{"id":93471,"date":"2023-07-23T12:51:37","date_gmt":"2023-07-23T09:51:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=93471"},"modified":"2023-07-23T12:51:40","modified_gmt":"2023-07-23T09:51:40","slug":"jazo-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jazo-3\/","title":{"rendered":"Jazo"},"content":{"rendered":"\n<p>Jazo (huquqda) \u2014 huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo&#8217;llanadigan ma&#8217;naviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan majburlov chorasi. Jazo huquqiy tartibot sifatida davlat va huquq, shuningdek, bunday huquqni qo&#8217;llash vakolati bo&#8217;lgan maxsus organlar vujudga kelgan paytdan boshlab paydo bo&#8217;lgan. Jazo ijtimoiy adolatni tiklash, jinoyat sodir etgan shaxsni axloqan tuzatish, huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat davom etishiga to&#8217;sqinlik qilish, yangi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida qo&#8217;llaniladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab, Jazolar intizomiy, ma&#8217;muriy va jinoiy bo&#8217;lishi mumkin. Ana shu Jazolardan qaysi biri qo&#8217;llanilmasin, huquq buzishda ayblanayotgan shaxsga nisbatan qonun va normativ hujjatlarda belgilangan tartibda ma&#8217;naviy, moddiy yoki jismoniy xarakterdagi cheklash qo&#8217;llaniladi. Shu bilan birga huquq buzish sodir etishda foydalanilgan qurol, vosita, huquq buzish orqali qo&#8217;lga kiritilgan narsalar musodara qilinishi mumkin. Intizomiy Jazo \u2014 mulkchilik shaklidan qat&#8217;i nazar har qanday yuridik shaxs maqomiga ega bo&#8217;lgan korxona, muassasa, tashkilotda belgilangan ichki mehnat intizomini buzgan shaxsga nisbatan ish beruvchilar tomonidan qo&#8217;llanadigan majburlov chorasi bo&#8217;lib, xayfsan berish, jarima solish, mehnat shartnomasini bekor qilish (ishdan bo&#8217;shatish) tarzida bo&#8217;lishi mumkin. Intizomiy Jazo shaxslarni ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxs (organ) tomonidan, ma&#8217;muriy jazo \u2014 ma&#8217;muriy ishlar bo&#8217;yicha tuman (shahar) sudyasi, fuqarolarning o&#8217;zini o&#8217;zi boshqarish organlari qoshidagi ma&#8217;muriy komissiyalar, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug&#8217;ullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari, ichki ishlar (militsiya) organlarining, davlat inspektsiyasi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek, ma&#8217;muriy Jazo qo&#8217;llash vakolati berilgan boshqa organlarning mansabdor shaxslari tomonidan, jinoiy jazo esa \u2014 davlat nomidan sud hukmi bilan beriladi. Mamajon Usmonaliyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jazo (huquqda) \u2014 huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo&#8217;llanadigan ma&#8217;naviy, moddiy yoki jismoniy cheklashlar bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan majburlov chorasi. Jazo huquqiy tartibot sifatida davlat va huquq, shuningdek, bunday huquqni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/jazo-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":56191,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[208],"tags":[],"class_list":["post-93471","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-j-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93471","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=93471"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93471\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":93483,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/93471\/revisions\/93483"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/56191"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=93471"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=93471"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=93471"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}