{"id":93413,"date":"2023-07-22T19:25:22","date_gmt":"2023-07-22T16:25:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93413"},"modified":"2023-07-22T19:25:25","modified_gmt":"2023-07-22T16:25:25","slug":"javdar-qora-bugdoy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/javdar-qora-bugdoy\/","title":{"rendered":"Javdar, qora bug&#8217;doy"},"content":{"rendered":"\n<p>Javdar, qora bug&#8217;doy (Secale) \u2014 g&#8217;alladoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, don ekini. 13 turidan 11 tasi yovvoyi bo&#8217;lib, kichik va O&#8217;rta Osiyoda, Eron, Afg&#8217;oniston, Zakavkaze, Janubiy Afrikada o&#8217;sadi, qolgan 2 turidan biri \u2014 dalalarda begona o&#8217;t tariqasida uchraydi (S. segetale), biri asosan shim. yarim shar mamlakatlarida yetishtiriladigan madaniy yoki ekiladigan Javdar (S. cereale) dir. Javdarning vatani Kavkaz, Kichik va O&#8217;rta Osiyoning tog&#8217;oldi mintaqalari. Kuzgi va bahorgi shakllari bor, asosan kuzgisi ekiladi. Jahon bo&#8217;yicha ekin maydoni 9,9 million gektar o&#8217;rtacha hosildorlik 20,3 ts\/ga, yalpi hosili 20,1 million tonna (1999). Asosan Yevropa mamlakatlarida ko&#8217;p ekiladi (Polshada \u2014 2,2, Rossiyada 3,5, Ukrainada 0,6 million gektar). O&#8217;zbekistonda Javdar kam ekiladi (8 ming gektar, 1999). Javdar ildiz tizimi popuk ildiz, baquvvat, yerga asosan 120 santimetr (ayrim ildizlari 2 metr) gacha kirib boradi. Poyasi poxol, 5-6 bo&#8217;g&#8217;imdan iborat, bo&#8217;yi 60 santimetrdan 2-2,5 metrgacha. Bitta o&#8217;simlikda 4-8 ta poya bo&#8217;ladi. Bargi barg qini va xanjarsimon uchli barg plastinkasidan iborat: to&#8217;pguli \u2014 boshoq, gullari ikki jinsli, mevasi don, yalang&#8217;och, cho&#8217;zinchoq, asosan kulrang. Javdar chetdan changlanadigan o&#8217;simlik. Javdardan oziq-ovqat, yem-xashak va texnika maqsadlarida foydalaniladi. Javdar non (bug&#8217;doy non bilan birgalikda) eng muhim oziq-ovqat mahsulotidir. Yormasi va ko&#8217;k massasi, uni chorva mollari uchun qimmatli ozuqa; donidan aralash ozuqa, spirt va kraxmal, patoka ishlab chiqariladi, somonidan qog&#8217;oz, tsellyuloza, lignin va boshqalar olinadi, shuningdek, mollarga yediriladi va to&#8217;shama o&#8217;rnida foydalaniladi. Kuzgi Javdarning faol vegetatsiya davri (120-150 sutka) ikkiga bo&#8217;linadi: vegetativ organlari rivojlanib boradigan kuzgi davr (40-50 sutka) va generativ organlari shakllanadigan va o&#8217;simlik hosil beradigan bahorgi- yozgi davr (75-100 sutka). Urug&#8217;i 1-2\u00b0 issiqda unib chiqadi, maysalari sovuqqa chidamli. Javdar aprelning oxiri \u2014 mayning boshlarida boshoq chiqaradi, iyun oyida pishadi. Sug&#8217;oriladigan mintaqalarda kuzgi Javdarni makkajo&#8217;xori, g&#8217;o&#8217;za, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan bo&#8217;shagan unumdor erlarga ekish tavsiya etiladi. O&#8217;zbekistonda sug&#8217;oriladigan yerlarda, asosan, kuzda 4-6 santimetr chuqurlikda ekiladi (gektariga 2-2,5 ts urug&#8217; sarflanadi). Sug&#8217;oriladigan yerlarda hosildorligi 20-50 ts\/ga, bahorikor yerlarda 10-20 ts\/ ga boradi. Ba&#8217;zi joylarda Javdarni oraliq ekin tariqasida ko&#8217;katini mollarga berish uchun ham ekiladi. Navlari. Javdarning Vyatka, Kozon, duragay 2, Vaxsh 116 (bahori) va boshqalar ekiladi. Zararkunandalari: shved pashshasi, Gessen pashshasi, kuzgi pashshalar, xasva va boshqalar. Kasalliklari: ildiz chirish, qorakuya, qorako&#8217;sov va boshqalar. Ad.: Yormatova D., Dala ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi, T., 2000. Qo&#8217;ziboy Dushamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Javdar, qora bug&#8217;doy (Secale) \u2014 g&#8217;alladoshlar oilasiga mansub bir yillik va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, don ekini. 13 turidan 11 tasi yovvoyi bo&#8217;lib, kichik va O&#8217;rta Osiyoda, Eron, Afg&#8217;oniston, Zakavkaze, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/javdar-qora-bugdoy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93413","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93413","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93413"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93413\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93415,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93413\/revisions\/93415"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93413"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93413"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93413"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}