{"id":9230,"date":"2021-11-09T16:52:05","date_gmt":"2021-11-09T13:52:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9230"},"modified":"2025-10-30T10:14:58","modified_gmt":"2025-10-30T07:14:58","slug":"hoji-muin-1883-1942-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hoji-muin-1883-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Hoji Muin (1883-1942) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2018tgan asrning boshida Vatan ozodligi, xalqning ma\u2019rifati, millatning taraqqiysi uchun kurashgan ilg\u2018or ma\u2019rifatparvar ziyolilarning safida Hoji Muin Shukrullo o\u2018g\u2018li ham bor edi. Hoji Muin 1883 yil 19 martda Samarqandda tug\u2018ilgan. Otasi Shukrullo savdogar bo\u2018lib, 32 yoshida vafot etadi. O\u2018n ikki yoshida ham ota, ham onasidan ayrilgan Hoji Muin Ruhobod guzarining masjid imomi bo\u2018lgan bobosi Mirsaid Sharif o\u2018g\u2018li tarbiyasida qoladi.&nbsp; Bu davrda uning xat-savodi chiqib bo\u2018lgan, bobosi tarbiyasida arab tili qoidalarini va diniy ilmlarni o\u2018rgana boshlagan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018z davrining taniqli ziyolilaridan bo\u2018lgan Sayidahmad Vasliy bilan tanishgandan (1900 yili) keyin bu bilimlarni mukammallashtirishga imkoniyat tug\u2018ildi. Vasliy unga arab tili qoidalarini o\u2018rgatibgina qolmay, balki she\u2019riyatga bo\u2018lgan muhabbatini ham kuchaytirdi, shu bilan birga, uni o\u2018z davrining ma\u2019rifatparvarlari davrasiga olib kirdi. Hoji Muin 1901 yili eski maktabda muallimlik faoliyatini boshlaydi. Bu sohadagi muayyan tajribalar natijasida va, albatta, Abduqodir Shakuriyning maktabi ta\u2019sirida 1903 yili Xo\u2018ja Nisbatdor mahallasida o\u2018zi yangi usuldagi maktab ochadi. Xuddi ana shu yili Vasliyning uyida Mahmudxo\u2018ja Behbudiy bilan tanishuvi uning hayotida yangi davrni boshlab berdi. Ayniqsa, Behbudiyning \u00abMuxtasari jug\u2018rofiyai umumiy\u00bb nomli asari Hoji Muinda juda katta taassurot qoldiradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Jadid muallimlari qatorida Hoji Muin ham darsliklar yozib, chop ettirdi. U 1908 yili fors tilida \u00abRahnamoi savod\u00bb, I. Rahmatullazoda bilan hamkorlikda o\u2018zbek tilida \u00abO\u2018qituvchi\u00bb nomli alifbo kitoblarini yozadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hoji Muin mashhur ma\u2019rifatparvar A. Shakuriyning iltimosi bilan bolalar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo\u2018lgan bir qancha she\u2019rlarni turkiydan forsiyga tarjima qiladi. Keyinchalik M. Behbudiy ko\u2018magida ularni \u00abGuldastai adabiyot\u00bb nomi bilan to\u2018plam holida chop ettiradi. Bu to\u2018plamga u o\u2018z she\u2019rlarini ham kiritgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abGuldastai adabiyot\u00bb Hoji Muin tomonidan tuzilgan yagona she\u2019riy to\u2018plam bo\u2018lib, undagi \u00abXitob va go\u2018daki beilm\u00bb, \u00abNasihat\u00bb, \u00abMuxammas\u00bb, \u00abIttifoq\u00bb, \u00abShikoyat\u00bb, \u00abE\u2019tirof\u00bb kabi she\u2019rlar o\u2018ziniki, qolganlari esa tarjima she\u2019rlardir.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahmudxo\u2018ja Behbudiyning \u00abPadarkush\u00bb pesasini matbuotda olqishlab chiqqan Hoji Muin tez orada o\u2018zi ham sahna asarlari yoza boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Dramaturgning \u00abEski maktab, yangi maktab\u00bb pesasida eski usul maktabi bilan yangi usul maktabi o\u2018quv tizimidagi farq tasvirlanib, \u00abusuli jadid\u00bb maktabi olqishlansa, \u00abTo\u2018y\u00bb, \u00abKo\u2018knori\u00bb, \u00abMazluma xotin\u00bb kabi sahna asarlarida xalq orasida urfga kirib qolgan yomon odatlar qoralanadi. Bulardan tashqari, Hoji Muin \u00abMaorif qurbonlari\u00bb, \u00abJuvonbozlik qurbonlari\u00bb, \u00abBoy ila xizmatkor\u00bb, \u00abQozi ila muallim\u00bb kabi pesalar ham yozgan.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018sha davr vaqtli matbuotida faol ishtirok etgan Hoji Muin o\u2018z kundaligida yozishicha, 1907-37 yillar davomida 23 xil gazeta va jurnallarda 200 tacha maqola, 400 tacha xabar hamda o\u2018zbek va tojik tillaridagi 1500 misraga yaqin she\u2019rlari bilan qatnashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hoji Muinning nomi \u00abMehnatkashlar tovushi\u00bb gazetasi hamda \u00abTayoq\u00bb, \u00abMashrab\u00bb kabi jurnallarning birinchi muharriri va tashkilotchisi sifatida ham tarixda qoldi. U Abdurauf Fitratning 1911 yilda yozilgan \u00abHindistonda bir farangi bilan buxoroli bir mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg\u2018on munozarasi\u00bb nomli asarini fors tilidan o\u2018zbek tiliga tarjima qilib, 1912 yili \u00abTurkiston viloyatining gazeti\u00bbda chop ettiradi. Keyinchalik alohida kitob holida nashr qiladi. Duriyning \u00abAqidai islomiya\u00bb asarini o\u2018zbek tilidan tojik tiliga tarjima qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hoji Muinning taqdiri boshqa safdoshlari kabi fojiali kechdi. 1929 yil boshlangan qatag\u2018onda birinchilardan bo\u2018lib u ham qamaladi. 1932 yilgacha qamoqda yotadi. Hoji Muin Shukrullayev 1938 yil yanvarda yana qamoqqa olinib, 1942 yil Solikamsk qamoq lagerlaridan birida olamdan o\u2018tdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018tgan asrning boshida Vatan ozodligi, xalqning ma\u2019rifati, millatning taraqqiysi uchun kurashgan ilg\u2018or ma\u2019rifatparvar ziyolilarning safida Hoji Muin Shukrullo o\u2018g\u2018li ham bor edi. Hoji Muin 1883 yil 19 martda Samarqandda tug\u2018ilgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hoji-muin-1883-1942-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9234,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9230","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9230","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9230"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9230\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163222,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9230\/revisions\/163222"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9234"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9230"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9230"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9230"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}