{"id":93453,"date":"2023-07-23T10:52:32","date_gmt":"2023-07-23T07:52:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93453"},"modified":"2023-07-23T10:52:35","modified_gmt":"2023-07-23T07:52:35","slug":"jalolobod-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jalolobod-viloyati\/","title":{"rendered":"Jalolobod viloyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Jalolobod viloyati &#8212; Qirg&#8217;iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Mamlakatning Janubiy qismida joylashgan. 1930 yil 21 noyabrda tashkil etilgan (1958-89 yillarda O&#8217;sh viloyati tarkibida, 1990 yildan alohida viloyat). Shimol va shimoli-g&#8217;arbdan Qirg&#8217;izistonning Talas va Chu; Sharq va shimoli-sharqdan Norin, Janubi-sharqdan O&#8217;sh viloyatlari, Janub va Janubi-g&#8217;arbdan O&#8217;zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 33,7 ming km2. Jalolobod viloyati. tarkibida 8 tuman, 5 shahar va 8 shaharcha bor. Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Jalolobod shahri. Aholisi 880,8 ming kishi (respublika aholisining 19%); shundan 668,5 mingi qishloq aholisi (77,2%). Aholi zichligi respublika o&#8217;rtacha ko&#8217;rsatkichidan bir qadar yuqori bo&#8217;lib, 1 km2 ga 26 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi (2000). Viloyatning katta qismini Tyanshan tog&#8217;larining Janubi-g&#8217;arbiy tarmoqlari egallagan. Shimoli-g&#8217;arbida Piskom, Sandalash, Chatqol tizmalari; shimolda talas Olatovi, Susamirtov, Mo&#8217;ldatov va boshqalar; janubida keng tog&#8217;lararo tektonik botiqlar \u2014 Ketmontepa, To&#8217;g&#8217;uztoro vodiysi joylashgan. Norin daryosidan g&#8217;arbda \u2014 Otoynak tizmasi, Sharqda boboshota (balandligi 4490 metrgacha, viloyatning eng baland joyi), Janubi-Sharqda Olatov etaklarida. Farg&#8217;ona tizmasi, Janubi-g&#8217;arbda bir muncha tekis va kambar tog&#8217;oldi tekisliklari bor. Daryo vodiylaridagi tekisliklarda Jalolobod, Qoraungur, Nanay shaharlari joylashgan. Foydali qazilmalardan tosh-ko&#8217;mir, oltingugurt, neft, gaz, tosh tuzi va boshqalar uchraydi. Iqlimi kontinental, iliq va quruq iqlim. O&#8217;rtacha temperatura yanvarda -2\u00b0, iyulda 25-28\u00b0. Eng ko&#8217;p yog&#8217;in Farg&#8217;ona tizmasining Janubi-g&#8217;arbiy yon bag&#8217;irlariga tushadi. Quyi qismlarida 400-500 millimetr, 2500 metr balandlikda \u2014 1000 millimetr va undan ko&#8217;p; Viloyatning o&#8217;rta qismlarida 300-350 millimetrgacha yog&#8217;adi. Eng yirik daryosi \u2014 Norin. Unga chapdan Qorasuv, o&#8217;ngdan Torkent, Uzunahmat, Qorasuv daryolari quyiladi. Sharqida Sirdaryo havzasiga mansub Qoradaryo (Ko&#8217;gart, Tentaksoy, Moylisuv irmoqlari bilan) oqadi. Daryolari gidroenergiya zaxirasiga boy (Norin daryosiga GES kaskadi qurilgan). Sug&#8217;orishda keng foydalaniladi. Yirik ko&#8217;llari: Sarichelak, Ko&#8217;kola, Oyko&#8217;l, Kutmanko&#8217;l, Qorasuv va boshqalar; ular asosan muzlikning erishi, tog&#8217;qulashi natijasida va tektonik yo&#8217;l bilan hosil bo&#8217;lgan ko&#8217;llar. Tog&#8217;larda 1200 metrgacha sur tuproqli quruq dasht va efemerli chala cho&#8217;l landshafti; 1200 metrdan 2000 metrgacha bo&#8217;lgan tog&#8217;yon bag&#8217;irlari kashtan tuprog&#8217;li tog&#8217; dashtlaridan iborat. Chatqol, Farg&#8217;ona tizmalari yon bag&#8217;irlari 1200-1300 metrgacha balandlikda yong&#8217;oqzor, mevazor o&#8217;rmonlar va o&#8217;simlik turlariga boy tog&#8217;dashtlari; 2000-3000 metrda aralash va igna bargli o&#8217;rmonlar, balandroq joylari subalp va Alp o&#8217;tloqlari, eng baland joylari qoyali cho&#8217;qqilar, qor va muzliklardan iborat. Hayvonot dunyosi turli tuman: tog&#8217;larda