{"id":92312,"date":"2023-07-20T12:26:07","date_gmt":"2023-07-20T09:26:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=92312"},"modified":"2023-07-20T12:26:09","modified_gmt":"2023-07-20T09:26:09","slug":"xazar-xoqonligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xazar-xoqonligi\/","title":{"rendered":"Xazar xoqonligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Xazar xoqonligi &#8212; G&#8217;arbiy turk xoqonligi parchalanishi natijasida 7-asr o&#8217;rtalarida quyi Volgabo&#8217;yi va shimoliy Kavkazning Sharkiy qismida vujudga kelgan ilk o&#8217;rta asr davlati. Xazar xoqonligini turkiy Ashina xonadoni sulolasi boshqargan. 8-asr boshiga qadar xoqonlik poytaxti Dog&#8217;istondagi Samandar shahri, so&#8217;ngra quyi Volgadagi Itil shahri bo&#8217;lgan. 7-asrning 2-yarmida xazarlar Buyuk Bulg&#8217;oriya davlati tarkibiga kiradigan Azovbo&#8217;yi bulg&#8217;orlarining bir qismini tobe etganlar (qolgan qismi mag&#8217;lubiyatdan so&#8217;ng O&#8217;rta Volgaga, qolgani Dnepr ortiga, Dunay tomonga ketgan), shuningdek, Dog&#8217;istonning dengiz bo&#8217;yidagi Gunnsavirlar podsholigini bo&#8217;ysundirganlar. Kavkaz Albaniyasi Xazar xoqonligiga o&#8217;lpon to&#8217;lagan. Vizantiya Zakavkazeda o&#8217;rnashib olgan Arab xalifaligiga qarshi Xazar xoqonligi bilan ittifoq tuzgan. 8-asr boshiga kelib xazarlar shimoliy Kavkaz, Azovbo&#8217;yi, Qrimning (Vizantiyadan tortib olingan) katta qismi, shuningdek, Sharqiy Yevropaning Dneprgacha cho&#8217;zilgan hududiga egalik qilganlar. Ayni vaqtda ular Zakavkazeni qo&#8217;lga kiritish uchun arablar bilan kurash olib borganlar. 795 yil Kaspiy yo&#8217;lagi va daryoli orqali arablar Xazar xoqonligi hududiga bostirib kirishgan va xoqon (qag&#8217;an) qo&#8217;shinini tormor keltirishgan. Xoqon va uning mulozimlari Islom dinini qabul qilgan, biroq aholining aksariyati uni qabul qilmagani uchun ular ham dindan qaytganlar. 8-asrning 1-yarmida (taxminan 731 yil) Shimoliy Dog&#8217;istondagi xazarlarning bir qismi iudaizm (yahudiylik) ni qabul qilgan (shimoliy Dog&#8217;istonga sosoniylar Eroni, keyinchalik Vizantiya tomonidan quvg&#8217;in qilingan yahudiylar, jumladan, Knyaz bulan degan shaxs kelib joylashgandi). 8-asr oxiri \u2014 9-asr boshida Bulanning avlodlaridan biri \u2014 Obadiya Xazar xoqonligi taxtiga o&#8217;tirgan va iudaizmni davlat dini deb e&#8217;lon qilgan. Biroq bu boshqa xazar aslzodalarining noroziligiga sabab bo&#8217;lib, mamlakatda qo&#8217;zg&#8217;olon boshlangan. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Volga ortidan mad&#8217;yarlarni, Obadiya esa ko&#8217;chmanchi g&#8217;uzlarni yordamga chaqirgan. Qo&#8217;zg&#8217;olon bostirilgan, mad&#8217;yarlar Dnepr ortiga chekinganlar, ular bilan birga tirik qolgan isyonchilar (Kabarlar) ham ketgan. Qrimdagi gotlar va boshqa xalqlar Xazar xoqonligidagi notinch vaziyatdan foydalanib Vizantiya homiyligiga o&#8217;tishgan. Shu yillarda Don bo&#8217;yida Sarkel qal&#8217;asi qurilgan, u G&#8217;arbdan Itilga keladigan savdo yo&#8217;lini muhofaza etishga mo&#8217;ljallangan. 9-asr oxirida shimoliy Qora dengiz bo&#8217;yiga bijanaklar (pecheneglar) bosib kirib Xazar xoqonligiga qaram bo&#8217;lgan mad&#8217;yarlarni Dunaybo&#8217;yiga haydab yuborishgan (895). Xazar xoqonligining asosiy raqibi qad. Rus davlati bo&#8217;lgan. 9-asrdan rus drujinalari Kaspiy dengiziga qadar kelib, xazarlar uchun o&#8217;ta muhim bo&#8217;lgan Kaspiyvolga savdo yo&#8217;liga fob bo&#8217;lishgan. 913\/914 va 943\/944 yillarda rus qo&#8217;shinlari Xazariya hududidan o&#8217;tib Kaspiy bo&#8217;yini gorat qilganlar. 964\/965 yil rus knyazi Svyatoslav Igorevich Volgaga yurish qilib, Xazar xoqonligini tormor keltirgan. Itil va Samandar vayron etilgan. Sarkel shahri bosib olingan. 10-asrning 2-yarmida xazarlar Islomni qabul qilish va tobe bo&#8217;lish evaziga Xorazm yordamida vaziyatni tiklamoqchi bo&#8217;lganlar. Biroq ichki nizolar, ko&#8217;chmanchi xalqlar (bijanaklar, g&#8217;uzlar)ning bosqinlari, 964\/965 yildagi mag&#8217;lubiyat va boshqalar natijasida 10-asr oxiriga kelib Xazar xoqonligi barham topgan. Ad.: Artamonov M.I., Istoriya xazar, L., 1962; Pletneva S.A., Ot kocheviy k go- rodam, M., 1967. Faxriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xazar xoqonligi &#8212; G&#8217;arbiy turk xoqonligi parchalanishi natijasida 7-asr o&#8217;rtalarida quyi Volgabo&#8217;yi va shimoliy Kavkazning Sharkiy qismida vujudga kelgan ilk o&#8217;rta asr davlati. Xazar xoqonligini turkiy Ashina xonadoni sulolasi boshqargan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/xazar-xoqonligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[209],"tags":[],"class_list":["post-92312","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-x-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92312","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=92312"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92312\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":92314,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92312\/revisions\/92314"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=92312"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=92312"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=92312"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}