{"id":9231,"date":"2021-11-09T16:52:41","date_gmt":"2021-11-09T13:52:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9231"},"modified":"2025-10-30T10:14:55","modified_gmt":"2025-10-30T07:14:55","slug":"hojiakbar-shayxov-1945-2002-kim-bolganini-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hojiakbar-shayxov-1945-2002-kim-bolganini-bilasizmi\/","title":{"rendered":"Hojiakbar Shayxov (1945-2002) kim bo&#8217;lganini bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Hojiakbar Shayxov (1945.25.3, Shinjon, Xitoy \u2014 2002.27.5, Toshkent) \u2014 fantast yozuvchi va publitsist. O\u2018zbek ilmiy-badiiy fantastikasining asoschilaridan. O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi (1997).<\/p>\n\n\n\n<p>Ota-bobolari asli toshkentlik bo\u2018lib, Sharqiy Turkistonga ko\u2018chib ketishgan va 1955 yil vataniga qaytishgan. Toshkent politexnika intining energetika fakultetini tugatgan (1971).<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018zbekiston Fanlar Akademiyasi Elektronika institutida yetakchi muhandis (1978\u201481), \u00abYosh gvardiya\u00bb nashriyotida bo\u2018lim mudiri (1981\u201484), O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo\u2018yicha o\u2018rinbosari (1984\u201489), 1999\u20142000 yillarda \u00abSirli olam\u00bb jurnali va uning ilovasi \u2014 \u00abQalb ko\u2018zi\u00bb gazetasining asoschisi va bosh muxarriri. \u00abYozuvchi\u00bb nashriyotining direktori (1996\u20142000), O\u2018zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisining birinchi o\u2018rinbosari (2001 yildan) bo\u2018lib ishlagan.<\/p>\n\n\n\n<p>Hojiakbar Shayxov 30 dan ziyod ilmiy-fantastik hikoyalar, qissalar va romanlar muallifi. \u00abRene jumbog\u2018i\u00bb (1977), \u00abZalvorli odimlar\u00bb (1977), \u00abEttinchi operatsiya\u00bb (1979), \u00abG\u2018aroyib ko\u2018lanka\u00bb (1980), \u00abOlmos jilosi\u00bb (1983), \u00abSo\u2018nggi ajdarning halokati\u00bb (1985), \u00abHayotbaxsh xayollar\u00bb (1985), \u00abAjdodlar xotirasi\u00bb (1986), \u00abYonar dare\u00bb (1986), \u00abMaktab sahnasi\u00bb (1988), \u00abSehrli qiz\u00bb (1989), \u00abTelba dunyo\u00bb (1990), \u00abTutash olamlar\u00bb (1996), \u00abJodugarning eri\u00bb (1999), \u00abIkki jahon ovorasi\u00bb (2001) va b. fantastik qissa va romanlari bor.<\/p>\n\n\n\n<p>Asarlarida ezgulik va yovuzlik, to\u2018g\u2018rilik va egrilik, bag\u2018rikenglik va xudbinlik o\u2018rtasidagi kurash ilmiyfantastik shakllarda o\u2018ziga xos yo\u2018sinda aks ettirilgan. Voqealar silsilasi qanchalik g\u2018ayritabiiy, qahramonlar esa qanchalik g\u2018aroyib bo\u2018lmasin, voqealar Yerdagina emas, butun koinotda, qo\u2018shni sayyoralarda ro\u2018y bermasin, ular oxir-oqibat qay bir tomonlari b-n odamlarning bugungi hayoti va tashvishlariga bog\u2018lanib ketgan. \u00abFan fidoyisi\u00bb (1987), \u00abZamin shaydosi\u00bb (1990) publitsistik asarlari ham chop etilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>\u00abG\u2018aroyib ko\u2018lanka\u00bb, \u00abRene jumbog\u2018i\u00bb, \u00abOlmos jilosi\u00bb singari asarlari keng kitobxonlar orasida shuhrat qozondi, jahonning bir necha tillariga tarjima qilindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Hojiakbar Shayxov o\u2018zbek adabiyotida fantastika janrining asoschisi sifatida e\u2019tirof etilgan. AQShda nashr qilingan jahonning eng yetuk fantast yozuvchilari haqidagi entsiklopediyaga o\u2018zbek adabiyotining vakili sifatida aynan Hojiakbar Shayxovning nomi kiritilgani ham buning yorqin dalilidir. Adibning keyingi yillarda yaratgan \u00abTutash olamlar\u00bb trilogiyasi mustaqillik davri adabiyoti rivojiga qo\u2018shilgan munosib hissa bo\u2018ldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hojiakbar Shayxov (1945.25.3, Shinjon, Xitoy \u2014 2002.27.5, Toshkent) \u2014 fantast yozuvchi va publitsist. O\u2018zbek ilmiy-badiiy fantastikasining asoschilaridan. O\u2018zbekistonda xizmat ko\u2018rsatgan madaniyat xodimi (1997). Ota-bobolari asli toshkentlik bo\u2018lib, Sharqiy Turkistonga ko\u2018chib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/hojiakbar-shayxov-1945-2002-kim-bolganini-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9236,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[100],"tags":[],"class_list":["post-9231","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-adabiyot","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9231","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9231"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9231\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":163221,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9231\/revisions\/163221"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9236"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9231"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9231"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9231"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}