{"id":9267,"date":"2021-11-10T13:00:41","date_gmt":"2021-11-10T10:00:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=9267"},"modified":"2021-11-10T13:00:42","modified_gmt":"2021-11-10T10:00:42","slug":"anjir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anjir\/","title":{"rendered":"ANJIR"},"content":{"rendered":"\n<p>ANJIR (Ficus carica L.) \u2014 tutdoshlar (anjirgullilar) oilasiga mansub subtropik meva turi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning Janubda, AQShda katta maydonlarni egallaydi, Kavkaz, O&#8217;rta Osiyo, Qrimda ham yetishtiriladi. Yovvoyi holda O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yi, kichik Osiyo, Eron, Shimoliy-g&#8217;arbiy Hindistonda o&#8217;sadi. Anjir juda qadimdan madaniylashtirilgan o&#8217;simlik hisoblanadi (Osiyoda 5 ming yildan, Yevropada kamida 2 ming yildan beri). Botanik tavsifi. Anjir daraxtining bo&#8217;yi 4 \u2014 10 metr, shoxlari qalin, yoyilib o&#8217;sadi, novda, barg va mevasida sutsimon shira bor. Bargi yirik, 3 \u2014 7 bo&#8217;lmali, ba&#8217;zan bo&#8217;lmasiz, to&#8217;q yashil, orqasida tuklari bor. Bir yilda 2 \u2014 3 marta gullaydi (aprel \u2014 may, iyun \u2014 iyul, avgust). Mayda bir jinsli gullardan iborat to&#8217;pguli bo&#8217;lajak &#171;meva&#187; ichida bo&#8217;lib, mayda blastofaga arilar yordamida changlanadi, ba&#8217;zilari esa changlanmasdan (partenogenez) va urug&#8217; tugmasdan meva qiladi. Mevasida 20 \u2014 24% qand, 0,5 \u2014 4,2% pektin moddalari, 3,4 \u2014 7,4% klechatka, 0,1% gacha organik kislotalar, karotin, kaltsiy, temir, fosfor va boshqalar bor. Biologik xususiyatlari. Anjir asosan bir yillik pishgan novda qalamchalaridan ko&#8217;paytiriladi. 2 \u2014 3 yoshdan meva tugib, 7 \u2014 10 yoshda g&#8217;arq hosilga kiradi, 50 \u2014 80 yil meva beradi, 150 \u2014 200 yilgacha yashaydi. Bir tupi 50 kilogrammgacha meva qiladi. Anjir bir mavsumda ikki marta hosil beradi. Birinchi hosil (xoki anjir) ancha kam bo&#8217;lib iyun \u2014 iyul oylarida, ikkinchisi (asosiy) hosil sentabr oyida pishadi. Xo&#8217;jalik ahamiyati. Ho&#8217;lligicha yoki qoqi hamda konserva holida iste&#8217;mol qilinadi, jem, murabbo tayyorlanadi. Xalq amaliyotida Anjir bargi uzum va mevalarni quritishda ishqor sifatida, &#171;suti&#187; teri kasalliklarini (kal, so&#8217;gal, temiratki), chayon va ari chaqqan joylarni davolashda ishlatiladi. Agrotexnikasi. Anjir to&#8217;plari sovuqqa chidamsiz bo&#8217;lganidan O&#8217;zbekiston sharoitida qishda ko&#8217;milib, bahorda ochiladi. Anjir namga ancha talabchan, yengil va serunum tuproqda yaxshi o&#8217;sadi. Sho&#8217;rlangan yoki shag&#8217;alli tuproqlarda deyarli o&#8217;smaydi. Anjir tupiga 3 \u2014 4 ta asosiy tanali buta ko&#8217;rinishida shakl beriladi. Yozda bir-ikki marta shu yili chiqqan qalinlashtiruvchi novdalar, g&#8217;ovlagan novdalar, qurigan shoxlar kesib tashlanadi. Anjirzor bog&#8217;lar vegetasiya davrida 9-10 marta sug&#8217;oriladi. O&#8217;zbekistonda kadeta, sariq anjir, qora anjir, chapla va boshqa navlari ko&#8217;p ekiladi. Navlari. Kadota. Mevasi o&#8217;rtacha (35 \u2014 40 gramm), dumaloq-nok shaklida, sarg&#8217;ish, sal tilimli. Eti och sariq, jigarrang tovlanadi, yumshoq, shirin. Tupi 45 \u2014 50 kilogramm hosil beradi. 30% qoqi tushadi, qoqi tarkibida 71 \u2014 72% qand bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Sariq Anjir Jaydari nav. Mevasi yirik (50 \u2014 60 gramm), sariq, yassi, sal tilimli. Eti sersuv, yumshoq, shirin. 25% qoqi tushadi, qoqining tarkibida 63 \u2014 70% qand bo&#8217;ladi. Tupi 40 \u2014 50 kilogramm hosil beradi. O&#8217;zbekistonning hamma viloyatlarida tarqalgan bo&#8217;lib, anjirzorning 80 \u2014 90% ini tashkil etadi. Qora Anjir Mevasi o&#8217;rtacha (35 \u2014 45 gramm), nok shaklida, to&#8217;q binafsha rangda, tilimli. Eti sarg&#8217;ish, yumshoq, shirin. Tupi 40 \u2014 50 kilogramm hosil beradi. 30 \u2014 35% qoqi tushadi, qoqi tarkibida 70 \u2014 72% qand bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Chapla. Mevasi o&#8217;rtacha (35 \u2014 45 gramm), dumaloq-nok shaklida, och jigarrang, sal tilimli, siyrak tuk bilan qoplangan. Eti yumshoq, shirin, ichi havol. 28 \u2014 30% qoqi tushadi, qoqi tarkibida 70 \u2014 75% qand bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Ad.: Ribakov A. A.,Ostrouxova S. A., O&#8217;zbekiston mevachiligi, T., 1967. Rixsivoy Jo&#8217;rayev.<\/p>\n\n\n\n<p>ANJIR, anjirgul \u2014 anjirsimon naqsh; amaliy bezak san&#8217;ati (o&#8217;ymakorlik, kulollik va boshqalar) da keng qo&#8217;llaniladi. Anjir qadash usuli bilan yaratiladi. Anjir sopol buyumlarning chetlariga hoshiya shaklida ishlanadi. Xalq ustalari bu usuldan qadim zamonlardan beri keng foydalanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ANJIR (Ficus carica L.) \u2014 tutdoshlar (anjirgullilar) oilasiga mansub subtropik meva turi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning Janubda, AQShda katta maydonlarni egallaydi, Kavkaz, O&#8217;rta Osiyo, Qrimda ham yetishtiriladi. Yovvoyi holda O&#8217;rta dengiz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/anjir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-9267","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9267","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9267"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9267\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9270,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9267\/revisions\/9270"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9267"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9267"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9267"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}