uchraydigan va ruda hosil bo\u2018ladigan skarnlar mavjudligi qayd etildi. Habib Abdullayevning rudalarning granitoid intruziyalar bilan bog\u2018liq ravishda hosil bo\u2018lishiga doir asarlari ilmiy munozaraga sabab bo\u2018ldi. Asarlarda konlarning intruziyalardan uzoq-yaqinligiga qarab tasniflanganligi Elshonsning mavhum batolit kontseptsiyasidan tubdan farq qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev O\u2018rta Osiyoga doir tadqiqotlarini tahlil qilib, kichik intruziyalar o\u2018chog\u2018i bilan rudali jinslarning umumiyligini hamda magmatizm bosqichlari bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan ruda hosil bo\u2018lish jarayonlarining takrorlanib turishini ko\u2018rsatib berdi. Habib Abdullayevning so\u2018nggi asarlarida ayrim joylarda muayyan tipdagi magmatizm hodisalari ro\u2018y berishi va rudalar hosil bo\u2018lishi muammolari o\u2018rganilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayevning \u00abO\u2018rta Osiyoning metallogenik ocherki\u00bb (1949), \u00abRudalanishning granitoid intruziyalar bilan genetik bog\u2018liqligi\u00bb (1954 \u2014 57), \u00abDaykalar va rudalanish\u00bb (1957), \u00abRuda-petrografik provintsiyalari va ularni tasniflash masalalari\u00bb (1961) kabi asarlari jahonga mashhur bo\u2018ldi. \u00abRudalanishni granitoid intruzivlar bilan genetik bog\u2018liqligi\u00bb asari xorijiy olimlar taklifi bilan nemis, ingliz va xitoy tillariga tarjima qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev regional kengashlar, Xalqaro geologiya kongressining, bir necha sessiyalarning faol tashkilotchisi, qatnashchisi, kengash to\u2018plamlarining muhar-riri bo\u2018lgan. A. bir necha chet el geol. jamiyatlari a\u2019zosi edi. O\u2018zbekiston Respublikasi miqyosidagi ko\u2018pgina ilmiy va ilmiy-texnika jamiyatlariga, qo\u2018mitalariga boshchilik qilgan. Asarlari o\u2018zbek va rus tillarida nashr etilgan. Bular orasida O\u2018zbekistonda fan, ilmiy-texnika, iqtisodiyot va madaniyat ravnaqiga bag\u2018ishlanganlari anchagina.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev O\u2018zbekistondagina emas, balki butun O\u2018rta Osiyodagi geologik ishlab chiqarishda, ilmiy muassasalar va oliy o\u2018quv yurtlarida ishlaydigan katta jamoani birlashtirgan ilmiy maktabning tashkilotchisi va rahbari bo\u2018ldi. Ilmiy maktab olimlari Tyanshan tog\u2018laridagi jinslar asosida petrologiya va metallogeniya masalalarini hal qilish sohasida birgalikda ish olib bordilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev O\u2018zbekistonda iqtidorli yoshlardan fanning turli sohalarida, jumladan geol. bo\u2018yicha milliy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo\u2018shdi. Habib Abdullayev rahbarligida 7 kishi doktorlik, 28 kishi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev ToshPI (hozirgi ToshTU) geologiya-razvedka fakultetida geologiya oliy o\u2018quv yurtlari orasida birinchi bo\u2018lib Petrologiya va metallogeniya kafedrasini tashkil etdi va unga rahbarlik qildi. Urush davrida Habib Abdullayev hukumat a\u2019zosi va geolog olim sifatida front va front ichkarisini zarur resurslar bilan ta\u2019minlash va strategik ahamiyatdagi qazilma boyliklar qidirish va ishga solishda katta ishlarni amalga oshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev 1950 yildan umrining oxirigacha mineralogiya jamiyati O\u2018zbekiston bo\u2018limini boshqardi. 1960 yildan Frantsiya geologiya va Buyuk Britaniya Qirollik mineralogiya jamiyatlarining a\u2019zosi. Tanlangan asarlaridan 7 jildi nashr etilgan (1964 \u2014 69).<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayevning hayoti va ilmiy hamda jamoatchilik faoliyati haqida bir qancha olimlar muallifligida \u00abEsdaliklar\u00bb chiqarilgan. O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika institutiga va Toshkent shahridagi katta ko\u2018chalardan biriga, Uchtepa tumanidagi mahallaga, Toshkent metrosi stantsiyalaridan biriga, 193-maktabga, Ulug\u2018bek shaharchasida ko\u2018cha va boshqa ob\u2019ektlarga Habib Abdullayev nomi berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Geologiya va geofizika instituti binosiga, ToshTU geologiya-razvedka fakulteti binosiga yodgorlik taxtasi o\u2018rnatilgan. H. M. Abdullayev nomida \u00abOltin medal\u00bb ta\u2019sis etilgan (1992). O\u2018sh shahridagi katta ko\u2018chalardan biri, Habib Abdullayev tug\u2018ilib o\u2018sgan Aravondagi maktab va ko\u2018cha ham Habib Abdullayev nomi bilan atalgan. Geologiya va geofizika instituti qoshida Habib Abdullayev hayoti va ijodiga bag\u2018ishlangan muzey tashkil qilingan.<\/p>\n\n\n\n<p>Habib Abdullayev Toshkentdagi Chig\u2018atoy qabristoniga dafn qilingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abdullayev Habib Muhamedovich (1912.31.8, O\u2018sh shahri \u2014 1962.20.6, Toshkent) \u2014 geolog olim, davlat va jamoat arbobi, O\u2018zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1947), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1946). O\u2018rta Osiyo industriya institutining konchilik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/habib-abdullayev-1912-1962-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9181,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9176","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9176","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9176"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9176\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163830,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9176\/revisions\/163830"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9181"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9176"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9176"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9176"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}