tog&#8217; echkilari, bug&#8217;u, qobon, oq tirnoqli ayiq, qor qoploni, turli-tuman qush va sudraluvchilar uchraydi. Xo&#8217;jaligi. Mavjud sanoat korxonalari 1990-yillardagi iqtisodiy islohotlar natijasida xususiy ishlab chiqarish va xizmat ko&#8217;rsatish korxonalariga, qishloq xo\u2019jaligida jamoa xo&#8217;jaliklari dehqon, fermer, shuningdek, xususiy dehqon xo&#8217;jaliklariga aylantirildi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: elektr energetika (sanoat ishlab chiqarishning 63,4%), rangli metallurgiya (10%), oziq-ovqat (5,2%) sanoati. Yoqilg&#8217;i, rangli metallurgiya sanoati rivojlangan. Asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari: elektr energiyasi (1999 yilda 11905,7 mln. kVt\/soat), neft (76,9 ming tonna), elektr lampalari (156,7 million dona) va yarim o&#8217;tkazuvchi materiallardan iborat. Jalolobod, toshko&#8217;mirda 1996 yil neftni qayta ishlash zavodlari ishga tushirildi. Qurilish materiallari, kiyim-kechak, un, go&#8217;sht, sut, ichimliklar, sabzavot konservalari, tamaki, poyabzal, mebel ishlab chiqariladi. Umumiy yer maydoni 1922,1 ming gektar, shundan qishloq xo\u2019jaligiga yaroqli yerlar 154,2 ming gekat bo&#8217;lib, mevali daraxtzor, pichanzor va yaylovdan iborat (2000). Boshoqli donli ekinlar, don uchun makkajo&#8217;xori, paxta (23271 gektar), poliz ekinlari, kartoshka (4874 gektar), moyli ekinlar (21708 gektar), tamaki (4002 gektar) ekiladi. 1999 yilga kelib kolxoz va sovxozlar o&#8217;rnida yangi xo&#8217;jaliklar (xususiy xo&#8217;jalik, fermer xo&#8217;jaligi, dehqon xo&#8217;jaligi, qishloq xo\u2019jalik kooperativlari, jamoa xo&#8217;jaligi, aktsiyadorlik jamiyatlari) tashkil topdi. Chorvachilikda qoramol, qo&#8217;y va echki, yilqi, parranda boqiladi. Bishkek\u2014O&#8217;sh avtomobil yo&#8217;li, Qorasuv \u2014 Jalolobod \u2014 Ko&#8217;kyong&#8217;oq va Namangan \u2014 Uchqo&#8217;rg&#8217;on \u2014 toshko&#8217;mir temir yo\u2019l o&#8217;tgan. Havo transporti Jalolobod \u2014 Bishkek, Jalolobod \u2014 Qorako&#8217;l, Jalolobod \u2014 Cho&#8217;lponota yo&#8217;nalishlarida qatnaydi. Jalolobod viloyatida 3 oliy o&#8217;quv yurti (universitet, tijorat instituti, Bishkek fizkultura instituti fakulteti), 3 o&#8217;rta maxsus (tibbiyot, madaniy maorif va qishloq xo\u2019jalik) o&#8217;quv muassasasi bor (2000). Teatr, filarmoniya, 117 madaniyat saroyi va klublari, 180 kutubxona mavjud (2000). Viloyatda 303 davolash- profilaktika muassasasi, kasalxonalar va boshqalar (qishloq ambulatoriyalari, feldsher-akusherlik punktlari) bor. Ularda 1664 vrach, 7066 tibbiy xodim ishlaydi. Jalolobod shahri yaqinida mineral buloqlar asosida tashkil etilgan balneologik kurort joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jalolobod viloyati &#8212; Qirg&#8217;iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Mamlakatning Janubiy qismida joylashgan. 1930 yil 21 noyabrda tashkil etilgan (1958-89 yillarda O&#8217;sh viloyati tarkibida, 1990 yildan alohida viloyat). Shimol va shimoli-g&#8217;arbdan Qirg&#8217;izistonning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jalolobod-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93453","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93453","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93453"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93453\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93455,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93453\/revisions\/93455"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93453"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93453"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93453"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}