{"id":9185,"date":"2021-11-09T16:27:48","date_gmt":"2021-11-09T13:27:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9185"},"modified":"2025-10-30T10:19:28","modified_gmt":"2025-10-30T07:19:28","slug":"hakim-nazir-1915-2008-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hakim-nazir-1915-2008-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Hakim Nazir (1915-2008) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsido\u2018z kosib oilasida tavallud topdi. Boshlang\u2018ich ma\u2019lumotni uyida onasi Malika otin maktabida olgan. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan oyoq-kiyim fabrikasida boshlagan, ishlab turib, kechki yshchi-yoshlar maktabida o\u2018qishni davom ettirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki bo\u2018limini, 1954\u20141956 yilda Moskvada Oliy Adabiyot kursini bitirgan.<\/p>\n\n\n\n<p>1933 yildan \u00abLenin uchquni\u00bb gazetasida ishlay boshlagan. Shundan beri 50 yil davomida uzluksiz bolalar matbuotida, respublika radioeshittirish Davlat qo\u2018mitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, bo\u2018lim mudiri, mas\u2019ul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hakim Nazirning adabiy faoliyati 30-yillarning o\u2018rtalaridan boshlangan bo\u2018lib, dastlabki mashq hikoyalari 1934 yilda \u00abLenin uchquni\u00bb, \u00abYosh kuch\u00bb, \u00abVojatiy\u00bb kabi gazeta-jurnallarda bosilgan. Birinchi kitobi \u00abQishloqdagi jiyanlarim\u00bb 1948 yilda nashr etilgan. Kattalar va bolalar uchun jami chop etilgan kitoblari 50 dan ortiq. Ularda odob-axloq, odamiylik, do\u2018stlik va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik haqida bahs boradi. Bolalarning rang-barang olamlari gavdalantiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Adibning \u00abPionerlar bog\u2018i\u00bb (1950), \u00abBesh baho\u00bb (1955), \u00abCho\u2018l havosi\u00bb (1958), \u00abYaxshi nom\u00bb (1962), \u00abMeni taniysizmi?\u00bb (1963), \u00abBolajonlarim\u00bb (1964), \u00abAli bilan Sher\u00bb (1971), \u00abBir og\u2018iz so\u2018z\u00bb (1982),\u00abBaqaloq va chaqaloq\u00bb(1998) kabi hikoyalar to\u2018plamlari shu jihatdan xarakterlidir.<\/p>\n\n\n\n<p>Adibning bolalar uchun yozgan qissalari orasida \u00abKo\u2018korol chiroqlari\u00bb (1954), \u00abYonar daryo\u00bb (1966), \u00abKenjatoy\u00bb (1976), \u00abTohir-Zuhra qissasi\u00bb (1985) va \u00abDadamni topib beringlar\u00bb (1991) kabi asarlarida yoshlarning boy, beg\u2018ubor va sirli ichki olami, mehnatga, oila va muhabbatga, hayotga bo\u2018lgan munosabatlari ifoda etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Yozuvchining \u00abLochin qanotlari\u00bb (1973) romani o\u2018zbek bolalar va o\u2018smirlar adabiyotida juda kam yoritilgan urush mavzusiga bag\u2018ishlangan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hakim Nazir dramaturg sifatida \u00abChiranma g\u2018oz \u2014 hunaring oz\u00bb pesasi bilan o\u2018zbek bolalar dramaturgiyasi rivojiga o\u2018z hissasini qo\u2018shgan. Asar ko\u2018p yillar davomida Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qo\u2018yilgan va qo\u2018yilmokda.<\/p>\n\n\n\n<p>Yozuvchi ijodida kattalar uchun yozilgan hikoyalar, ocherklar va qissalar ham yetakchi o\u2018rinni egallaydi. Jumladan, \u00abMusobaqadoshlar\u00bb (1950), \u00abOdamning qadri\u00bb (1958), \u00abO\u2018tlar tutashganda\u00bb (1960), \u00abOnaizor\u00bb (1961), \u00abAziz odam\u00bb (1964), \u00abShoshilinch telegrammalar\u00bb (1987) kabi hikoyalar va ocherklar to\u2018plamlari, \u00abSuv gadosi\u00bb (1962) va \u00abKo\u2018kterak shabadasi\u00bb (1988) kabi qissalari shular jumlasidandir.<\/p>\n\n\n\n<p>Hakim Nazirning 50 yilligi munosabati bilan ikki jildlik \u00abTanlangan asarlari\u00bb (1969\u20141970), 60 yilligi munosabati bilan besh jildlik \u00abTanlangan asarlari\u00bb (1977\u20141981) chop etilgan. Yozuvchining 80 yilligi munosabati bilan uning ikki yangi kitobi bosilgan \u2014 biri \u00abOq fotiha yoki bolalik sarguzashtlarim\u00bb xotira-qissasi (1995), ikkinchisi esa \u00abYodimdasiz, azizlarim\u00bb (1995) esdaliklaridir.<\/p>\n\n\n\n<p>Hakim Nazirning o\u2018nlab kitoblari rus, qozoq, kirg\u2018iz, turkman, tojik, gruzin, arman, ukrain, belorus, latish, litva, eston, nemis, frantsuz, ispan, bulg\u2018or, chex, mo\u2018g\u2018ul tillariga ag\u2018darilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Uning nashr etilgan asarlarining umumiy tiraji bir yarim milliondan oshib ketgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hakim Nazir besh jildlik \u00abTanlangan asarlari\u00bb uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo\u2018lgan (1981). 1984 yilda unga \u00abO\u2018zbekiston xalq yozuvchisi\u00bb faxriy unvoni berilgan. U Xans Kristian Andersen nomidagi Xalqaro Faxriy diplom bilan ham mukofotlangan (1984), \u00abEl-yurt hurmati\u00bb ordeni bilan mukofotlangan (2000).<\/p>\n\n\n\n<p>Hakim Nazir 2008 yil 15 may kuni vafot etgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsido\u2018z kosib oilasida tavallud topdi. Boshlang\u2018ich ma\u2019lumotni uyida onasi Malika otin maktabida olgan. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan oyoq-kiyim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hakim-nazir-1915-2008-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9189,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9185","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9185","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9185"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9185\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163246,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9185\/revisions\/163246"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9189"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9185"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9185"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9185"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}