{"id":92535,"date":"2023-07-21T09:02:21","date_gmt":"2023-07-21T06:02:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=92535"},"modified":"2023-07-21T09:02:26","modified_gmt":"2023-07-21T06:02:26","slug":"shayboniylar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shayboniylar-2\/","title":{"rendered":"Shayboniylar"},"content":{"rendered":"\n<p>Shayboniylar &#8212; Buxoro xonligini boshqargan sulola (1500-1601). Shayboniyxon asos solgan. Shayboniyxon 15- asr oxiri va 16-asr boshlarida toj-taxt uchun o&#8217;zaro kurashayotgan temuriy shahzodalarning o&#8217;zaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan. Keyinchalik Movarounnahrning qolgan hududi va Xuroson ham bu davlat tarkibiga kiritildi. Ismoil I Safaviy bilan bo&#8217;lgan jangda Shayboniyxon o&#8217;ldirilgach (1510), Ko&#8217;chkunchixon xon qilib ko&#8217;tarilgan. Uning vafotidan so&#8217;ng o&#8217;g&#8217;li Abu Saidxon qisqa muddat (1530\u2014 33) hukmronlik qildi. Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon davrida poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko\u2019chirilgan va davlatning rasmiy nomi Buxoro xonligi deb ataladigan bo&#8217;lgan. Xususan, Ubaydullaxon Shayboniylar sulolasini saklab qolish va uni mustahkamlashda muhim rol o&#8217;ynadi. Ubaydullaxon vafot etgach (1540), xonlik qisqa muddat 3 qismga bo&#8217;linib, Buxoroda Abdulazizxon, 1557 yildan Abdulla Sulton (Abdullaxon II; Iskandarxonning o&#8217;g&#8217;li); Samarqandda Abdullaxon I, Abdullatifxon, Baroqxon; Balxda Pirmuhammadxon hukmronlik qilishgan. Abdullaxon II bu tarkrklikka barham berib, xonlik hududini birlashtirgan va uni yanada kengaytirgan. Abdullaxon II vafot etgach, uning o&#8217;g&#8217;li Abdulmo&#8217;minxon va amakivachchasi Pirmuhammadxon II (Sulaymon sultonning o&#8217;g&#8217;li) qisqa muddat xon bo&#8217;lishgan. 16-asr oxiri \u2014 17-asr boshlaridagi murakkab qaramaqarshiliklar natijasida Shayboniylar hokimiyatdan ayrilishdi. So&#8217;nggi Shayboniy Pirmuhammadxon II o&#8217;ziga qarshi chiqqan Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan 1601 yil iyunda Samarqand yaqinidagi bog&#8217;i shamolda bo&#8217;lgan jangda mag&#8217;lubiyatga uchragach, taxtni topshirishga majbur bo&#8217;ldi. Shunday qilib, 1601 yildan Buxoro xonligini yangi turkiy sulola \u2014 Ashtarxoniylar (Joniylar) boshqarishga kirishgan. Manbalar: Muhammad Solih, Shayboniynoma, T., 1989; Hofiz Tanish al- Buxoriy, Abdullanoma (1\u20142-kitoblar), T., 1999\u2014 2000; Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 2002; Mirzo Muhammad Xaydar, tarixi Rashidi, T., 1996. Ad.: Materiali po istorii Sred- ney i Tsentralnoy Azii XXIX vv., T., 1988; Istoriya Uzbekistana (XVI\u2014Pervaya polovina XIX veka), t. 3, T., 1993; O&#8217;zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, T., 2000; O&#8217;zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shayboniylar &#8212; Buxoro xonligini boshqargan sulola (1500-1601). Shayboniyxon asos solgan. Shayboniyxon 15- asr oxiri va 16-asr boshlarida toj-taxt uchun o&#8217;zaro kurashayotgan temuriy shahzodalarning o&#8217;zaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/shayboniylar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[211],"tags":[],"class_list":["post-92535","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sh-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92535","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=92535"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92535\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":92539,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/92535\/revisions\/92539"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=92535"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=92535"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=92535"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}